Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006 03.09.2004 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006
Hujjat 03.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOLASINI SOTISh VA TAShQI SAVDO KOMPANIYALARINING “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMALARI BILAN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq hamda 2003-yil hosili paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari orqali sotish boʻyicha amaliy ish tajribani hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Oʻzinterimpeks” va “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari tomonidan bir yoʻla jami 250 ming tonna paxta tolasini saqlaydigan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari tashkil etilganligi hamda faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, tashqi savdo kompaniyalari 2005-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yoʻla saqlanadigan paxta tolasi jami hajmini 1-ilovaga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan terminallar quvvatlarini kengaytirish va yangi terminallar tashkil etish yoʻli bilan 352 ming tonnagacha koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi tashqi savdo kompaniyalariga faoliyat koʻrsatayotgan terminallarni kengaytirishda va yangi terminallar tashkil etishda, shuningdek ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur infratuzilmalarni tashkil etishda koʻmaklashsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar paxta tolasini sotib olishda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori bilan belgilangan talablar bilan bir qatorda, 15 foiz miqdoridagi haqini oldindan toʻlashni va uzil-kesil hisob-kitoblarni paxta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 60 kun mobaynida, kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiradigan tartib oʻrnatilsin. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 5-bandi, shuningdek ushbu qarorga 3-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi sotish mexanizmi toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori 2-bandining yettinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 98-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yoʻla saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏

Terminal nomi‎‏

Mintaqalar‎‏

‎‎2004-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra terminallarda bir yoʻla saqlash hajmi

Bir yoʻla saqlashning qoʻshimcha hajmlari

Koʻpaytirishni hisobga olgan holda 2005-yil 1-apreldagi holatiga koʻra bir yoʻla saqlash hajmi

Jami‎

‎‏ shu jumladan “erkin ombor” rejimida‎‎

1.‎ Paruaz‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 7,0‎ 5,0‎ 12,0‎
2.‎ Andijon tola‎ Andijon viloyati‎ 20,0‎ 10,0‎ 30,0‎
3.‎ Buxoro Trans Terminal*‎ Buxoro viloyati‎ 25,0‎ 5,0‎ 5,0‎ 30,0‎
4.‎ Paxtakor tola‎ Jizzax viloyati‎ 8,0‎ 2,0‎ 10,0‎
5.‎ Nishon tolasi‎ Qashqadaryo viloyati ‎‏
‎‏
12,0‎ 4,0‎ 12,0‎
6.‎ Qamashi tola‎ 7,0‎ 5,0‎ 12,0‎
7.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 22,0‎ 22,0‎
8.‎ Navoiy tola‎ Navoiy viloyati‎ 7,0‎ 7,0‎
9.‎ Inter tola*‎ Namangan viloyati‎ 32,0‎ 8,0‎ 3,0‎ 35,0‎
10.‎ Toshkent tola*‎ Toshkent viloyati ‎‏
25,0‎ 25,0‎
11.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
12.‎ Samarqand tola*‎ ‎‏Samarqand viloyati
15,0‎ 15,0‎
13.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
14.‎ Muzrobod tola‎ ‎‏‎‏Surxondaryo viloyati
12,0‎ 12,0‎
15.‎ Jarqoʻrgʻon tola‎ 10,0‎‎ 10,0‎‎
16.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎‎ 10,0‎‎
17.‎ Sirdaryo Oq-oltin tola‎ ‎‏Sirdaryo viloyati
‎‏
14,0‎ 14,0‎
18.‎ Oq-oltin BXP‎ 31,0‎ 31,0‎ 31,0‎
19.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
20.‎ Fargʻona tola‎ ‎‏Fargʻona viloyati
5,0‎ 5,0‎ 5,0‎
21.‎ Qoʻqon tola‎ 10,0‎ 5,0‎ 15,0‎
22.‎ Xorazm tola‎ Xorazm viloyati‎ 10,0‎ 10,0‎
‎‎Respublika boʻyicha hammasi‎

250,0‎

48,0‎

102,0‎

352,0‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Viloyatlararo mintaqaviy terminal maqomiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi oʻrinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Etkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida 2003-yil hosilidan boshlab paxta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar va oʻzaro hisob-kitoblar mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh shartnomalar va bitimlar tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan hosildan paxta tolasi xarid qilish yuzasidan bosh shartnomalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh shartnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda gʻoʻzaning joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning sentyabr—dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar—avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmi boʻyicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh shartnomaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish natijalari va kutilayotgan paxta xomashyosi hosili boʻyicha joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosilni yigʻishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xomashyosi boʻyicha kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh shartnomaga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat koʻrsatkichlari boʻyicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab joʻnatish muddatlari, oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari boʻyicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Paxta tolasi narxlarini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sotib oluvchilar tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomalarda paxta tolasini sotib olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga sotish uchun ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq shartnomaviy narxlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq shartnomaviy narxlar boʻyicha amalga oshirilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Eksportga sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar joʻnatishning CIP-terminal shartlari boʻyicha quyidagi tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqini oldindan toʻlangan sanada) “Birinchi” navi, “Oʻrta” klass, 5 tip, 35-kod paxta tolasining 1 tonnasi uchun “Kotton Outluk”da eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkalarining oʻrtacha qiymati (bazis narx) aniqlanadi (AQSh dollarida). Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta tolasining boshqa navlari, klasslari va tiplarining narxlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaviy narx yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narx va quyida koʻrsatilgan paxta tolasini sotish boʻyicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan xarajatlari oʻrtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini terminallarda saqlash va sugʻurta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi boʻylab harbiylashtirilgan qoʻriqlash uchun toʻlovni qoʻshgan holda) CIF — Shimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF — Shimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun moʻljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar boʻyicha sertifikatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari (qiymatining 0,15 foizi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xarajatlari (bankning mablagʻlarni oʻtkazish, akkreditiv ochish, yuklab joʻnatish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa xarajatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztashqitrans” DAKning ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo kompaniyalarining shartnomaviy narxlar boʻyicha paxta tolasi qiymatining 3 foizigacha miqdordagi daromadlari (asosiy faoliyat boʻyicha xarajatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasi sotish boʻyicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksiga kiritiladi. Paxta tolasi sotish boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasining shartnomaviy narxlari paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan kundagi CIP-terminal shartlarida, jahon narxlaridan (“Kotton Outluk”da chop etiladigan “A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalari oʻrtacha koʻrsatkichidan) kelib chiqqan holda, 15 foiz miqdoridagi chegirish bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sotib oluvchilarga Oʻzbekiston “Sifat” markazining paxta tolasi kipini sertifikatlashtirish va tarozida tortish boʻyicha xarajatlari qiymatini (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar boʻyicha), paxta terminallari xizmatlari haqini, paxta tolasini terminalda saqlash va sugʻurta qilish xarajatlarini, tashqi savdo kompaniyalarining (asosiy faoliyat boʻyicha xarajatlarga) vositachilik haqini shartnomaviy narxning 0,5 foizi miqdorida toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnomaviy narxlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq boʻlgan paxta tolasi uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paxta tolasining shartnomaviy narxi preyskurant ulgurji narxdan va paxta tolasini terminallarda saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Mikroneyer” koʻrsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past boʻlganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida koʻrsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirishlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil paxta hosili tolasini eksport qilish boʻyicha xarajatlarni chegirish bazis narxga qoʻllanadi. 2004-yil hosili paxta tolasidan boshlab eksport boʻyicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “A” indeksi va uning “Kotton Outluk” Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab joʻnatish va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnoma shartlariga muvofiq, sotib oluvchilar oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, boʻlinmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi oʻn kunligida yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent bankning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchini akkreditiv ochilgani toʻgʻrisida xabardor qilish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditiv boʻyicha mablagʻ olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ayni bir vaqtda, akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi uchun unga xizmat koʻrsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga koʻra, hujjatlar taqdim etilgan toʻlov summasini akkreditivlar shartlariga qatʼiy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan emitent bankka qoʻyiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablagʻlarni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Akkreditivdan toʻlash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paxta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablagʻlarni yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman toʻlangan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditiv muddati tamom boʻlgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi toʻgʻrisida emitent bankni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditiv muddati tamom boʻlgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib oluvchining akkreditivni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” balans hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq boʻlmagan summaga xabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻzaro kelishuvga koʻra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan toʻlangan haq summasiga toʻlov oʻtkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narxni qayd qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchilar tomonidan oldindan toʻlangan haq oʻtkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narx qayd etilmagan taqdirda paxta tolasining shartnomaviy narxi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq toʻlashda haqning qolgan qismi akkreditiv boʻyicha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosini qayta ishlash davomida va sotib oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchilar bilan xorijiy xaridor firmalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini yuklab joʻnatishni sotib oluvchilarning yuklab joʻnatish yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narx boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash uchun paxta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va Oʻzbekiston “Sifat” markazining sertifikatlari bilan birgalikda toʻlov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka (“Paxta-bank” boʻlinmalariga) yoki haqi oldindan toʻlangan taqdirda ushbu hujjatlar boʻyicha toʻlovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi sifati va vazni Oʻzbekiston “Sifat” markazi tuzgan sertifikat boʻyicha koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston “Sifat” markazi hisob raqamiga tegishli boʻladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda koʻrib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har oyda har oyning 10-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab joʻnatish va oldingi oyning toʻlov summasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bogʻliq nizoli masalalar boʻyicha tegishli tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqqoslash dalolatnomalari natijalari boʻyicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muayyan yil hosili boʻyicha tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida oʻzaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosil boʻyicha uzil-kesil hisob-kitoblar oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar boʻyicha tushgan mablagʻlar va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sotib oluvchilar paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qoʻllangan holda, jahon narxlarining eng qulay konyunkturasi davrida sotadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Paxta tolasini respublika hududidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda, paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabrlarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvar—avgustida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kompaniyalari xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buyurtmanomalarini toʻliq hajmda “Paxtasanoat” HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paxta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paxta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sotib olinadigan paxta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan toʻlaydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paxta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 60 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob qilishning xuddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasida ham belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paxta tolasi uchun xoʻjalik ishtirokidagi korxonalar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holatidan qatʼi nazar, bosh bitimga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Paxta tolasini terminallardan yuklab joʻnatish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab joʻnatish yoʻriqnomalari boʻyicha tashqi savdo kompaniyasi va xoʻjaliklar ishtirokidagi korxonalar oʻrtasida imzolangan kontraktlarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta tolasi uchun hisob-kitoblar yetkazib berish kunidagi jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu Nizomning 8 va 10-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuklab joʻnatilgan paxta tolasi turkumi uchun toʻlovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, oʻz vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korxonaga kelgusida paxta tolasi joʻnatish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan chegirish bilan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan eksportga sotishdan olingan mablagʻlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablagʻlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida oʻz xarajatlarini qoplashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) oʻrtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paxta tolasi eksport qilinmaydigan boʻlganda) normativdan ortiqcha saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Paxta tolasi qiymati hajmida mablagʻlarni taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo (paxta xomashyosi)ning ekvivalent qiymati mablagʻlariga taqsimlanadi, ularni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta xomashyosi qiymatini xoʻjaliklarga toʻlash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash korxonalarining xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlarga taqsimlanadi, ular paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Shartnomalardan yoki ular bilan bogʻliq holda kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizolarni tomonlar kelishuvlar yoʻli bilan hal etadilar. Agar tomonlar kelishuvga erishmasalar, ular oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik sudi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa yoki tomonlarning kelishuviga koʻra xolislar sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan daʼvolar tasdiqlangan taqdirda aybdor tomon boshqa tomonga daʼvo summasini toʻlaydi yoki uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob qilishda ularni hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining tiplar va kodlar boʻyicha narxlarini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tola tipi‎

1a‎

1b‎

1‎

2‎

‎‎3‎

‎‎4‎

‎‎5‎

‎‎6‎

‎Shtapel uzunligi (dyuym)



‎1.11/32‎



‎1.5/16‎



‎1.9/32‎



‎1.1/4‎



‎1.7/32‎



‎1.3/16‎



‎1.5/32‎



‎1.1/8‎



‎1.3/32‎



‎1.1/16‎



‎1.1/32‎



‎1‎

‎Uzunlik kodi

43‎

42‎

41‎

40‎

39‎

38‎

37‎

‎36

35‎

34‎

‎33

‎32

‎Koeffitsiyent

1,264‎

1,232‎

1,200‎

‎1,168

1,111‎

1,0137

1,00‎

0,987‎

0,975


‎Paxta tolasining navlar va klasslar boʻyicha narxlarini qayta hisoblash
‎ KOEFFITSIYENTLARI
‎(baza- “Birinchi” nav, “Oʻrta” klass)

I-nav (Birinchi)‎


‎oliy


‎1,050

II-nav (Ikkinchi)


‎oliy


‎1,020

yaxshi‎

1,040

yaxshi

0,990

‎oʻrta

1,000

oʻrta

0,955

oddiy

0,965‎

oddiy

0,920

iflos‎

0,925‎‎‎

‎‎‎

iflos‎‎‎

0,880‎‎‎

III-nav (Uchinchi)‎


‎yaxshi‎ ‎‎‎


‎0,965‎‎‎

IV-nav (Toʻrtinchi)‎‎‎


‎yaxshi ‎‎‎

‎‎‎
‎0,850

‎‎‎‎oʻrta

‎‎‎0,930

‎‎‎

oʻrta ‎‎‎

‎‎‎0,800

oddiy ‎‎‎

0,885‎‎‎

‎‎‎

oddiy ‎‎‎

‎‎‎0,750

‎‎‎iflos‎

‎‎‎0,840

‎‎‎

‎‎‎iflos‎‎‎

‎‎‎0,700

V-nav (Beshinchi)‎


‎‎‎‎‎oʻrta ‎‎‎


‎0,550‎‎‎

‎‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

oddiy ‎‎‎

0,500‎‎‎

‎‎‎

‎‎‎iflos‎ ‎‎‎

‎‎0,450‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

200__ yil ____________ da yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun berilgan hisoblar boʻyicha _________________________________________ dagi ‎holatiga koʻra oʻzaro taqqoslashdalolatnomasi ‎‎

‎‎‎(keyingi oyning 1-kuni)

‎‏Yuklab joʻna-tish hujja-tining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻna-tish sanasi‎

Kondi-tsion ogʻirli-gi boʻyi-cha yuklab joʻna-tilgan paxta tolasi-ning miqdo-ri, t‎‏‏

Yuklab joʻnatish kunidagi shartnomaviy narx‎‎

Tola-ning shart-nomaviy narx boʻyicha
‎qiymati, ming soʻm ‎‏
‎‏

Akkre-ditiv boʻyicha toʻlan-gan, ming soʻm ‎‏
‎‏

‎Yuklab joʻnatilgan paxta tolasining qiymati bilan toʻlangan summa oʻrtasidagi farq

“A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponen-ti kotirov-kasi boʻyicha jahon narxi, AQSh doll./t‎‏

Eksport boʻyicha xarajat-lar (AQSh dollari hiso-bida)‎‏

Alma-shuv kursi soʻm/ AQSh doll. ‎‏

Valyuta xarajatlari chegirilgan holdagi jahon narxi‎‎‎

‎Eksport boʻyicha xarajat-lar, soʻm/t

Shartno-maviy narx, soʻm/t ‎‏

AQSh doll./t (3-4)‎

soʻm/t
‎(5*6)‎

qoʻshim-cha toʻlana-di, ming soʻm ‎

qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi), ming soʻm

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil _______ oyi uchun ________ ning qarzi _______ soʻmni tashkil qildi. Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga koʻra ilgari yuklab joʻnatilgan paxta tolasi boʻyicha nizoli masalalar______ soʻm miqdorida ________ foydasiga hal qilindi. Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________ yakuniy qarzi________soʻm miqdorida belgilandi. Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi:

‎‎(kichik bandlardan biri oʻchirilishi lozim)
‎‎- belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyish
‎- 200 yil _______ oyida yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
‎‎_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB‎ ‎‎_________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi
Rais
‎Bosh buxgalter
‎M.Oʻ.
‎200...... yil “____” __________ ‎‎
Rais ‎
‎Bosh buxgalter
‎‎M.Oʻ.
‎‎200...... yil “____” __________ ‎‎‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200__ yil hosilidan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun taqdim etilgan hisoblar boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi

Amalda yuklab joʻnatilgan (aniqlashlar va eʼtirozlar hisobga olingan holda)
‎(tonna)‎‏‎

Paxta tolasining qiymati, ming soʻm ‎‎

taqdim
‎etilgan hisoblar
‎boʻyicha‎‏

tashqi savdo kompaniyasi tomonidan toʻlangan‎‏

Farq

qoʻshimcha toʻlanadi‎

qaytariladi (yoki ushlab qolinadi)‎

‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200__ yil hosili uchun ________ ning qarzi _______ soʻmni tashkil qildi.

‎Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ___________hisob raqamiga_____________
‎_____miqdorida toʻlov talabnomasi qoʻyilishi uchun asos hisoblanadi.
‎‎_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB ‎‎__________________________ davlat-aksiyadorlik
‎‎tashqi savdo kompaniyasi‎
Rais

‎Bosh buxgalter

‎M.Oʻ.

‎200..... yil “____”_______________ ‎‎
Rais ‎ ‎

‎Bosh buxgalter ‎

‎‎M.Oʻ. ‎

‎‎200..... yil “____”_______________ ‎‎‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda, 52-son, 390-modda; 2006-y., 17-son, 138-modda)