Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006 03.09.2004 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOLASINI SOTISh VA TAShQI SAVDO KOMPANIYALARINING “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMALARI BILAN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq hamda 2003-yil hosili paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari orqali sotish bo‘yicha amaliy ish tajribani hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zmarkazimpeks”, “O‘zsanoatmashimpeks”, “O‘zinterimpeks” va “O‘ztashqitrans” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari tomonidan bir yo‘la jami 250 ming tonna paxta tolasini saqlaydigan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari tashkil etilganligi hamda faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, tashqi savdo kompaniyalari 2005-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yo‘la saqlanadigan paxta tolasi jami hajmini 1-ilovaga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan terminallar quvvatlarini kengaytirish va yangi terminallar tashkil etish yo‘li bilan 352 ming tonnagacha ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, O‘zbekiston “Sifat” markazi tashqi savdo kompaniyalariga faoliyat ko‘rsatayotgan terminallarni kengaytirishda va yangi terminallar tashkil etishda, shuningdek ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur infratuzilmalarni tashkil etishda ko‘maklashsinlar.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar paxta tolasini sotib olishda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori bilan belgilangan talablar bilan bir qatorda, 15 foiz miqdoridagi haqini oldindan to‘lashni va uzil-kesil hisob-kitoblarni paxta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida, kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiradigan tartib o‘rnatilsin. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 5-bandi, shuningdek ushbu qarorga 3-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi sotish mexanizmi to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori 2-bandining yettinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 98-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga qisman o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yo‘la saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏

Terminal nomi‎‏

Mintaqalar‎‏

‎‎2004-yil 1-sentabrdagi holatiga ko‘ra terminallarda bir yo‘la saqlash hajmi

Bir yo‘la saqlashning qo‘shimcha hajmlari

Ko‘paytirishni hisobga olgan holda 2005-yil 1-apreldagi holatiga ko‘ra bir yo‘la saqlash hajmi

Jami‎

‎‏ shu jumladan “erkin ombor” rejimida‎‎

1.‎ Paruaz‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 7,0‎ 5,0‎ 12,0‎
2.‎ Andijon tola‎ Andijon viloyati‎ 20,0‎ 10,0‎ 30,0‎
3.‎ Buxoro Trans Terminal*‎ Buxoro viloyati‎ 25,0‎ 5,0‎ 5,0‎ 30,0‎
4.‎ Paxtakor tola‎ Jizzax viloyati‎ 8,0‎ 2,0‎ 10,0‎
5.‎ Nishon tolasi‎ Qashqadaryo viloyati ‎‏
‎‏
12,0‎ 4,0‎ 12,0‎
6.‎ Qamashi tola‎ 7,0‎ 5,0‎ 12,0‎
7.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 22,0‎ 22,0‎
8.‎ Navoiy tola‎ Navoiy viloyati‎ 7,0‎ 7,0‎
9.‎ Inter tola*‎ Namangan viloyati‎ 32,0‎ 8,0‎ 3,0‎ 35,0‎
10.‎ Toshkent tola*‎ Toshkent viloyati ‎‏
25,0‎ 25,0‎
11.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
12.‎ Samarqand tola*‎ ‎‏Samarqand viloyati
15,0‎ 15,0‎
13.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
14.‎ Muzrobod tola‎ ‎‏‎‏Surxondaryo viloyati
12,0‎ 12,0‎
15.‎ Jarqo‘rg‘on tola‎ 10,0‎‎ 10,0‎‎
16.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎‎ 10,0‎‎
17.‎ Sirdaryo Oq-oltin tola‎ ‎‏Sirdaryo viloyati
‎‏
14,0‎ 14,0‎
18.‎ Oq-oltin BXP‎ 31,0‎ 31,0‎ 31,0‎
19.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
20.‎ Farg‘ona tola‎ ‎‏Farg‘ona viloyati
5,0‎ 5,0‎ 5,0‎
21.‎ Qo‘qon tola‎ 10,0‎ 5,0‎ 15,0‎
22.‎ Xorazm tola‎ Xorazm viloyati‎ 10,0‎ 10,0‎
‎‎Respublika bo‘yicha hammasi‎

250,0‎

48,0‎

102,0‎

352,0‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Viloyatlararo mintaqaviy terminal maqomiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari (keyingi o‘rinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi o‘rinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paxta terminallariga (keyingi o‘rinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Etkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o‘rtasida 2003-yil hosilidan boshlab paxta tolasini sotish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar va o‘zaro hisob-kitoblar mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh shartnomalar va bitimlar tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar o‘rtasida yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan hosildan paxta tolasi xarid qilish yuzasidan bosh shartnomalar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashqi savdo kompaniyalariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalarga yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 85 foizi, oldindan to‘lov yoki mazkur korxonalar mahsulotlarining xaridorlari tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan hisob raqamni kafolat ta’minoti sifatida qabul qilishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamlariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalar mahsulotining eksportidan kelib tushadigan daromad ushbu korxonalarni yetkazib berilgan paxta tolasining qiymati belgilangan tartibda chegirib qolingach va valyuta daromadining majburiy 50 foizi sotilganidan so‘ng, ularning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh shartnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda g‘o‘zaning joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning sentyabr—dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar—avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmi bo‘yicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh shartnomaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish natijalari va kutilayotgan paxta xomashyosi hosili bo‘yicha joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosilni yig‘ishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xomashyosi bo‘yicha kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh shartnomaga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab jo‘natish muddatlari, o‘zaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari bo‘yicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni ko‘rib chiqish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Paxta tolasi narxlarini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sotib oluvchilar tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomalarda paxta tolasini sotib olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga sotish uchun ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq shartnomaviy narxlar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq shartnomaviy narxlar bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Eksportga sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar jo‘natishning CIP-terminal shartlari bo‘yicha quyidagi tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqini oldindan to‘langan sanada) “Birinchi” navi, “O‘rta” klass, 5 tip, 35-kod paxta tolasining 1 tonnasi uchun “Kotton Outluk”da e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti kotirovkalarining o‘rtacha qiymati (bazis narx) aniqlanadi (AQSh dollarida). Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta tolasining boshqa navlari, klasslari va tiplarining narxlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qo‘llangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaviy narx yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narx va quyida ko‘rsatilgan paxta tolasini sotish bo‘yicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan xarajatlari o‘rtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini terminallarda saqlash va sug‘urta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi bo‘ylab harbiylashtirilgan qo‘riqlash uchun to‘lovni qo‘shgan holda) CIF — Shimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF — Shimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun mo‘ljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar bo‘yicha sertifikatlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi o‘rinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari (qiymatining 0,15 foizi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xarajatlari (bankning mablag‘larni o‘tkazish, akkreditiv ochish, yuklab jo‘natish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa xarajatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztashqitrans” DAKning ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo kompaniyalarining shartnomaviy narxlar bo‘yicha paxta tolasi qiymatining 3 foizigacha miqdordagi daromadlari (asosiy faoliyat bo‘yicha xarajatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasi sotish bo‘yicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksiga kiritiladi. Paxta tolasi sotish bo‘yicha xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar, yuklab jo‘natish sanasida “Kotton Outluk”da e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponenti kotirovkalariga muvofiq vujudga keladigan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda 15 foiz miqdoridagi chegirma bilan belgilanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-dekabrdagi 283-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 390-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnomaviy narxlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan paxta tolasi uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paxta tolasining shartnomaviy narxi preyskurant ulgurji narxdan va paxta tolasini terminallarda saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Mikroneyer” ko‘rsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past bo‘lganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida ko‘rsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirishlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil paxta hosili tolasini eksport qilish bo‘yicha xarajatlarni chegirish bazis narxga qo‘llanadi. 2004-yil hosili paxta tolasidan boshlab eksport bo‘yicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “A” indeksi va uning “Kotton Outluk” O‘zbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab jo‘natish va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga xizmat ko‘rsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnoma shartlariga muvofiq, sotib oluvchilar o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, bo‘linmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi o‘n kunligida yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent bankning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchini akkreditiv ochilgani to‘g‘risida xabardor qilish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditiv bo‘yicha mablag‘ olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi yuklab jo‘natilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 “Akkreditivlar bo‘yicha mijozlar depozitlari” hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ayni bir vaqtda, akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga ko‘ra, hujjatlar taqdim etilgan to‘lov summasini akkreditivlar shartlariga qat’iy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mablag‘larni o‘tkazish yuzasidan emitent bankka qo‘yiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablag‘larni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Akkreditivdan to‘lash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paxta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablag‘larni yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman to‘langan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditiv muddati tamom bo‘lgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida emitent bankni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditiv muddati tamom bo‘lgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib oluvchining akkreditivni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 “Akkreditivlar bo‘yicha mijozlar depozitlari” balans hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq bo‘lmagan summaga xabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar o‘zaro kelishuvga ko‘ra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq to‘lash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan to‘langan haq summasiga to‘lov o‘tkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narxni qayd qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchilar tomonidan oldindan to‘langan haq o‘tkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narx qayd etilmagan taqdirda paxta tolasining shartnomaviy narxi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq to‘lashda haqning qolgan qismi akkreditiv bo‘yicha to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosini qayta ishlash davomida va sotib oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchilar bilan xorijiy xaridor firmalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar o‘rtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini yuklab jo‘natishni sotib oluvchilarning yuklab jo‘natish yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narx bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lash uchun paxta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va O‘zbekiston “Sifat” markazining sertifikatlari bilan birgalikda to‘lov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka (“Paxta-bank” bo‘linmalariga) yoki haqi oldindan to‘langan taqdirda ushbu hujjatlar bo‘yicha to‘lovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi sifati va vazni O‘zbekiston “Sifat” markazi tuzgan sertifikat bo‘yicha ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ushbu masala bo‘yicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn bo‘yicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bog‘liq barcha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston “Sifat” markazi hisob raqamiga tegishli bo‘ladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda ko‘rib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har oyda har oyning 10-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab jo‘natish va oldingi oyning to‘lov summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bog‘liq nizoli masalalar bo‘yicha tegishli tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqqoslash dalolatnomalari natijalari bo‘yicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muayyan yil hosili bo‘yicha tegishli yil paxta tolasini yuklab jo‘natish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida o‘zaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosil bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitoblar o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar bo‘yicha tushgan mablag‘lar va qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sotib oluvchilar paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qo‘llangan holda, jahon narxlarining eng qulay konyunkturasi davrida sotadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar o‘rtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga tegishli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Paxta tolasini respublika hududidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda, paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabrlarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvar—avgustida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kompaniyalari xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buyurtmanomalarini to‘liq hajmda “Paxtasanoat” HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paxta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paxta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sotib olinadigan paxta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan to‘laydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paxta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob qilishning xuddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida ham belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashqi savdo kompaniyalariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalarga yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 85 foizi, oldindan to‘lov yoki mazkur korxonalar mahsulotlarining xaridorlari tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan hisob raqamni kafolat ta’minoti sifatida qabul qilishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamlariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalar mahsulotining eksportidan kelib tushadigan daromad ushbu korxonalarni yetkazib berilgan paxta tolasining qiymati belgilangan tartibda chegirib qolingach va valyuta daromadining majburiy 50 foizi sotilganidan so‘ng, ularning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(35-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paxta tolasi uchun xo‘jalik ishtirokidagi korxonalar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning holatidan qat’i nazar, bosh bitimga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Paxta tolasini terminallardan yuklab jo‘natish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab jo‘natish yo‘riqnomalari bo‘yicha tashqi savdo kompaniyasi va xo‘jaliklar ishtirokidagi korxonalar o‘rtasida imzolangan kontraktlarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta tolasi uchun hisob-kitoblar yetkazib berish kunidagi jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu Nizomning 8 va 10-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuklab jo‘natilgan paxta tolasi turkumi uchun to‘lovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, o‘z vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korxonaga kelgusida paxta tolasi jo‘natish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan chegirish bilan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan eksportga sotishdan olingan mablag‘lardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablag‘lardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narxlar bo‘yicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida o‘z xarajatlarini qoplashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) o‘rtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paxta tolasi eksport qilinmaydigan bo‘lganda) normativdan ortiqcha saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Paxta tolasi qiymati hajmida mablag‘larni taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo (paxta xomashyosi)ning ekvivalent qiymati mablag‘lariga taqsimlanadi, ularni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta xomashyosi qiymatini xo‘jaliklarga to‘lash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash korxonalarining xarajatlarini qoplash uchun mablag‘larga taqsimlanadi, ular paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Nizolarni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Shartnomalardan yoki ular bilan bog‘liq holda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha nizolarni tomonlar kelishuvlar yo‘li bilan hal etadilar. Agar tomonlar kelishuvga erishmasalar, ular o‘rtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik sudi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra xolislar sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan da’volar tasdiqlangan taqdirda aybdor tomon boshqa tomonga da’vo summasini to‘laydi yoki uzil-kesil o‘zaro hisob-kitob qilishda ularni hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining tiplar va kodlar bo‘yicha narxlarini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tola tipi‎

1a‎

1b‎

1‎

2‎

‎‎3‎

‎‎4‎

‎‎5‎

‎‎6‎

‎Shtapel uzunligi (dyuym)



‎1.11/32‎



‎1.5/16‎



‎1.9/32‎



‎1.1/4‎



‎1.7/32‎



‎1.3/16‎



‎1.5/32‎



‎1.1/8‎



‎1.3/32‎



‎1.1/16‎



‎1.1/32‎



‎1‎

‎Uzunlik kodi

43‎

42‎

41‎

40‎

39‎

38‎

37‎

‎36

35‎

34‎

‎33

‎32

‎Koeffitsiyent

1,264‎

1,232‎

1,200‎

‎1,168

1,111‎

1,0137

1,00‎

0,987‎

0,975


‎Paxta tolasining navlar va klasslar bo‘yicha narxlarini qayta hisoblash
‎ KOEFFITSIYENTLARI
‎(baza- “Birinchi” nav, “O‘rta” klass)

I-nav (Birinchi)‎


‎oliy


‎1,050

II-nav (Ikkinchi)


‎oliy


‎1,020

yaxshi‎

1,040

yaxshi

0,990

‎o‘rta

1,000

o‘rta

0,955

oddiy

0,965‎

oddiy

0,920

iflos‎

0,925‎‎‎

‎‎‎

iflos‎‎‎

0,880‎‎‎

III-nav (Uchinchi)‎


‎yaxshi‎ ‎‎‎


‎0,965‎‎‎

IV-nav (To‘rtinchi)‎‎‎


‎yaxshi ‎‎‎

‎‎‎
‎0,850

‎‎‎‎o‘rta

‎‎‎0,930

‎‎‎

o‘rta ‎‎‎

‎‎‎0,800

oddiy ‎‎‎

0,885‎‎‎

‎‎‎

oddiy ‎‎‎

‎‎‎0,750

‎‎‎iflos‎

‎‎‎0,840

‎‎‎

‎‎‎iflos‎‎‎

‎‎‎0,700

V-nav (Beshinchi)‎


‎‎‎‎‎o‘rta ‎‎‎


‎0,550‎‎‎

‎‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

oddiy ‎‎‎

0,500‎‎‎

‎‎‎

‎‎‎iflos‎ ‎‎‎

‎‎0,450‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

200__ yil ____________ da yuklab jo‘natilgan paxta tolasi uchun berilgan hisoblar bo‘yicha _________________________________________ dagi ‎holatiga ko‘ra o‘zaro taqqoslashdalolatnomasi ‎‎

‎‎‎(keyingi oyning 1-kuni)

‎‏Yuklab jo‘na-tish hujja-tining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab jo‘na-tish sanasi‎

Kondi-tsion og‘irli-gi bo‘yi-cha yuklab jo‘na-tilgan paxta tolasi-ning miqdo-ri, t‎‏‏

Yuklab jo‘natish kunidagi shartnomaviy narx‎‎

Tola-ning shart-nomaviy narx bo‘yicha
‎qiymati, ming so‘m ‎‏
‎‏

Akkre-ditiv bo‘yicha to‘lan-gan, ming so‘m ‎‏
‎‏

‎Yuklab jo‘natilgan paxta tolasining qiymati bilan to‘langan summa o‘rtasidagi farq

“A” indeksi va uning O‘zbekistondagi komponen-ti kotirov-kasi bo‘yicha jahon narxi, AQSh doll./t‎‏

Eksport bo‘yicha xarajat-lar (AQSh dollari hiso-bida)‎‏

Alma-shuv kursi so‘m/ AQSh doll. ‎‏

Valyuta xarajatlari chegirilgan holdagi jahon narxi‎‎‎

‎Eksport bo‘yicha xarajat-lar, so‘m/t

Shartno-maviy narx, so‘m/t ‎‏

AQSh doll./t (3-4)‎

so‘m/t
‎(5*6)‎

qo‘shim-cha to‘lana-di, ming so‘m ‎

qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi), ming so‘m

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil _______ oyi uchun ________ ning qarzi _______ so‘mni tashkil qildi. Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga ko‘ra ilgari yuklab jo‘natilgan paxta tolasi bo‘yicha nizoli masalalar______ so‘m miqdorida ________ foydasiga hal qilindi. Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________ yakuniy qarzi________so‘m miqdorida belgilandi. Mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi:

‎‎(kichik bandlardan biri o‘chirilishi lozim)
‎‎- belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yish
‎- 200 yil _______ oyida yuklab jo‘natiladigan paxta tolasi uchun o‘zaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
‎‎_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB‎ ‎‎_________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi
Rais
‎Bosh buxgalter
‎M.O‘.
‎200...... yil “____” __________ ‎‎
Rais ‎
‎Bosh buxgalter
‎‎M.O‘.
‎‎200...... yil “____” __________ ‎‎‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200__ yil hosilidan yuklab jo‘natilgan paxta tolasi uchun taqdim etilgan hisoblar bo‘yicha taqqoslash dalolatnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Yuklab jo‘natish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab jo‘natish sanasi

Amalda yuklab jo‘natilgan (aniqlashlar va e’tirozlar hisobga olingan holda)
‎(tonna)‎‏‎

Paxta tolasining qiymati, ming so‘m ‎‎

taqdim
‎etilgan hisoblar
‎bo‘yicha‎‏

tashqi savdo kompaniyasi tomonidan to‘langan‎‏

Farq

qo‘shimcha to‘lanadi‎

qaytariladi (yoki ushlab qolinadi)‎

‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200__ yil hosili uchun ________ ning qarzi _______ so‘mni tashkil qildi.

‎Mazkur o‘zaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ___________hisob raqamiga_____________
‎_____miqdorida to‘lov talabnomasi qo‘yilishi uchun asos hisoblanadi.
‎‎_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB ‎‎__________________________ davlat-aksiyadorlik
‎‎tashqi savdo kompaniyasi‎
Rais

‎Bosh buxgalter

‎M.O‘.

‎200..... yil “____”_______________ ‎‎
Rais ‎ ‎

‎Bosh buxgalter ‎

‎‎M.O‘. ‎

‎‎200..... yil “____”_______________ ‎‎‎‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda, 52-son, 390-modda; 2006-y., 17-son, 138-modda)