2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
|
Tadbirlar mazmuni |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining ustavlarini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. |
Maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha malaka talablarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
3. |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun oʻquv reja va fan dasturlarini tasdiqlash hamda uning oʻquv-metodik taʼminoti yaratilishini taʼminlash. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
4. |
Oliy taʼlim muassasalarining kafedralarini tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlariga biriktirish, shuningdek, kafedralarning yetakchi professor-oʻqituvchilarini oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlardagi tegishli yoʻnalish boʻyicha oʻquv jarayoniga jalb etish choralarini koʻrish. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
5. |
Oliy taʼlim muassasalarida mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, jumladan videokonferensiya qurilmalaridan foydalanish asosida onlayn shaklida oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish sharoitlarini yaratish choralarini koʻrish. |
2018-yil 10-yanvardan boshlab doimo |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
6. |
Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tinglovchilariga oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazidagi oʻquv, ilmiy, badiiy adabiyotlar va elektron resurslardan keng foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2018-yil 10-yanvardan boshlab doimo |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
7. |
Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tinglovchilarining koʻchma mashgʻulotlarini oliy taʼlim muassasasining tegishli kafedralarida oʻtkazish sharoitlarini hamda kafedralardagi oʻquv, ilmiy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
8. |
Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari pedagog kadrlarini kafedralar professor-oʻqituvchilarining ochiq darslarida, shuningdek, xorijiy mutaxassislar, olimlar va oʻqituvchilar ishtirokida oʻtkaziladigan maʼruza va mahorat darslarida qatnashishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish. |
oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
9. |
Oliy taʼlim muassasalari kafedralari professor-oʻqituvchilarining ilmiy faoliyatini maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim jarayonlarining ilmiy muammolariga yoʻnaltirish va oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining pedagog kadrlariga ilmiy-metodik rahbarlik qilish. |
doimo |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
10. |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishi (kursni tugatish ishi) himoyasi Yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibiga oliy taʼlim muassasasining tegishli kafedrasi aʼzolarini kiritish tartibini joriy etish choralarini koʻrish. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
11. |
Maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish. Mazkur elektron maʼlumotlar bazasining yangilab borilishini tizimli yoʻlga qoʻyish. |
2018-yil doimo |
Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
12. |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog xodimlarning joylardagi kasbiy faoliyati samaradorligi monitoringini amalga oshirish elektron tizimini joriy etish. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
13. |
Maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlari boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tizimida shakllantirilgan elektron maʼlumotlar bazasini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog xodimlarning joylardagi kasbiy faoliyati samaradorligi monitoringini amalga oshirish elektron tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash. |
2018-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
14. |
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini masofadan oʻqitish usullarini takomillashtirish uchun yagona dasturiy platformani, uning elektron oʻquv resurslarini hamda nazorat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy etish. |
2018-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
15. |
Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari amaliyotida foydalanilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va oʻquv adabiyotlari bilan uzluksiz taʼminlab borish. |
doimo |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |