08.01.2018 yildagi PQ-3464-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida loyihalarni, ularning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarini kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-3437-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Agentlik huzurida davlat unitar korxonasi shaklida Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz quyidagilarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarni kompleks ekspertiza qilishni tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni kompleks ekspertiza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan import kontraktlarini ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslarning yagona milliy ma’lumotnomasini shakllantirish va yangilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markazning muassisi (mulkdori) hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida olib boradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning faoliyat sohasi barcha davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Markaz direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda qo‘shimcha ravishda mustaqil chet ellik, mahalliy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, Markazni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga beriladigan mulk;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan Markazda qo‘llanilishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz import kontraktlarini, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari, texnik topshiriqlari, tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar va xizmatlarni subpudrat shartida topshirishga, shuningdek, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalarini tanlash to‘g‘risida tavsiyalar berishga haqli emas;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Markazning mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari, texnik topshiriqlari, tender hujjatlari hamda import kontraktlarining kompleks ekspertizasi natijalarining ishonchliligi va xolisligi uchun javobgardir.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik Markaz bilan birgalikda qurilish tarmog‘ini litsenziyalash va texnik jihatdan tartibga solishning amaldagi tartibini tanqidiy o‘rgansin hamda uch oy muddatda qurilish tarmog‘ini litsenziyalash va texnik jihatdan tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan quyidagilarda Agentlikning majburiy ishtirok etishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini litsenziyalashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha loyihalash ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini muvofiqlashtirishda, loyihalash xizmati bozorini rivojlantirishga ko‘maklashishda.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ikki hafta muddatda markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini va arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ta’mirlash, xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish, balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatiga ilgari berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi materiallarni Agentlikka topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ikki hafta muddatda import kontraktlari va tender hujjatlarining ilgari ekspertizadan hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi va materiallarni Agentlikka topshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Markazni davriy statistik hisobot, shuningdek, investitsiyaviy va iifratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish, quvvatlarni ishga tushirish va nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalarni yo‘naltirishni amalga oshirish qismida har choraklik va yillik jo‘natmalar ro‘yxatiga kiritsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda TSOYAEAT deb yuritiladi) import kontrakti ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, shu jumladan import kontraktlari bo‘yicha mo‘ljallangan yukni ortishdan oldingi inspeksiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi tizimli mahsulotlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tizimli mahsulotlarining TSOYAEATga ulanishi va undan uzluksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TSOYAEATda kontraktlarni tuzishda, shu jumladan bir tovar turkumi bo‘yicha bir qancha kontraktlarni tuzish orqali yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan suiiste’molchiliklarni aniqlash yuzasidan funksiya joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga kadar muddatda 2015 — 2017-yillarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shu jumladan baholash ekspertizasi va import qilinayotgan tovarlarning yukni ortishdan oldingi inspeksiyasi o‘tkazilgan eksport va import kontraktlarini tanqidiy o‘rgansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish natijasiga ko‘ra kontraktlarni ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish, taqdim qilingan hujjatlarning haqqoniyligi bo‘yicha majburiy tekshirish va vakolatli shaxslarning imzolariga qo‘yilgan talablarni belgilash, manfaatlar to‘qnashuvini istisno qilish, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) narxining, shu jumladan bojxona organlarining ma’lumotlar bazalari asosida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport va import kontraktlarini o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligi zarur ma’lumot va materiallarning taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni Markaz faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishni ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zaruriy moddiy-texnika resurslari bilan jihozlashni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori Sh.M. Sadiqov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3464-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 07/18/3464/0524-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)