Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi — Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-yanvar,
PQ-772-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 1-son, 46-modda)