Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 56-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligiga bepul foydalanish huquqi bilan, kommunal xizmatlar va foydalanish xarajatlarini egallab turgan maydonlariga proporsional miqdorda yoki isteʼmol qilingan xizmatlar miqdorida toʻlagan holda joylashtirish uchun berilgan xonalar Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi uchun tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi hamda daromad boʻlmaganligi uchun soliq solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
141-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyati, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Agentlik davlat organi hisoblanadi va sportda doping qoʻllanishining oldini olish hamda dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
4. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi, Butunjahon antidoping kodeksi, Butunjahon dopingga qarshi agentligining Xalqaro standartlari va boshqa hujjatlari Agentlik faoliyatida bajarilishi majburiy va tartibga soluvchi hujjatlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agentlik sportda dopingga qarshi kurashish sohasida Butunjahon dopingga qarshi agentligi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasini ifoda etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari,mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlari, bank hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi, qisqartmasi — MADA;
b) ingliz tilida:
toʻliq — The National antidoping agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — NADA;
v) rus tilida:
toʻliq — Natsionalnoye antidopingovoye agentstvo pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — NADA.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, ularga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
2) antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda farmakologik taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalari va boshqa moddalar qoʻllanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
3) tadqiqotlar (doping-testlar) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
4) antidoping nazorati sohasidagi ilgʻor uslublar va texnologiyalar bilan almashish hamda ularni mamlakatimizda joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
5) sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga sportda doping qoʻllanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam koʻrsatish, taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sogʻlom va halol sportni targʻib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasidagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
sportda doping qoʻllanishining oldini olish hamda dopingga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini va qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro va mintaqaviy antidoping standartlari va talablariga asoslangan milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Butunjahon dopingga qarshi agentligining talablari va yangi qoidalarini doimiy monitoringini olib boradi hamda tezkor joriy etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi, Butunjahon antidoping kodeksidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllaydi, shuningdek, keyinchalik ushbu tizimning doimiy boshqaruvini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Farmakologik taʼsirga ega taqiqlangan dori preparatlari va boshqa moddalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining doimiy yangilanib borilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston sportchilari, murabbiylari va boshqa mutaxassislarining huquq va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish choralarini koʻradi;
sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish borasida xalqaro kooperatsiyani va hamkorlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida taqiqlangan moddalar va uslublar qoʻllanishining oldini olish boʻyicha axborot va taʼlim dasturlarini amalga oshirish choralarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikning byulleten va boshqa rasmiy nashrlari, shuningdek, oʻz faoliyatiga taalluqli boshqa maʼlumot va materiallarning chop etilishini taʼminlaydi;
sportda doping qoʻllanishining oldini olish masalalariga bagʻishlangan milliy va xalqaro ilmiy forumlar, simpoziumlar, anjumanlar, seminarlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi, sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish masalalari boʻyicha belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Butunjahon dopingga qarshi agentligi (WADA) hamda antidoping nazorati boʻyicha boshqa xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badallarini toʻlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tadqiqotlar (doping-test) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, shu jumladan namunalar va biomateriallarni topshirish tartib-taomili toʻgʻrisida sportchilar va shifokorlarga axborot-maslahat berishni taʼminlaydi;
sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
doping nazorati natijalarini boshqarish tartib-taomillarini amalga oshiradi, shu jumladan Agentlik tarkibida taalluqli komissiyalar faoliyatini tashkil etish orqali tegishli intizomiy choralar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Sportda doping qoʻllanishini aniqlash va oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va davlat boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), klublari, jamoalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar uchun antidoping boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
salomatlikni muhofaza qilish va sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan qonuniy foydalanish borasida sportchilar, murabbiylar, tibbiyot va boshqa mutaxassislarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini oʻtkazadi;
sportda doping qoʻllanishining oldini olish ahamiyati va maqsadlarini keng tushuntirib borish tadbirlarini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasida qoʻshma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, jumladan, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), klublari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, sportchilar va mansabdor shaxslardan uslublarni, farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalarni qoʻllashga oid zarur maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
xalqaro meʼyoriy hujjatlar talablarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy antidoping, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga sportchilar (sportchilar guruhi, jamoa) tomonidan uslublarni, farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalar qoʻllashga taalluqli maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni, shuningdek, tadqiqotlar (doping-test) va doping nazoratining boshqa elementlari natijalarini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston sportchilari, murabbiylari va boshqa mutaxassislarining manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish;
oʻz faoliyatini ushbu Nizomda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalar doirasida rejalashtirish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grant mablagʻlari va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
ilmiy grantlarni, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan olish boʻyicha tanlovlarda ishtirok etish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida intellektual mulk obyektlari uchun mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
oʻz faoliyati sohasida ilmiy-uslubiy va axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni belgilangan tartibda chop etish va tarqatish;
Agentlikning samarali faoliyatini tashkil etish, antidoping nazorati tizimi, shuningdek, sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalarning qoʻllanishini nazorat qilishga qaratilgan turli dasturlar va usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish maqsadida shartnomalar asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Agentlik maqsadlari va vazifalariga zid boʻlmagan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish;
oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, milliy sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, shuningdek, boshqa tashkilotlar, sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar, mansabdor shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi;
xalqaro standartlar va qoidalarga muvofiq, sportchilarning (sportchilar guruhi, jamoaning) mashgʻulot, musobaqa, tibbiy-biologik va tiklanish jarayoniga oid maʼlumotlarning, shuningdek, tadqiqotlar (doping-test) va doping nazoratining boshqa elementlari natijalarining maxfiyligini taʼminlash;
milliy antidoping qoidalari va sportda dopingga qarshi kurashish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini taʼminlash;
sogʻlom va halol sportni targʻib qilishga doir axborot-taʼlim dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
doping nazoratini rejalashtirish va samarali oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
sportchilarda oʻtkazilgan doping-test natijalari monitoringini olib borish;
antidoping qoidalarini buzgan sportchi, murabbiy va boshqa mutaxassislarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;
sportchilardan olingan biologik namunalarni saqlash va antidoping laboratoriyasiga yetkazish;
xodimlarni yetakchi xorijiy muassasalarda tizimli ravishda maxsus qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mulkdan maqsadli foydalanish va uning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi va hisobotini yuritish.
4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
14. Quyidagilar Agentlik bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son qarorida yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalarining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish;
Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlari, Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish choralarini koʻrish;
Butunjahon dopingga qarshi agentligi bilan Milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda kelishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS) boʻyicha onlayn tizimi qoʻllanishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
namunalar olish, ularni saqlash va Butunjahon dopingga qarshi agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga yetkazish jarayonini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻlom va halol sportni targʻib qilish masalalariga doir axborot-taʼlim dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va oʻtkazish;
Butunjahon antidoping kodeksiga, Milliy antidoping qoidalari va dopingga qarshi kurashish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etish tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Dori preparatlaridan terapevtik foydalanish komissiyasi hamda Ijobiy doping natijalarini hisobga olish va koʻrib chiqish komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik va mansabdor shaxslarning har choraklik ish rejalarini va ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish hamda monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularga samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(14-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Agentlikning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
(14-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarida boʻlishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik faoliyatiga ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Agentlik xodimlari va rahbariyatining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Agentlik faoliyatining ochiqligini taʼminlash masalasida qonun hujjatlarini amalga oshirish;
Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
zarurat boʻlganda, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Agentlikning shtat jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Agentlik xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish, Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etish;
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;
Agentlik mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.
15. Quyidagilar Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Agentlik qarorlari, bosh direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ish rejalarida koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻlom va halol sportni targʻib qilish masalalariga doir axborot-taʼlim dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Butunjahon antidoping kodeksiga, Milliy antidoping qoidalari va dopingga qarshi kurashish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish tadbirlarini oʻtkazish;
Dori preparatlaridan terapevtik foydalanish komissiyasi hamda Ijobiy doping natijalarini hisobga olish va koʻrib chiqish komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
antidoping qoidalarining buzish holatlarini aniqlash maqsadida turli ochiq manbalardan dopingga qarshi kurashishga taalluqli maxsus maʼlumotlarni toʻplash, baholash va ularga ishlov berish;
Keyingi tahrirga qarang.
sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasiga oid hujjatlarning sifatli huquqiy ekspertizasini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda bosh direktorga takliflar kiritish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda viza qoʻyish, Agentlik rahbari tomonidan imzolash (viza qoʻyish), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
(15-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga toʻliq muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik bosh direktoriga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
16. Agentlik bosh direktori quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 14-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
17. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 15-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§ Agentlikka rahbarlik qilish
18. Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Bosh direktor:
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi.
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Agentlik bosh direktori boʻlmagan vaqtlarda uning vakolatlarini tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan biri bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§ Agentlikning davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
21. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Agentlik Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3-§ Agentlik Komissiyalari va doping nazorati inspektorlari
23. Agentlikda quyidagi Komissiyalar tashkil etiladi:
sportchilarning taqiqlangan dori-darmonlar va substansiyalardan rasmiy foydalanishga ruxsat etish bilan shugʻullanadigan Dori preparatlaridan terapevtik foydalanish komissiyasi;
ijobiy doping namunalarini tekshirish va masʼul shaxslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash bilan shugʻullanadigan Ijobiy doping natijalarini hisobga olish va koʻrib chiqish komissiyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Komissiyalar mutaxassislari, shuningdek, doping nazorati inspektorlari zarurat boʻlganda, biroq har chorakda kamida bir marta jalb etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Komissiyalar va doping nazorati inspektorlarining faoliyati tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlangan tegishli reglamentlarga muvofiq belgilanadi.
7-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
26. Agentlik faoliyatining samaradorligi doimiy ravishda baholab boriladi.
27. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida baholanadi.
28. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralari;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish.
29. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
30. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslar mablagʻlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik taʼminlanadi.
31. Agentlik xodimlariga budjet muassasalari va tashkilotlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ish haqi toʻlash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish, moddiy ragʻbatlantirish va mehnatni ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Agentlik komissiyalarida ishlash uchun jalb etiladigan mutaxassislar va doping nazorati inspektorlarining ish haqi har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,52 barobarigacha miqdorda belgilanadi va Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan hamda amalda ishlangan kunlarga mutanosib ravishda, ammo bir oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35,2 foizidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
33. Agentlik oʻz faoliyati natijalarining hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi va Vazirlar Mahkamasi, davlat soliq xizmati organlari, statistika va boshqa vakolatli organlarga hisobotlar taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi hamda davlat arxiv tashkilotlarida saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi hisobdorligi
34. Agentlik bosh direktori oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muntazam hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Agentlik bosh direktorining zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyatining samaradorligini xolis baholaydi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Keyingi tahrirga qarang.
36. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
37. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “shuningdek milliy antidoping xizmati funksiyasini bajaruvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “va antidoping nazorati” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar kompleksining VI boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.