Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son hamda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 31-martdagi 154-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-avgust,
397-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda tovar ishlab chiqaruvchilarga “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish markazi tomonidan bajariladigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga agrokimyoviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xizmatlar va ishlarga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
11. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) 4-bandida:
birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi “Oʻzkimyosanoat” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasining fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan taʼminlash ombori” soʻzlari “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan taʼminlash ombori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi har yili pilla yetishtiruvchi korxonalarga tut daraxtlari zararkunandasi “tut parvonasi”ga qarshi kurash vositalarini “Oʻzbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda ajratishni nazarda tutsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va ularning tarkibini oʻzgartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son qarorida:
3-ilovadagi 1—6-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 196—201-satrlar bilan “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimiga oʻtkazilsin;
4-ilovadagi 45-satr “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 48-satr bilan “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimiga oʻtkazilsin, “Bajarish uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-ilovaga “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimi qoʻshilsin, 26 va 28-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 1 va 2-satrlar bilan “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimiga oʻtkazilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida:
1-ilovadagi 11-15-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 1392—1396-satrlar bilan “Boshqalar” boʻlimiga oʻtkazilsin;
2-ilovadagi 7-satr chiqarib tashlansin;
3-ilovadagi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimida 1-satrdagi “25%” raqami hamda 2, 3-satrlardagi “26%” raqami “Davlat tasarrufida qoldiriladigan davlat ulushi miqdori” 6-ustunidan tegishli ravishda “Aksiyadorlik kompaniyasi, davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va xolding kompaniyalari ustav fondiga beriladigan davlat ulushi miqdori” 5-ustuniga oʻtkazilsin;
4-ilovadagi 3, 7, 8-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 645, 646, 647-satrlar bilan “Boshqalar” boʻlimiga oʻtkazilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan 2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida, III boʻlimda, “Masʼul bajaruvchilar” ustunida 3.1, 3.2, 3.4-kichik bandlarda, “Tadbirlar nomi”, “Masʼul bajaruvchilar” ustunlarida 3.3-kichik bandda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasining “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-dekabrdagi 574-son qaroriga 1-ilovada “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 370-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)