Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.06.2022 31.01.2018 yildagi 68-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-yanvardagi 68-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyatini, faoliyati va hisobdorligini tashkil etish tartibini, shuningdek, Inspeksiya rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi hamda tadbirlar bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inspeksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Inspeksiya, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhri va blankalariga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlari, bank hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, qisqartmasi — “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — The State plants quarantine Inspection under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — “Uzstatequaratine” Inspection;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Gosudarstvennaya inspeksiya po karantinu rasteniy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Inspeksiya “Uzgoskarantin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Inspeksiya tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Inspeksiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar);
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspeksiyalari va boshqa boʻlinmalar oʻsimliklar karantini davlat xizmatining yagona markaziy tizimini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻsimliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini taʼminlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tashqi va ichki oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va taʼlim imkoniyatlarini keng rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarining fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) xalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalar va ish uslublarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislar, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalarning ishlash shakllari va usullarini takomillashtirish, yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻsimliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini taʼminlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga oʻsimliklar karantini sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritishga qaratilgan takliflarni, oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar va oʻsimliklar karantini sohasiga oid davlat dasturlarining loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, karantin qoidalari va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda ularni tashkilotlar va fuqarolarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan karantini qoidalari, shuningdek, fitosanitariya talablarining bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro konvensiyalar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan tadbirlar oʻtkazilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻsimliklar tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning karantin hamda boshqa oʻta xavfli zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlarini belgilangan muddatlarda bajarishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan urugʻlar, oʻsimliklar, oʻsimlik xomashyosi va boshqa oʻsimlik mahsulotlari hamda xalq isteʼmol tovarlari olib kiriladigan chegara maskanlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga xorijiy davlatlardan urugʻlar, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlari yetkazib berish yoki respublika hududi orqali tashish uchun savdo shartnomalariga (kontraktlariga) oʻsimliklar karantini davlat xizmati talablarining kiritilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat tekshiruvlarini belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi, shuningdek, karantin tusidagi favqulodda vaziyatlarda boshqa davlatlar hududida oʻtkaziladigan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, xorijiy davlatlardan katta miqdorda urugʻlar, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlari sotib olingan hollarda ushbu davlatlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari va koʻchatlarning fitosanitariya holatini oʻrganish uchun fitosanitariya nazorati mutaxassislarini yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻsimliklar karantinida boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan kiritilishi mumkin boʻlmagan oʻsimliklarning ekish materiallari, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar va ularning hududlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi mumkin boʻlmagan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitar sertifikati va karantin ruxsatnomasini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan va joʻnatiladigan, karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar turlari, urugʻliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvini hamda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni belgilangan tartibda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik xomashyosi, boshqa oʻsimlik mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, yuridik va jismoniy shaxslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarini karantin boʻyicha hududlarga va mikrohududlarga ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli hududda karantin oʻrnatish (uni bekor qilish) toʻgʻrisida tavsiyanomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlardan oʻsimlik mahsulotlari va oʻsimliklar oʻsimliklar karantini nazoratidagi boshqa materiallarni olib kirish shartlari, bunday mahsulotlarni mamlakat ichida, shu jumladan karantin nazoratida deb eʼlon qilingan hududlardan tashish shartlari, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish jarayonlariga qoʻyiladigan shartlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni sogʻlomlashtirish, shuningdek, boshqa davlatlar hamda karantin nazoratida deb eʼlon qilingan hududlardan keladigan transport vositalarini zararsizlantirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi va boshqa ekinlar, oʻsimlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan joylarda nazorat tekshiruvlarini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va taʼlim imkoniyatlarini keng rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarining fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi zararli organizmlarning bioekologik xususiyatlarini oʻrganish va ularga qarshi kurashish samaradorligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼdodli yosh olimlar, magistrlar, doktarantlarning oʻsimliklar karantini boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha samarali tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribalarni joriy qiladi, shuningdek, aholini karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurash tadbirlari bilan tizimli tanishtirish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarning yashirin zararlanganini karantin koʻrigidan, laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi va aniqlaydi hamda zararsizlantirish uslublarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida mavjud boʻlmagan va cheklangan darajada tarqalgan zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarning turlari va bioekologiyasini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalar va ish usullarini joriy etish, xalqaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya xavfsizligi, oʻsimliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar va seminarlar ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning tegishli milliy idoralari bilan oʻsimliklar karantini va fitosanitariya xavfsizligi toʻgʻrisida zarur axborot almashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar karantin xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya karantin talablariga mos kelmasligi haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy tashkilotlarni oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar va oʻsimliklar karantini boʻyicha xorijiy davlatlar organlari tomonidan ularga nisbatan belgilangan cheklovlar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida xorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan xalqaro shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning xorijiy davlatlar karantin fitosanitariya talablariga mos kelmagan holatlarda tekshiruvlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar doirasida oʻsimliklar karantini boʻyicha respublika manfaatlarini ifoda etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislar, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalarning ishlash shakllari va uslublarini takomillashtirish, yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tizimli asosda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi, oʻsimliklar karantini davlat xizmati tizimi rahbarlari va mutaxassislarining ishlash shakllari hamda uslublarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha kasb darajasini muntazam oshirishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribani, innovatsion uslublar, karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish vositalari hamda usullarini targʻib qilish hamda ishlab chiqarishga joriy etish, aholi oʻrtasida karantin obyektlar toʻgʻrisidagi bilimni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§ Inspeksiya markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish, ushbu yoʻnalishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodologik va taʼlim imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari, innovatsion ishlanmalar joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, oʻsimliklar karantini sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, karantin xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar hamda ish uslublarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlar kelib tushishi va sarflanishini tahlil qilish hamda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub boʻlinmalarning rivojlanishiga koʻmaklashish va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Inspeksiya markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy axborot bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlarining kirib kelishi, tarqalishining oldini olish, shuningdek, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, ularga qarshi kurashish tadbirlarini oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirish boʻyicha kompleks tizimni yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin laboratoriya ishini tashkil qiladi, respublikada bunday laboratoriyalar tarmogʻini shakllantirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari bilan birgalikda oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning innovatsion, samarali va ilgʻor usullari, oʻsimliklar karantini sohasidagi dolzarb yutuqlar targʻib qilinishini oʻrganadi, ularning qoʻllanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini davlat xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar va ish usullarini joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlik, xalqaro munosabatlar oʻrnatish va ularni rivojlantirish sohasida Inspeksiya faoliyatini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlarini bajarishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini davlat xizmati tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi, ularning muntazam takomillashtirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarining buyruqlari hamda farmoyishlarini oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ruxsatnomasini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish boʻyicha axborot, uslubiy, tashkiliy hamda maslahat yordamini koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarni sifatli hamda oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;
(13-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
(13-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini, jumladan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasida huquqiy taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida fitosanitariya xavfsizligi sohasida rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida Inspeksiya rahbariyati uchun axborot toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va Inspeksiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§ Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahri hokimlari, hududiy prokuratura organlari, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmatining rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, maʼlumotlar hamda statistika maʼlumotlarining oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi zararli organizmlar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, qoʻriqxonalar, tabiiy bogʻlarning qoʻriqlanadigan hududlari va davlat biosfera rezervatlari, oʻsimlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar kelib tushadigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan tizimli oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan zararlanish oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, karantindagi zararli organizmlar kirib keladigan yoʻllarni aniqlash va toʻsishga doir shoshilinch choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni sogʻlomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tajriba hisobga olingan holda, oʻsimliklar karantini va fitosanitariya xavfsizligi tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida pulli xizmatlar koʻrsatishda tarif siyosatini shakllantirishga doir takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash va tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining oʻsimliklar karantini sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish, shuningdek, ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari, shuningdek, Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, axborot tizimlari va resurslarini himoya etishni taʼminlash.
(14-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, davlat oʻrmon fondi, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, oʻsimlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar kelib tushadigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan zararlanish oʻchoqlari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, karantindagi zararli organizmlar kirib keladigan yoʻllarni aniqlash va toʻsish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlar, chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyat toʻgʻrisida xabardor qiladi, karantin tadbirlarini amalga oshiradi va zarur tasviyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish haqida taqdimnomalar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish hujjatlari, fitosanitar sertifikatlar, reeksport fitosanitar sertifikatlar va boshqa hujjatlar berilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni, zarurat boʻlganda esa respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan transport vositalarini zararsizlantirish ishlarini amalga oshiradi, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatlar, reeksport fitosanitar sertifikatlar va boshqa hujjatlar reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar, omborxonalar, taralar va transport vositalarini zararsizlantirish boʻyicha fumigatsiya ishlarini amalga oshiradi (bu ishlar faqat Inspeksiya mutaxassislari tomonidan bajariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli hududda karantin eʼlon qilish (bekor qilish) haqida taqdimnomalar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan karantin xususiyatidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda fitosanitariya xavfsizligini taʼminlash, oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati haqida xabardor qilish ishlarini tashkil qiladi va tizimli asosda amalga oshiradi, jismoniy va yuridik shaxslarning hududiy inspeksiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda zarur choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi, interfaol “qayta aloqa” va “virtual qabulxona” mexanizmini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalari, shuningdek, aniq yoʻnalishdagi ishlar boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Inspeksiya bilan belgilangan tartibda kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya hayʼati va ilmiy-texnik kengashlari ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini karantin faoliyatining maqsadlari, vazifalari va aniq natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§ Tumanlardagi (shaharlar) oʻsimliklar karantini hududiy inspektorlarining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar tumanlardagi (shaharlar) oʻsimliklar karantini hududiy inspektorlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar) hududida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, rahbariyat topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, maʼlumotlar va statistika maʼlumotlari oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatga ega zararli organizmlar roʻyxati obyektlarining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, jismoniy va yuridik shaxslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini shakllantirish va ularning ishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot tizimlari va resurslari himoyasini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tumanlardagi (shaharlar) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektori zimmasiga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga joʻnatiladigan va import qilinadigan urugʻlar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va oʻsimliklar karantini nazoratidagi boshqa turdagi mahsulotlarni laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun karantin tekshiruvlarni amalga oshiradi va ulardan namunalar oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hududlarida qonunchilikda belgilangan tartibda karantindagi hudud va mikrohududlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni eksport va import qilish uchun fitosanitar sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnoma hujjatlarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat inspektorlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika uchun karantin ahamiyatiga ega zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar tarqalishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik xomashyosi, boshqa oʻsimlik mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, yuridik va jismoniy shaxslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini shakllantiradi va ularning ishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini karantin faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlardan xoli urugʻlik va ekish materiallari yetishtirilishini taʼminlash maqsadida koʻchatxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va manzarali-gulchilik xoʻjaliklarida ekinlar hamda koʻchatlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarining fitosanitariya tozaligini taʼminlash, oʻtkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari xulosalarini olish asosida oʻrmonlar, qishloq xoʻjaligi ekinlarida karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar borligi yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida dala nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Inspeksiya va uning boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va uning idoraviy mansub tuzilmalariga biriktirilgan davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan ikkinchisiga belgilangan tartibda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya xavfsizligi va oʻsimliklar karantini sohasida Inspeksiya xodimlari oʻz faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlarini bajarishini hisobga olgan holda, ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori hamda shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo xususiyatga ega xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq hayʼat majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini fitosanitariya xavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish hamda ularni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini sohani rivojlantirish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitim va shartnomalar tuzish, qoʻshma loyihalar va rejalar ishlab chiqish, qoʻshma tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, olimlar va malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi vazirliklari (idoralari), xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, firma va kompaniyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlar elchixonalari va missiyalari, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan majlislar va videokonferensiyalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitalar va komissiyalar ishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning oʻsimliklar karantini tashkilotlari, idoralari, agentliklari va boshqa turdosh tuzilmalari bilan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq idoralararo shartnomalar (bitimlar, protokollar, memorandumlar) tayyorlash hamda tuzishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va uning boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Inspeksiya quyidagilar uchun masʼul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifati, ularni amalga oshirishning yakuniy natijalari va oqibatlari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlar sifati;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va sohadagi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning sifatli amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularni himoya qilishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- § Inspeksiya markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Inspeksiya markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan Inspeksiya markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish hamda ishlab chiqish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, Inspeksiyada koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi boshliqlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlarda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni mukammal tayyorlash uchun qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlari hamda vakillari bilan majlislar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga Inspeksiyaga yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, shuningdek, Inspeksiya hamda uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlarini bajarish boʻyicha faoliyatini oʻrganish hamda tekshirish;
(20-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya xavfsizligi va oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni tizimli nazorat qilish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish.
(20-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Inspeksiya markaziy apparati quyidagilar uchun masʼul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlari zararli organizmlarining kirib kelishi, tarqalishi, shuningdek, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etishga doir kompleks tizimni yaratish, ularga qarshi kurashish tadbirlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Inspeksiya faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish sifati;
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari va markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻsimliklar karantini sohasini tartibga solish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ularning oʻsimliklar karantini sohasidagi muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida tarif siyosatini va koʻrsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar, markaziy apparat, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining kadrlar salohiyatini shakllantirish.
(21-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§ Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan inspeksiyalar vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan muhim muammolarni koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlarni hududiy darajada tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklar karantini sohasida islohotlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlarini oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Inspeksiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning hayʼati va ilmiy-texnik kengashi ishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya topshirigʻiga binoan oʻsimliklar karantini sohasidagi masalalar boʻyicha majlislar va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan daʼvogar va javobgar boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga axborot taqdim etish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida isteʼdodli va malakali yosh kadrlarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari qonunchilikka binoan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari quyidagilar uchun masʼul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini davlat xizmati inspektorlarining Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni respublika hududiga kelib tushadigan maskanlarda albatta tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ruxsatnomasi berilgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar turlarining fitosanitariya tozaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarda (shaharlar) aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini sohasini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik ijrosi nazoratini taʼminlash, uni buzish holatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va oʻz vakolati doirasida tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida tarif siyosatini va koʻrsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§ Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻzlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Inspeksiyaning tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni sogʻlomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi masalalarni koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va fuqarolarga oʻsimliklar karantini sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻsimliklar karantini boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl vagonlari, suv transporti, samolyotlar va boshqa transport vositalarining oʻsimliklar karantini qoidalariga mos kelmasligi va talablarini buzish holatlari aniqlanganda, ulardan foydalanishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonga import qilish uchun moʻljallangan va tarkibida oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar boʻlgan yuklarni tekshirish, ular oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur boʻlganda, vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya harakatlarini amalga oshirish, oʻsimliklar karantini obyektlari yoki oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga ishlov berish, ularni utilizatsiya qilish, qaytarib yuborish yoxud ajratib qoʻyish usullarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlari), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududi va binosi, yoʻlovchi va yuk vagonlari, samolyotlar, daryo floti kemalari, koʻrgazmalar, botanika bogʻlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va idoralar hududlariga, fuqarolarning tomorqa uchastkalariga, shuningdek, urugʻlar, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar hududiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar namunalarini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek, keyinchalik laboratoriya tekshiruvlarini va tegishli ekspertizalar oʻtkazish uchun namunalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda, karantin qoidalariga muvofiq oʻsimliklar karantini boʻyicha cheklovlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda, xorijiy davlatlardan olib kelingan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotni ushlab turish, olib qoʻyish va zarur boʻlganda qaytarib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat chegarasidan oʻtkazish maskanlari, temir yoʻl stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlari), pochtamtlar orqali olib kelinayotgan va joʻnatilayotgan yuklar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etishni, zarur boʻlganda — oʻz hududida oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni tekshirish va zararsizlantirish uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, xizmat binolari va yordamchi materiallar berilishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari quyidagilar uchun masʼul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini oʻchogʻining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbariyatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, ular qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda paydo boʻladigan oʻsimliklar karantini ahamiyatiga ega zararli organizmlar toʻgʻrisidagi dolzarb axborotni nazorat qilish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, ayniqsa, yoshlar, fermer xoʻjaliklari egalari va boshqa tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanlarni (shaharlarni) rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash hamda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarda (shaharlarda) fitosanitariya xavfsizligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar Inspeksiya boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Inspeksiyaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya, uning tarkibiy boʻlinmalari va oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Inspeksiya faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun oʻz oʻrinbosarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Inspeksiya va oʻz oʻrinbosarlari ishlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish hamda monitoringini olib borish boʻyicha amaliy tizim yaratish, Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
(26-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, Inspeksiya kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Inspeksiyaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash;
(26-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(26-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Inspeksiyaning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻydirish);
(26-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Inspeksiya rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarida boʻlishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Inspeksiya hayʼati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish, eshituv va muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
(26-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlari tomonidan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga muvofiq davlat boshqaruvi organlar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
(26-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda “bir darcha” tamoyilini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Inspeksiya xodimlari va rahbariyatining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatining ochiqligini taʼminlash masalasida qonun hujjatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini tizimiga yangi boshqaruv uslublarini joriy etish, jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yoki davlat-xususiy sheriklik shaklida turli hamkorlik shakllarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida oʻsimliklar karantini sohasida faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qoʻllab-quvvatlashni talab etadigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
(26-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, markaziy apparat, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(26-bandning oʻttiz birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining shtat jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Inspeksiya markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlari smetasini tasdiqlash;
(26-bandning oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha tarkibiy va hududiy inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi nizomini belgilangan tartibda tasdiqlash;
(26-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish, Inspeksiya tizimining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonga hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparati xodimlarini, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
(26-bandning oʻttiz beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya rahbari vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishini soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya hayʼati qarorlari, Inspeksiya boshligʻining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻiga mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda viza qoʻyish, Inspeksiya rahbari tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbarining topshirigʻiga binoan Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Inspeksiya hayʼati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Inspeksiya boshligʻiga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻiga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini muvofiqlashtirish;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarining mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Inspeksiya boshligʻining mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya hayʼati qarorlari, Inspeksiya boshligʻi va oʻrinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari hamda Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga amaliy va uslubiy koʻmaklashish;
(28-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlariga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda imzolash, Inspeksiya rahbari tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbarining topshirigʻiga binoan Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
(28-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻiga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi qarorlari bilan yuklangan vazifa hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishish boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini boʻyicha tuman va shaharlar inspektorlari, oʻsimliklar karantini chegara maskanlari inspektorlari, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining boshqa boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya hayʼati qarorlari, Inspeksiya boshligʻi va oʻrinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun oʻz oʻrinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va oʻz oʻrinbosarlari ishlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasiga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajriba egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqorligi kafolatlanganini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasining mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Inspeksiya boshligʻining mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Inspeksiya rahbariyatiga koʻrish chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi xodimlariga mukofotlar toʻlash, lavozim maoshiga ustama belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, mukofotlash, ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, Inspeksiyaga davlat mukofotlar va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash haqida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari tomonidan xizmatlar koʻrsatishda yuzaga keladigan moliyaviy va texnik masalalarni hal etishga har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya rahbarlari va xodimlari malakasini oshirish boʻyicha majburiy kurslarni tashkil etish hamda oʻtkazishda yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlarni amalga oshirish toʻgʻrisida aholi xabardorligini oshirish maqsadida jamoatchilik bilan ishlash uchun ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan materiallarni toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan murojaatlar yuzasidan zarur choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Inspeksiya rahbarlarining masʼuliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Inspeksiya boshligʻi quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 26-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 27-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Inspeksiya markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Inspeksiya markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 28-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari boshliqlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 29-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Inspeksiyaga rahbarlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Inspeksiya boshligʻi belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Inspeksiya boshligʻi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Inspeksiya boshligʻi boʻlmagan vaqtlarda uning vakolatlarini oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi, oʻsimliklar karantini boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahri davlat inspeksiyalari boshliqlari Inspeksiya boshligʻi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Inspeksiya boshligʻi oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining nizomlari, tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlaydi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§ Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan oʻzaro hamkorlik tartibi
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan oʻzaro hamkorlik qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga topshiriqlar beradi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalasi yuzasidan bevosita soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tekshiradi, oʻrganadi va amaliyotini umumlashtiradi, ularning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish va natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, axborot materiallari hamda statistika va boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan kelgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, ulardan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha kelgan takliflarni koʻrib chiqadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, jumladan:
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparatga belgilangan faoliyat sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparatiga belgilangan tartib va muddatlarda oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan aholining muhim muammolarini hal etishga qaratilgan takliflar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Inspeksiya boshligʻining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Kelishmovchiliklar koʻrib chiqilgandan soʻng ham hal etilmagan taqdirda, ular yuzasidan qaror bevosita Inspeksiya boshligʻi tomonidan qabul qilinadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§ Inspeksiyaning davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Inspeksiya oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Inspeksiya Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§ Inspeksiya hayʼati va ilmiy-texnik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Inspeksiyada Inspeksiya boshligʻi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Inspeksiya boshligʻining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil qilish, qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Oʻsimliklar karantini davlat xizmati rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyati sohasiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ravishda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, joylarda Inspeksiya faoliyati sohasiga taalluqli dolzarb masalalar muhokama etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya markaziy apparatining lavozimlar nomenklaturasi va uning tizimini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Inspeksiya masʼul ijrochisi boʻlgan qonun loyihalari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Inspeksiya vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Hayʼat majlislarida Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ham taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Hayʼat qarorlari Inspeksiya boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Inspeksiya boshligʻi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Inspeksiya boshligʻi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Inspeksiyada ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengash Inspeksiya boshligʻi (ilmiy-texnik kengash raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, soha, ilmiy-tadqiqot institutlari, taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va sohaning boshqa tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi va Inspeksiya buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Quyidagilar Inspeksiya ilmiy-texnik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy tajribani oʻrganish asosida fitosanitariya xavfsizligi va oʻsimliklar karantini sohasidagi yagona ilmiy-texnik siyosatni belgilaydigan ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash hamda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish yoʻnalishlariga ilmiy-texnik rahbarlik qilish, oʻsimliklar karantini sohasida ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, yoʻriqnomalar, tavsiyalar, normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi institutlar olimlari va amaliyotchilarini jalb etgan holda, oʻsimliklar karantini sohasidagi jahon tajribasini, ishlab chiqariladigan mahsulot unumdorligi va sifati boʻyicha zamonaviy talablar, fitosanitariya standartlariga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar va uskunalarni chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va loyiha gʻoyalarini koʻrib chiqish, ilmiy-texnik kengash tomonidan taklif etiladigan qarorlarni professional darajada muhokama etish, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etgan holda oʻsimliklar karantini sohasida loyihalarni ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni shakllantirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi Inspeksiya ilmiy-texnik kengashi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi muntazam baholab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan samaradorlik va natijadorlik mezonlari hamda koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Inspeksiya, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Inspeksiyaning Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik taʼminlanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Inspeksiya xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Inspeksiya xodimlariga ish haqi toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Inspeksiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Inspeksiya boshligʻi oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarining zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatini doimiy monitoringini olib boradi, Inspeksiya faoliyatining samaradorligini baholaydi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Inspeksiyaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Inspeksiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-yanvardagi 68-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma faoliyati Jamgʻarmaning 7 kishidan iborat tarkibdagi Kengashi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va boshqariladi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibini Inspeksiya boshligʻi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini import qilish uchun karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida urugʻlar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan yuklarga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishda fitosanitar sertifikatlarni rasmiylashtirishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import qilinadigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar namunalarini laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import qilinadigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish boʻyicha fumigatsiya ishlarini oʻtkazishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi karantindagi yuklarga ichki fitosanitar sertifikatni rasmiylashtirish va taqdim etishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir transport birligiga (samolyot, vagon, konteyner, avtotransport, barja va boshqa turdagi transportlar) beriladigan oʻsimliklar karantini koʻrigi va transport birligini ochish dalolatnomalarini taqdim etish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirishdan olinadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan maxsus hisob raqamlarda jamgʻariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini chegara maskanlari, maxsus fumigatsiya otryadlari, shuningdek, hududiy karantin laboratoriyalari inspektorlari va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar mehnatiga haq toʻlashni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining xorijda malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini maxsus kiyim bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini nazoratidagi materiallarni zararsizlantirish uchun fumigantlar xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarning xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ayrim hollarda, Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati topshiriqlariga muvofiq davlat tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish hamda boshqa ishlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmanomalarni umumlashtirish va qabul qilish ishlari Jamgʻarma Kengashining qarori asosida tashkil etiladi, mutaxassislar xarajatlar va daromadlar smetasining tegishli loyihalarini tayyorlaydi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda ularni samarali boshqarish boʻyicha monitoring olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qiladi, koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlar ajratish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi va asosli qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda, moliyalashtirishni toʻxtatish va Jamgʻarma mablagʻlarini qaytarish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan ham qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Inspeksiya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetalariga asosan foydalaniladi. Xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xarajatlar va daromadlar smetalari kelgusi yil uchun Jamgʻarmaga kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi hisobga olingan holda va amalga oshiriladigan tadbirlar asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalar Inspeksiyaning markaziy apparati, boʻlimlari, Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi va hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etiladi. Bunda zarur xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj, ularning miqdori va boshqa manbalar yoʻqligi toʻgʻrisida asos koʻrsatiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son — 2021-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yilga zarur mablagʻlarni olish uchun buyurtmanomalar Inspeksiyaga har yili 1-iyunga qadar elektron shaklda pochta yoki axborot uzatishning boshqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boʻlinmasining toʻliq nomi va rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari va kutiladigan natija, mavjud muammolar mohiyati va ularni hal etish yoʻllari (toʻliq yoki qisman, belgilangan muddatda) toʻgʻrisidagi takliflarni oʻz ichiga olgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻraladigan mablagʻlar hisob-kitobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda, mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj asoslab berilgan hujjatlar buyurtmanomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taqdim etilgan buyurtmanomalar Jamgʻarma Kengashi tomonidan joriy yilning 1-iyuligacha koʻrib chiqiladi, ustuvor yoʻnalishlar belgilanib, buning asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Inspeksiya tasdiqlangan smetalarga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanuvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarmaning joriy moliyaviy yilda foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va Inspeksiyaning hisob raqamida qoladi hamda keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha hisobot, ularni hisobga olish, nazorat qilish hamda bu boradagi javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish va bu boradagi hisobot qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/68/0640-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son, 16.03.2021-y., 09/21/136/0207-son)