O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565-5]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 29-dekabrdagi 1034-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori)”gi qarorlariga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-yanvar,
27-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 27-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 712-band bilan to‘ldirilsin:
“712. Energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni ko‘llash masalalari bilan bog‘liq shaharsozlik normalari va qoidalarining loyihalari “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilishi shart.”.
2. 84-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ushbu hujjatlarning elektron shakli elektron axborot tashuvchi jismlarda ham taqdim etiladi yoxud ular vazirlikka elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.”.
3. 91-bandning “e” kichik bandidagi “shaharsozlik,” degan so‘z chiqarib tashlansin.
4. Quyidagi mazmundagi 1251-band bilan to‘ldirilsin:
“1251. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.”.
5. 126-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi shart.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son)