Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
“O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2394-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “OʼZBEKISTON POCNTASI” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-yanvar,
9-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-yanvar,
160-mh-son
Kelishilgan:
“OʼZBEKISTON POCNTASI” AJ Bosh direktori Sh. ATAMUXAMEDOV
2018-yil 19-yanvar
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 19-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 19-yanvardagi 9 va 160-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2012-yil 15-avgustdagi 58 va 10-8/2927-son ““O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2394, 2012-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 470-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 19-noyabrdagi 76 va 89-mh-son “““Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2394-1, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 613-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015-yil 16-martdagi 23 va 99-mh-son ““O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2394-2, 2015-yil 24-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 143-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2018-y., 10/18/2394-3/0645-son)