05.04.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida 1992-yil 30-mayda imzolangan Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida strategik sherikchilik toʻgʻrisida 2004-yil 16-iyunda imzolangan Bitim, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida 1994-yil 15-aprelda imzolangan Mehnatkash-migrantlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi mehnatkash-migrantlari-fuqarolarining va Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnatkash-migrantlari-fuqarolarining mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 2007-yil 4-iyulda imzolangan Bitimga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi kuchi harakatlanishi jarayonlarini tartibga solish va huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etishning Oʻzbekiston Respublikasi mehnatkash-migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududida boshqa shakldagi bandliklariga nisbatan ustuvorligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish boʻyicha Tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vaqtinchalik mehnat faoliyati” — mehnatkash-migrantning Rossiya Federatsiyasi hududida Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlari va mazkur Bitimda belgilangan shartlarda va tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi asosidagi ish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida shartnoma” — tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish doirasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatining shartlari toʻgʻrisida joʻnatuvchi tashkilot va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot-taxliliy tizim” — ishchilarga ehtiyoji boʻlgan Rossiya ish beruvchilari, boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar, ish xususiyati, ish haqi, ish rejimi, taʼlim, kasbiy bilimlar, koʻnikmalar, ish stajiga boʻlgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan chet ellik ishchiga taqdim etiladigan qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida axborotni oʻzida mujassamlashtirgan “Rossiyada ish” umumrossiya boʻsh ish oʻrinlari axborot-tahliliy tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishga joylashtirishga nomzod” — Rossiya Federatsiyasi hududida joʻnatuvchi tashkilotga ishga joylashtirish maqsadida murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, 18 yoshdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan davlat pensiyasiga huquq beruvchi yoshgacha boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organlar” — Tomonlar davlatlarining mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish vakolatiga kiradigan davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish” — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“joʻnatuvchi tashkilot” — tashkiliy asosda jalb etishni amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan vakolatga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ish beruvchi” — Rossiya yuridik hamda jismoniy shaxsi, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ruxsatnoma” — Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organi tomonidan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va mazkur Bitim qoidalariga muvofiq berilgan mehnatkash-migrantning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mehnat shartnomasi” — Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchi va mehnatkash-migrant oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mehnatkash-migrant” — tanlovdan oʻtgan va Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy asosda boʻlib turgan hamda ruxsatnoma (patent) mavjud holda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi 18 yoshga toʻlgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va bandlik boʻyicha Federal xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Taʼlim va fan vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlardagi oʻzgarishlar haqida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali darhol xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari bir-birlari bilan bevosita hamkorlik qiladilar hamda mazkur Bitim qoidalarini yanada samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida idoralararo bitimlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlarni tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etishni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, Mehnat va bandlik boʻyicha Federal xizmati Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilarga ehtiyoji boʻlgan Rossiya ish beruvchilari, boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar, ish xususiyati, ish haqi, ish rejimi, taʼlim, kasbiy bilimlar, koʻnikmalar, ish stajiga boʻlgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan chet ellik ishchiga taqdim etiladigan qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida axborotni axborot-taxliliy tizimda joylashtirish boʻyicha faoliyatni tashkillashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat qonunchiligi va mehnat huquqi normalari mavjud boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Taʼlim va fan vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlariga Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun kompleks imtihonlar oʻtkazuvchi tashkilotlarning roʻyxatini belgilovchi normativ aktlar toʻgʻrisida axborotni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks imtihonlar oʻtkazish va tegishli sertifikat berish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun kompleks imtihonlar oʻtkazuvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari bilan bitimlar tuzishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududiy organlarining mehnatkash-migrantlarga Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma rasmiylashtirish va berish boʻyicha faoliyatini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya sohasida federal davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida mehnatkash-migrantlarni tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish tartibida ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida xabardor qilinishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishga joylashtirishga nomzodlar tanlovini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq kompleks imtihonlar oʻtkazuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi Taʼlim va fan vazirligi kompleks imtihonlarni topshirish uchun tavsiya etgan oʻquv-uslubiy materiallarga muvofiq oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirishga nomzodlar tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar bilan talab etilayotgan malaka va tajribaga ega boʻlgan ishga joylashtirishga nomzodlarni, shuningdek mehnat shartnomalari loyihalarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida shartnomalar reyestri yuritilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirishga nomzodlar bilan mehnat shartnomalari loyihalarini Rossiya Federatsiyasiga chiqishdan oldin kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatkash-migrantlarning tashkiliy asosda jalb etish tartibida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga qadar yetib borishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi hududida Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq atrofdagilarga xavf tugʻdiruvchi yuqumli kasalliklar va giyohvandlik kasalliklarini aniqlash boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik boʻlishining muddati oʻtgan, shuningdek Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarini buzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarda ruxsatnoma olishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar mavjud boʻlishi holatlarining oldini olish maqsadida ularning sogʻligʻi holati nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarni quyidagilar boʻyicha tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda ekanligi, shuningdek chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa sabablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasi hududida ham jinoyat deb tan olinadigan jinoyati uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlikning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga joylashtirishga nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishgan taqdirda, ishga joylashtirishga nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish alohida xalqaro shartnoma bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar, shu jumladan ish haqi, ish rejimi, taʼlim, kasbiy bilimlar, koʻnikmalar, ish stajiga boʻlgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida axborotni axborot-taxliliy tizimda Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilishda ishtirok etishining majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriy sanitariya-gigiyena va boshqa meʼyorlarga muvofiq yashash joylari, mehnatning xavfsiz shartlari va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek ish joylarida texnika xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam darajadan kam boʻlmagan kafolatlangan mehnat haqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish uchun ish beruvchi joʻnatuvchi tashkilot bilan tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va ish beruvchilar hamkorligining tartibi va shartlari ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlarni tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish tartibida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb qilish ish beruvchi bilan Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi va mehnatkash-migrant Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlar Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlari va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlar ish beruvchi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy bayram kunlarida mehnat faoliyatidan ozod qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlarning Rossiya Federatsiyasi hududidagi tibbiy taʼminoti Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi hududida amal qiluvchi, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq barpo etilgan sugʻurta tashkiloti bilan mehnatkash-migrant tomonidan tuzilgan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta shartnomasi (polisi) mavjud boʻlishi mehnatkash-migrantlar tomonidan tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish tartibida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti boʻlib, ish beruvchi tomonidan mehnatkash-migrant vaqtincha mehnat faoliyatini hududida amalga oshirishi kutilayotgan Rossiya Federatsiyasi subyektida joylashgan tibbiyot tashkiloti bilan tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish tartibida mehnatkash-migrant boʻlgan ishchilarga pullik tibbiy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlarning daromadini soliqqa tortish Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga va Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan soliqqa tortish sohasidagi xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi Rossiya Federatsiyasi vakolatli organi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligini mehnatkash-migrant bilan mehnat shartnomasi tugatilganligi yoki bekor qilinganligi (shu jumladan muddatidan oldin), shuningdek mehnatkash-migrantning mazkur Bitim 6-moddasida koʻrsatilgan shartnomalarda belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi tomonidan Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga rioya etilmayotganligi toʻgʻrisida axborot kelib tushgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bunday axborotni Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrant Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlaridan uning Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlishi va vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibi, shuningdek Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga oid axborot olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan taqdirda mehnatkash-migrant Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi lozim, Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlar Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrantlar Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq ijtimoiy sugʻurta (majburiy tibbiy sugʻurtadan tashqari) va pensiya taʼminoti huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga joylashtirishga nomzod ish beruvchining ishga qabul qilishni rad etishi yoki tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida shartnomada belgilangan asoslar boʻyicha ish beruvchining aybi bilan bogʻliq ravishda ishga joylashtirilmasa, mehnatkash-migrantni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun unga tegishli tovon puli toʻlagan holda ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi, basharti bu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sogʻligʻiga shikast yetgan taqdirda tegishli kafolatlar va tovon pullari Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki ish beruvchining aybi bilan kasb kasalligiga chalinish oqibatida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sogʻligʻiga shikast yetgan taqdirda, ish beruvchi mehnatkash-migrantni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish yoki jasadni tashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkash-migrant vafot etgan taqdirda ish beruvchi oʻlim fakti boʻyicha materiallarni taqdim etgan holda bu haqda joʻnatuvchi tashkilotni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻz vakolatlari doirasida doimiy ravishda quyidagilarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatkash-migrantlarni tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish holati toʻgʻrisida axborotni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilarga ehtiyoji boʻlgan ish beruvchilar, hudud va malaka boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlar toʻgʻrisida axborotni dolzarblashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun vakolatli organlar mavjud axborot resurslaridan tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan yoki amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun zarur boʻlgan Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan axborotni joylashtirish uchun foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda vujudga kelishi mumkin boʻlgan nizolar muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismi boʻlgan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari haqidagi soʻnggi yozma xabarnomani diplomatik kanallar orqali olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi. Tomonlardan har biri Bitimning amal qilishini boshqa Tomonni bu haqda diplomatik kanallar orqali yozma shaklda xabardor qilish orqali tugatishi mumkin. Bunday holatda mazkur Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim amal qilishi tugagan taqdirda Tomonlar mazkur Bitim amalda boʻlgan davr mobaynida vujudga kelgan majburiyatlarni tartibga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moskva shahrida 2017-yil 5-aprelda har biri oʻzbek va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)