Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403- sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-fevral,
PF-5329-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmoni ilovasining oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-sonli Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PF-5046-sonli Farmonining 5-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻmitaning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan mutasaddilik qilinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5067-sonli Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash xamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-sonli Farmoni 1-ilovasining 12-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. N.S. Otajonov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash xamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni 4-ilovasida:
a) “Davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha yigʻma guruh tarkibi” boʻlimida:
7 va 8-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari YATD mudiri
8. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri”;
11-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri”;
13 — 16-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari ATD mudiri
14. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri
15. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri
16. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari ATD mudiri”;
b) “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 1-ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 5-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari YATD mudiri”;
v) “Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati sohasida davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 2-ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 4-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri”;
g) “Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 3-ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 3-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari ATD mudiri”;
d) “Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 4-ishchi guruh tarkibi” boʻlimida:
3-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri”;
10-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD bosh mutaxassisi”;
e) “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini hamda chet el investitsiyasi jalb etilishini muvofiqlashtirish, tashki iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 5-ishchi guruhi tarkibi” boʻlimining 3-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri”;
j) “Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash xamda isteʼmol tovarlari sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 7-ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 2-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri”;
z) “Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 9-ishchi guruhi tarkibi” boʻlimining 2-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari ATD mudiri”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baʼzi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari xamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning beshinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zaveduyushiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov”;
b) 3-ilovada:
yettinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Svodnim informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov”;
oʻn uchinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — glavniy spetsialist Svodnogo informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-sonli qarorining rus tilidagi matnida 4-ilovaning toʻqqizinchi xatboshidagi “razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” soʻzlari “analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-sonli qarori:
a) 1-bandining beshinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash xamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning sakkizinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”;
v) 3-ilovaning 15-bandidagi “mahsulotlarini qayta ishlash xamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli qarorida:
a) 1-bandi:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshidan “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandi:
birinchi xatboshidan “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidan “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasi apparatining unga bevosita boʻysunuvchi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari apparatlari ishini muvofiqlashtiradi”;
v) 3-banddan “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va oʻzlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni:
a) 4-bandida:
“i” kichik bandning birinchi xatboshidagi “Svodniy informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam makroekonomicheskogo razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” soʻzlari “Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“k” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 18-bandning beshinchi xatboshi va 36-banddagi “so Svodnim informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam makroekonomicheskogo razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” soʻzlari “s Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 30-bandning ikkinchi xatboshi, 32-bandning uchinchi xatboshi, 33-bandning toʻrtinchi xatboshi va 35-bandning yettinchi xatboshidagi “Svodniy informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam makroekonomicheskogo razvitiya, strukturnix preobrazovaniy, privlecheniya inostrannix investitsiy i kompleksnogo razvitiya territoriy” soʻzlari “Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qarori 2-ilovasining uchinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bank tizimini isloh qilish shuʼbasi mudiri”.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-sonli qarorining rus tilidagi matnida:
a) 2-ilovaning toʻrtinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — glavniy spetsialist NAD po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan, sekretar komissii”;
b) 3-ilovaning 10-bandidagi “i sotsialnoy zashiti” soʻzlari “ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi “i” kichik bandidagi “Tashki iqtisodiy faoliyat. xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 12-sentabrdagi PQ-1817-sonli qarori ilovasining rus tilidagi matni oʻn toʻqqizinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — glavniy spetsialist NAD po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov, otvetstvenniy sekretar komissii”.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisida nizomning rus tilidagi matnining 10-bandidagi “molodejnoy politiki, kulturi” soʻzlari “razvitiya” soʻzi bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-sonli qarori 2-ilovasining rus tilidagi matni:
a) birinchi xatboshidagi “zamestitel Premyer-ministra” soʻzlari “Premyer-ministr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oʻttiz oltinchi xatboshidagi “molodejnoy politiki, kulturi” soʻzlari “razvitiya” soʻzi bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-sonli qarori 3-ilovasi:
a) 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 7-banddagi “U.U.Rozuqulov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi” soʻzlari “Otajonov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri”.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-sonli qarori 4-ilovasining rus tilidagi matni oʻn ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, sekretar Rabochey gruppi”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-sonli qarorining 1-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashki savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-sonli qarorining 1-bandidagi “Sogʻliqni saqlash” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnining 8-bandi “i” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “razvitiya, strukturnix preobrazovaniy i privlecheniya inostrannix investitsiy” soʻzlari “analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-sonli qarori 6-ilova rus tilidagi matnining oʻn uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam razvitiya mashinostroyeniya, avtomobilnoy, elektrotexnicheskoy, oboronnoy, xlopkopererabativayushey i legkoy promishlennosti, standartizatsii produksii Kabineta Ministrov”.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qarori rus tilidagi matnining 3-ilovasi:
oʻninchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Svodnogo NAD Kabineta Ministrov po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov”;
oʻn uchinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zaveduyushiy sektorom Svodnogo NAD Kabineta Ministrov po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov, sekretar Komissii”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qarori 5-ilovasi rus tilidagi matnining oʻn toʻrtinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, sekretar Komissii”.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3025-sonli qarori rus tilidagi matnining 4-ilovasi oʻn birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, otvetstvenniy sekretar Rabochey gruppi”.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-sonli qarori rus tilidagi matnining 12-ilovasi oʻn birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy sektorom Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov, otvetstvenniy sekretar komissii”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-sonli qarori 4-ilovasining 11 va 12-bandlari kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Lavozimi boʻyicha — Qishloq va su v xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti shuʼba mudiri
12. Lavozimi boʻyicha — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti shuʼba mudiri, Ishchi guruh kotibi”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli taʼminlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori rus tilidagi matnining 1-ilovasi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy Informatsionno-analiticheskim departamentom po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov Respubliki Oʻzbekiston
po doljnosti — glavniy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov Respubliki Oʻzbekiston, sekretar komissii”.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-sonli qarori:
a) 3-bandidagi “mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) l-ilovaning toʻrtinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti shuʼba mudiri”.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qarori 1-ilovasining “Masʼul shaxslar” ustunidagi “Rozuqulov U.U. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari “Otajanov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-sonli qarori rus tilidagi matnining 3-ilovasi 12-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Po doljnosti — zaveduyushiy SPAD Kabineta Ministrov po voprosam makroekonomicheskogo analiza i prognozirovaniya, reformirovaniya finansovoy i bankovskoy sistem, razvitiya chastnogo predprinimatelstva i malogo biznesa Kabineta Ministrov, sekretar komissii”.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-sonli qarori 5-ilovasining 5-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Lavozimga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining direktorlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-sonli farmoyishining rus tilidagi matnida:
a) 2-ilova 14-bandining oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “i sotsialnoy zashiti” soʻzlari “ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
9-banddagi “i sotsialnoy zashiti” soʻzlari “ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning birinchi xatboshidagi “i sotsialnoy zashiti” soʻzlari “ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “IA Departament obrazovaniya, zdravooxraneniya i sotsialnoy zashiti” soʻzlari “IAD po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 4-fevraldagi PF-3568-sonli Farmonini qisman oʻzgartirish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PF-3636-sonli Farmoni.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni ilovasining 6-bandi.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni 1-ilovasining 15-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini uz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni 1-ilovasining 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoni ilovasining 4-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni 1-ilovasining 31-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni ilovasining 29-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2005-yil 27-apreldagi PQ-63-sonli qarori.
9. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-apreldagi PQ-320-sonli qarorining 2 va 3-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli qarori.
11. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli qarorining 1 va 2-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
12. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-762-sonli qarori.
13. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-sonli qarori.
14. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-yanvardagi PQ-772-sonli qarori.
15. “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 4-apreldagi PQ-830-sonli qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
16. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 4-apreldagi PQ-831-sonli qarori ilovasining 4-bandi.
17. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori ilovasining 1 va 2-bandlari.
18. “Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashki iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1226-sonli qarori.
19. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-sonli qarori.
20. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-sonli qarori 1-ilovasining 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-sonli qarori.
23. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1711-sonli qarori ilovasining 3 va 9-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
24. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1798-sonli qarori.
25. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-sonli qarori.
26. “Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-sonli qarori 3-ilovasining 4-bandi.
27. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-iyuldagi PQ-2374-sonli qarori.
28. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qarori.
29. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2656-sonli qarori.
30. “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
31. “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2895-sonli qarorining 1-bandi.
32. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-sonli qarori 4-bandining toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilari, shuningdek uning 4, 5, 7, 8, 10-12 va 15-ilovalari.
33. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-sonli qarori 3-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari, shuningdek uning 1 va 3-ilovalari.
34. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3235-sonli qarori.
35. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi F-2597-sonli farmoyishi.
36. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-sentabrdagi F-2836-sonli farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)