28.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2394
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori, 28.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2394
Кучга кириш санаси
08.10.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 209-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 29-son, 330-modda), 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 377-modda) va 2012-yil 28-iyundagi 184-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-son Qonuni)”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 294-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladilar:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,1993-y., 9-son, 338-modda) va “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 138-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 330-modda) va 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarorlariga muvofiq pensiyalar, nafaqalar, uy-joy-kommunal xizmatlari to‘lovlari bo‘yicha hamda avtobenzin sotib olish bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari, Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya pul to‘lovlari, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga bir martalik pul mukofotlari, alimentlar, shuningdek pensiyalardan chegirmalarni (keyingi o‘rinlarda – pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) “O’ZBEKISTON POCNTASI” AJning hududiy (viloyat) pochta aloqasi tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali to‘lanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 19-noyabrdagi 76, 89-mh-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2394-1, 15.12.2014-y.) asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 51-son, 613-modda)
6. Pochta pul o‘tkazmalari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlariga taqdim etish Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 16-son, 167-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
19. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari) chorak boshlanishidan o‘ttiz kun oldin xizmat ko‘rsatayotgan bankka mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish), shuningdek pochta pul o‘tkazmalarini to‘lash uchun kerakli naqd pul mablag‘larini olish uchun talabnoma taqdim etadilar.
mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha uch nusxadagi reyestr-hisobot;
mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ikki nusxadagi kuzatuv ro‘yxati.
33. Agar ushbu Yo‘riqnomaning 32-bandida ko‘rsatilgan nomuvofiqlik Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan qilingan xatolik oqibati bo‘lgan bo‘lsa, pensiya va nafaqa joriy to‘lov davridan kechiktirmasdan pensiya va nafaqa oluvchiga yetkazib berilishi (topshirilishi) kerak.
34. Pensiya va nafaqa oluvchi boshqa shaxsga notarial tasdiqlangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 137-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova) ko‘rsatilgan tartibda ishonchnoma berilgan holda esa, mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomani bergan holda pensiya yoki nafaqani olish uchun vakolat berishi mumkin.
45. Har bir aloqa bo‘limining hisoboti tekshirilganidan keyin pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) to‘g‘risidagi hisobotning tegishli qatorlari mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasidagi shakl bo‘yicha to‘ldiriladi. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) to‘g‘risidagi hisobotda 3, 4, 5, 6 va 7-ustunlarni to‘ldirish uchun har bir aloqa bo‘limi reyestr-hisobotlarining yakuniy ma’lumotlari mos ravishda 3, 5, 6, 7 va 8-ustunlar bo‘yicha hisobga olinadi. Yakuniy qatorda butun pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi) bo‘yicha bir oy davomida yetkazib berilgan (topshirilgan) va yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar hamda nafaqalar summasi ko‘rsatiladi.
Tegishli tekshiruvdan keyin pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi) tomonidan pensiyalar va nafaqalarning yetkazib berilishi (topshirilishi) to‘g‘risidagi hisobot, yirtib olinadigan talonlarning barcha komplektlari bitta nusxadagi reyestr-hisobot bilan birga hisobotlar qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasidagi shakl bo‘yicha kuzatuv ro‘yxati bilan Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga jo‘natiladi. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) to‘g‘risidagi hisobot, yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv ro‘yxatlari nazorat qilish guruhining rahbari, pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi) ning bosh buxgalteri va rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr izi bilan tasdiqlanadi.
51. Mazkur Yo‘riqnomaning 50-bandida nazarda tutilgan tekshiruvdan so‘ng Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiyalar va nafaqalarni to‘lash monitoringi guruhining rahbari kuzatuv ro‘yxatining nusxasiga qabul qilish sanasini ko‘rsatgan holda yirtib olinadigan talonlar komplektlarini qabul qilish to‘g‘risida imzo qo‘yadi, ushbu kuzatuv ro‘yxati pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning xodimiga topshiriladi.
54. Hisob-kitoblarni solishtirish natijalari mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan uch nusxada tuziladigan shakl bo‘yicha, chorakning oxirgi oyi uchun esa to‘rt nusxada tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Solishtirish dalolatnomalari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘i va bosh buxgalteri, shuningdek pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Imzolar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning muhr izlari bilan tasdiqlanadi.
57. Pochta aloqasi obyektlari (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)dan olingan solishtirish dalolatnomalari pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlarining bosh buxgaltyerlari tomonidan har oyda tahlil qilinadi, shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti o‘rtasida to‘rt nusxada mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha umumiy solishtirish dalolatnomasi tuziladi. Umumiy solishtirish dalolatnomasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotining rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari tomonidan imzolanadi, shuningdek muhr izlari bilan tasdiqlanadi. Umumiy solishtirish dalolatnomasining bitta nusxasi “O’ZBEKISTON POCNTASI” AJga yuboriladi.