05.01.2016 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, balansli va kompleks qurishni ta’minlash yo‘li bilan shaharsozlik va arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2019-yillar davrida Nukus shahri va viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish (tuzatish kiritish) jadvali (keyingi o‘rinlarda jadval deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli istiqbolga prognoz hisob-kitoblarni shakllantirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilmani, shu jumladan xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud tabiiy va mineral-xomashyo resurslarni hisobga olgan holda hududiy sanoatni rivojlantirish yuzasidan — “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq xo‘jaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash yuzasidan — “O‘zdaverloyiha” yer tuzish ilmiy-tadqiqot instituti jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har besh yilda — shaharlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bosh rejalari amalga oshirilishi kompleks xatlovdan o‘tkazilishini, shuningdek har o‘n yilda — zamonaviy shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy talablar hisobga olingan holda ularga tuzatish kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri va ma’muriy markazlar bo‘lgan shaharlarning bosh rejalari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi (tuzatish kiritilishi) bo‘yicha ishlar (xizmatlar)ning buyurtmachilari etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari — shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini va mufassal rejalashtirish loyihalarini, shuningdek shahar va shahar chegarasi loyihalarini ishlab chiquvchilar etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zGAShKLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkiloti — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun kompleks muhandislik-texnik izlanishlar o‘tkazish (muhandislik-geologik qidiruvlar o‘tkazish, topografik xaritalar va rejalarni tuzish) bo‘yicha ishlarni ijro etuvchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi har yili, 2016-yildan boshlab, Davlat budjeti parametrlarini va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri, ma’muriy markazlar bo‘lgan shaharlarning bosh rejalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish (tuzatish kiritish)ni moliyalashtirishga zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini olib borish ishlarini bajarish va moliyalashtirish o‘z vaqtida tashkil etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlariga — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini to‘laqonli olib borish ta’minlanishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, ixtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablari va davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisosli ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mavjud tizimi samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni takomillashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan obyektlar qurilishiga ruxsatnomalar berishda va yer uchastkalari berishda bosh rejalar buzilganligi, shuningdek yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olingandagi harakatsizlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari, shahar chegarasi loyihalari, kompleks muhandislik izlanishlarini o‘tkazish, aholi punktlarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalarini, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish sxemalari va bo‘limlarini tuzish, ekologiya ekspertizasi xulosalari, aholisi (fuqarolar yig‘ini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan ko‘p bo‘lgan fuqarolar qishloq yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish — nazarda tutilgan budjet mablag‘lari, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar doirasida respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholisi (fuqarolar yig‘ini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan kam bo‘lgan fuqarolar qishloq yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, ekologiya ekspertizasi xulosalari, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish — mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazish ishlarining qiymati indeksatsiya qilinmaydi va bo‘lajak yillar loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlari bilan belgilangan summalar miqdorida moliyalashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2015 — 2018-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturidan (qarorga 1-ilova) 18-qator chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 52-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarori)” 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 10-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 1-son, 5-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 890-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)