Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 29.12.2017 yildagi 1737-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri tumanlarida koʻchma savdo obyektlarining oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda) 25-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-iyuldagi “Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 339-modda) 233-sonli qarori ijrosini taʼminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri tumanlarida koʻchma savdo obyektlarining oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalari Bektemir tumani boʻyicha 1-ilovaga*, Mirobod tumani boʻyicha 2-ilovaga*, Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha 3-ilovaga*, Olmazor tumani boʻyicha 4-ilovaga*, Sergeli tumani boʻyicha 5-ilovaga*, Uchtepa tumani boʻyicha 6-ilovaga*, Chilonzor tumani boʻyicha 7-ilovaga*, Shayxontohur tumani boʻyicha 8-ilovaga*, Yunusobod tumani boʻyicha 9-ilovaga*, Yakkasaroy tumani boʻyicha 10-ilovaga*, Yashnobod tumani boʻyicha 11-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 11 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (N. Xusanov), Toshkent shahar hokimligining Kompyuterlashtirish markazi DUK (M. Asamov), tuman hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahri tumanlarida koʻchma savdo obyektlarining oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalari tumanlarda rasmiy veb-saytlarga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimlari, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi (M. Pardayev), Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (B. Adilov), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (B. Xolmatov), Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (M. Toxirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchma savdo obyektining tasdiqlangan joylashish sxemasi ilova qilingan ruxsatnoma arizada koʻrsatilgan muddatga, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish markazlari orqali berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchma savdoni amalga oshirish ruxsatnomasini olgan tadbirkorlik subyektlarini qonun hujjatlariga, shu jumladan chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminali mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchma savdo joyini va atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilarda koʻchma savdo obyekti ruxsatnomasining va uning joylashishining tasdiqlangan sxemasining va sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalari boʻlishi, shuningdek ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga koʻra koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish kuni tamom boʻlgandan keyin koʻchma savdo obyektlarini qismlarga ajratish yoki koʻchirish va koʻchma savdo joyini zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ruxsatnomaga muvofiq obyektlar orqali va koʻchma savdo joyi boʻyicha sotilishi boʻyicha nazorat oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (N. Xusanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar hududida joylashtirilgan koʻchma savdo obyektlarida faoliyat olib borish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilayotganligi doimiy muhokama qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asamov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimining 2016-yil 26-oktabrdagi “Toshkent shahri tumanlarida koʻchma savdo obyektlarining oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 965-sonli hamda 2016-yil 25-noyabrdagi “Toshkent shahar hokimining 2016-yil 26-oktabrdagi “Toshkent shahri tumanlarida koʻchma savdo obyektlarining oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 965-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi 1051-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim R. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1737-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 11/18/1737/0560-son)