Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son, “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-son, “2018 — 2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2912-son va “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-dekabr,
1019-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi Namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 40-modda) 1-ilovada:
a) 5.1-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“koʻp xonadonli uy-joy fondini umumiy mulki va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy hamda noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdori xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam boʻlmagan hajmda belgilash”;
b) 8.3-banddagi “Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam boʻlmagan hajmda” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 11.17-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
““Kommunaloʻquv” oʻquv-uslubiy markazi” DUKda oʻqigani toʻgʻrisida tegishli sertifikatga mavjud boʻlganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlari aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra lavozimidan ozod etiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) quyidagi mazmundagi 35-pozitsiya qoʻshilsin:
|
35. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy- kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy- kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar |
100 |
”. | |
|
Hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan ichimlik suv taʼminoti xizmatlariga tariflarga maxsus ustama |
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus koʻrsatish va amalga oshirish uchun masʼul yirik korxonalarning tarkibiy boʻlinmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda) 3-ilovaning ““Oʻzkommunxizmat” agentligi” boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-banddagi, 29-bandning “b” kichik bandidagi, 32, 41-bandlardagi, 45, 54-bandlardagi ikkinchi xatboshilaridagi, 48-bandning yettinchi xatboshidagi, 55-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning issiqlik va suv bilan taʼminlash tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 45-son, 593-modda) 10-bandida:
a) ikkinchi xatboshidan “shuningdek, issiqxona xoʻjaliklari tomonidan issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yuridik shaxslarga issiqlik energiyasi yetkazib berish issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki baravari miqdori qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi (koʻp xonadonli uylarda joylashgan yuridik shaxslarga isitish uchun yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi bundan mustasno).
7. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlarini jamlash, qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 154-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 60-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 2-bandidagi “masʼul ijro etuvchi agentliklar (Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar) soʻzlari “masʼul ijro etuvchi organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Kommunxizmat” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar) soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 60-modda):
a) 4-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning oltinchi xatboshidagi “U.A. Xalmuxamedov — “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori” soʻzlari “T.A. Haydarov — Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning 15-bandidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 3-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari” soʻzlari “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi DUK (keyingi oʻrinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligining” va “buyurtmachilar” soʻzlari tegishli ravishda “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining” va “buyurtmachi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligiga” soʻzlari “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi va 32-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” soʻzlari “Injiniring kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligiga” soʻzlari “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17 va 20-bandlardagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” soʻzlari “Injiniring kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-bandning birinchi xatboshidagi “buyurtmachilarning rahbarlari — “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari” soʻzlari “Injirining kompaniyalari rahbarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Koʻp kvartirali uylarda lift qurilmalari holatini yanada yaxshilash va Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Bosh obodonlashtirish boshqarmasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 235-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 32-son, 431-modda) 3-bandi uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri hokimligining hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi” soʻzlari “ — Toshkent shahar Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning 12-pozitsiyasida:
“Davlat organlari va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Kelishish predmeti” ustunidagi “Aholi punktlari hududlaridan maishiy va sanoat chiqindilarini chiqarib tashlash va utilizatsiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
12. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 6-modda):
a) 5-ilovaning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi (“Suvoqava” DUK tizimidagi hududiy boʻlimlar bilan birgalikda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (hududiy boshqarmalar bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovaning 17-bandi “Loyiha tashkilotlari nomi” va “Vazirliklar va idoralar nomi” ustunidagi “Oʻzkommunalloyihaqurilish” MCHJ” va “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” DUK” va “Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi”soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovada:
a) quyidagi mazmundagi 281-bandi qoʻshilsin:
“281. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi”;
b) 39-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-dekabrdagi 400-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 50-son, 567-modda) 6-ilovaning 7-bandidagi ““I.R. Maxkamov — “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori” soʻzlari “T.A. Haydarov — Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 106-modda) 4-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Kommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil 6-son, 87-modda):
a) 1-ilovaning 21-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat muassasalarida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 20-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat muassasalari va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi xizmatlari uchun” soʻzlari “uzoq muddat xizmat qilgani uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 17-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat muassasalari va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-iyundagi 409-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 550-modda) ilovada:
a) 7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish davlat tashkilotlaridagi uzluksiz ish stajini hisobga olgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi uzluksiz ish stajini hisobga olgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)