13.02.2018 yildagi PQ-3527-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan dasturlar doirasidagi texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, loyihalar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli va “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari boʻlmagan loyihalarni moliyalashtirish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan ijobiy xulosa berilgan holdagina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda loyihalar texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari boʻyicha Markazning oʻrnatilgan tartibdagi kompleks ekspertizasi natijalari boʻyicha ijobiy xulosasi mavjud boʻlmagan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va pudrat tashkilotlarining nomini koʻrsatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandidagi talablar Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari, tarmoq va hududiy rivojlantirish konsepsiyalari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalarining, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik subyektlarining, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi tegishli xoʻjalik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan boshqa loyihalarga nisbatan joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3527-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 07/18/3527/0687-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)