30.05.1992 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida “Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xalqlari oʻrtasida tarixan tarkib topgan aloqalar, doʻstona munosabatlar va oʻzaro hurmat anʼanalariga tayanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala xalqning boy tarixiy oʻtmishiga va koʻp asrlik madaniyatiga gʻoyat hurmat bilan munosabatda boʻlib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro foydali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish ikkala davlat xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi hamda tinchlik va xavfsizlik ishiga xizmat qiladi, deb hisoblab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro miqyosda kelishib olingan harakatlar va harbiy-siyosiy sohadagi yaqin hamkorlikning maqsadga muvofiqligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududlarida demokratik huquqiy davlatlarni barpo etishga azmu qaror berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama hamkorlikka intilish muddaosiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi, Xelsinki Yakunlovchi akti hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlikka bagʻishlangan Kengash boshqa hujjatlarining maqsad va qoidalariga oʻzlarining sodiq ekanliklarini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar suveren, teng huquqli doʻstona davlatlar sifatida oʻz munosabatlarini rivojlantiradilar. Ular oʻzlarining davlat suvereniteti va mustaqilligini oʻzaro hurmat qilish, teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik yoki kuchni pesh qilib dagʻdagʻa qilmaslik, shu bilan birga iqtisodiy va tazyiqning boshqa vositalarini qoʻllamaslik, hududiy yaxlitlik, chegaralarning buzilmasligi, nizolarni tinch yoʻl bilan bartaraf etish, inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmat qilish, majburiyatlarni halol bajarish qoidalariga, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etgan boshqa meʼyorlariga ogʻishmay amal qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining hududiy yaxlitligini va mavjud chegaralarning buzilmasligini hurmat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar dunyo miqyosida, shuningdek mintaqa miqyosida tinchlikni mustahkamlash, barqarorlik va xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida birgalikda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular qurolsizlanish jarayonini davom ettirishga va kollektiv xavfsizlikni mustahkamlashga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatishdagi ahamiyatini kuchaytirishga va mintaqaviy vositalarning samaradorligini oshirishga koʻmaklashib, oʻzlarining tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtiradilar. Ular mintaqaviy mojarolarni va Tomonlarning manfaatlariga daxl qiluvchi boshqa vaziyatlarni bartaraf etishga koʻmaklashish uchun kuch-gʻayrat sarflaydilar. Tomonlar zarur hollarda birgalikda yoki kelishib olingan harakatlarni amalga oshirish maqsadida ana shu sohalarda oʻz nuqtai nazarlarini muvofiqlashtirib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro manfaatli boʻlgan masalalar yuzasidan muntazam asosda maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar 1992-yil 15-mayda Toshkent shahrida imzolangan kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi Shartnomaga amal qilib, Tomonlarning ishonchli mudofaasini taʼminlashda hamkorlik qiladilar va birlashgan qoʻmondonlik ostida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining strategik harbiy kuchlarini saqlab turadilar va qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar davlat chegaralarini qoʻriqlashda bahamjihat ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala davlatning hududi umumiy harbiy-strategik makonga kirishiga amal qilib, oʻz harbiy doktrinalarining kelishilgan qoidalari asosida birgalikdagi mudofaa siyosatini taʼminlashda hamkorlik qiladilar. Shu maqsadda ular Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar harbiy boshqarmasi organlariga boʻysunuvchi va Hamdoʻstlik Birlashgan Qurolli Kuchlari qoʻmondonligi ostida boʻlgan mudofaa uchun yetarli miqdordagi qurolli kuchlarni saqlab turishga bir xil yondoshuvga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustahkam xavfsizlikni taʼminlash va xalqaro tinchlikni saqlab turish maqsadida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar zarur hollarda oʻzaro ahdlashuv asosida oʻz hududlarida boʻlgan harbiy inshootlardan foydalanish huquqini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur masalalar yuzasidan alohida bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonga qaratilgan qandaydir harakatlar yoki tadbirlarda qatnashish yoxud ularni qoʻllab-quvvatlashdan tiyilish va oʻz hududi boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonga qarshi bosqinchilik yoki boshqa zoʻravonlik harakatlariga tayyorgarlik koʻrish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirish maqsadida foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tinchligi, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga xavf soluvchi vaziyat vujudga kelgan holatda Tomonlar oʻz nuqtai nazarlarini muvofiqlashtirish hamda yuzaga kelgan xavfni bartaraf etish uchun tadbirlar qabul qilish maqsadida birgalikdagi maslahatlashuvlar vositalarini ishga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri millati, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlaridan qatʼi nazar, oʻz hududida yashovchi kishilarga xalqaro huquqning umumeʼtirof etgan meʼyorlariga muvofiq fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida fuqarolarning biron-bir kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun qonuniy, maʼmuriy va boshqa zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Tomonning hududida yashovchi oʻz fuqarolarining huquqlarini himoya qiladi, xalqaro huquqning umumeʼtirof etgan meʼyorlariga muvofiq ularga homiylik qiladi va madad beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonning hududida yashovchi oʻz fuqarolarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar yuzasidan huquqiy yordam berish toʻgʻrisida shartnoma, Konsullik bitim va boshqa hujjatlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar insonning umumeʼtirof etgan huquqlari sifatida kamchilikni tashkil etgan millatlarga mansub kishilarning huquqlarini hurmat qilish Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida tinchlik, adolat, barqarorlik va demokratiyaning muhim omili ekanligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar kamchilikni tashkil etgan millatlarga mansub kishilarning oʻz insoniy huquqlarini va asosiy erkinliklarini toʻla va samarali amalga oshirish hamda qonun oldida toʻla tenglik sharoitida hech qanday kamsitilmagan holda ulardan foydalanish huquqini kafolatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar kamchilikni tashkil etgan millatlarga mansub kishilar yakka holda yoki kamchilikni tashkil etgan millatlarga mansub boshqa kishilar bilan birgalikda oʻzlarining etnik, madaniy, til yoki din jihatdan oʻziga xosligini erkin ifodalash, saqlab qolish va rivojlantirish huquqini kafolatlaydilar hamda ana shu oʻziga xoslikni ragʻbatlantirish uchun shart-sharoit yaratadilar va zoʻravonlik bilan assimilatsiya qilishga har qanday urinishlarga yoʻl qoʻymaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar kamchilikni tashkil etgan millatlarga mansub kishilarning davlat ishlarida samarali qatnashishga boʻlgan huquqini hurmat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar shaxslar yoki guruhlarga qarshi milliy, irqiy, etnik yoki diniy kamsitishga, dushmanlik yoki nafratga asoslangan zoʻravonlikka gij-gijlovchi har qanday harakatlarning oldini olish va payini qirqish uchun oʻz hududida samarali choralar koʻrish, jumladan tegishli qonun hujjatlari qabul qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududida yashovchi kishilarning erkin xohishiga koʻra oʻzlari yashab turgan davlat fuqaroligini saqlab qolish yoki boshqa Tomonning fuqaroligini qabul qilish huquqini kafolatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning hududida yashovchi kishilarning har ikkala Tomonning fuqaroligiga ega boʻlish imkoniyati bilan bogʻliq masalalar Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlarini hisobga olib tegishli bitimlar bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar umumiy iqtisodiy makonni, umumyevropa va yevrosiyo bozorlarini shakllantirishga koʻmaklashib, oʻz fuqarolari, xalqlari va davlatlari iqtisodiyotda teng huquqli va oʻzaro foydali hamkorlik qilishlariga yordam beradilar. Shu maqsadda Tomonlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida uzoq muddatli bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Hamdoʻstlik davlatlarining bojxona siyosati qoidalari toʻgʻrisida 1992-yil 13-martdagi Bitim bilan tashkil etilgan Bojxona uyushmasida qatnashib, kelishib olingan soliq va bojxona siyosatini amalga oshiradilar, ular oʻrtasida tovarlar, mahsulotlar, mablagʻlar va xizmatlar toʻsiqsiz harakatini taʼminlaydilar. Ular keng koʻlamda iqtisodiy axborot ayirboshlaydilar hamda ikkala Tomonning korxonalari, tadbirkorlari va olimlari ana shu axborotdan foydalanishlarini taʼminlaydilar. Ular Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan biri aʼzo boʻlmagan xalqaro tashkilotlarda qatnashish yoki ularga aʼzo boʻlishda bir-birlariga yordam berib, turli xalqaro iqtisodiy, moliyaviy va boshqa tashkilotlar hamda muassasalarda bahamjihat ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning iqtisodiy va savdo-sotiq munosabatlari eng koʻp darajada qulaylik yaratish tartibi yoki milliy tartibdan qaysi biri eng koʻp darajada qulayligiga qarab oʻzaro imkoniyat yaratib berish asosida yoʻlga qoʻyiladi. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va moliya tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy (munitsipal) oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonalar va tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar darajasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy munosabatlar rivojlantirilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatish, toʻlovlar, narxlar va qimmatbaho qogʻozlar harakati toʻgʻrisida, shuningdek oʻzaro hisob-kitoblarni jahon narxlarida amalga oshirishga oʻtish muddatlari va shartlari haqida hukumatlararo bitimlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular oʻz hududida boshqa Tomon korxonalari va tadbirkorlari faoliyat koʻrsatishi uchun, xususan toʻgʻridan toʻgʻri sarmoya qoʻyish va sarflangan mablagʻni himoya qilish sohasida shart-sharoitlarni yaxshilashga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Tomonning huquqlari va qonuniy manfaatiga daxl qilishi mumkin boʻlgan iqtisodiy sohadagi qarorlar toʻgʻrisida bir-birlarini oldindan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan davlat mulkining, yuridik shaxslari va fuqarolari mol-mulkining huquqiy tartibi hamda mulkchilik munosabatlarining boshqa masalalari Tomonlarning qonunlari va ular oʻrtasidagi alohida bitimlar bilan yoʻlga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlgan mol-mulk oʻziga qarashli ekanligini bildirgan va ana shu mol-mulkka uchinchi shaxslar yoki davlatlar daʼvo qilgan taqdirda ikkinchi Tomon bu mulk kimga tegishli ekanligi haqidagi masala uzil-kesil hal etilgunga qadar uni qoʻriqlash va saqlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi shart va birinchi Tomonning aniq ifoda etilgan roziligisiz shu mol-mulkni hech kimga topshirishga haqqi yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar neft va tabiiy gazni qayta ishlash hamda ulardan foydalanish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari bilan taʼminlash umumiy tizimlarini rivojlantirish borasida teng huquqli asosda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar energetika, transport, axborot va aloqa, shu jumladan yoʻldosh aloqasi va telekommunikatsiya sistemalarini boshqarish sohasida hamkorlik qilishni rivojlantirishga alohida eʼtibor berib, bu sohalarda tarkib topgan komplekslar va yagona sistemalarni saqlab qolishga, oqilona foydalanish va rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar transport bilan bogʻliq ishlarni oʻz hududlarida joylashgan dengiz, daryo va havo portlari, temir yoʻl va avtomobil tarmoqlari hamda quvurlar orqali amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar taʼlim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalari oʻrtasidagi bevosita aloqalarni qoʻshma dasturlar va ishlanmalar, ayniqsa ustuvor yoʻnalishlarda va ilgʻor texnologiyalar sohasida shunday dasturlar va ishlanmalar amalga oshirilishini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar kadrlar tayyorlashda, olimlar, mutaxassislar, aspirantlar va talabalar ayirboshlashda hamkorlik qilib, buning uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradilar, ilmiy unvonlar va darajalar, maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarni tan oladilar. Tomonlar fan va taʼlim masalalari yuzasidan alohida bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat, sanʼat, taʼlim, sayyohlik va sport sohasidagi hamkorlikka butun choralar bilan imkoniyat yaratadilar, erkin axborot ayirboshlashga koʻmaklashadilar. Tomonlar ushbu masalalar boʻyicha alohida bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular Rossiya Federatsiyasida oʻzbek tilini, Oʻzbekistonda esa Rossiya xalqlarining tillarini, shu jumladan Tomonlarning oʻquv yurtlarida oʻrganishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur sohalarda, shu jumladan qoʻshma loyihalarni roʻyobga chiqarishda, madaniyat, ilmiy hamda boshqa jamgʻarmalar va uyushmalarning faoliyatida hukumat va nohukumat tashkilotlari hamda muassasalari oʻrtasida, xususiy tashkilotlar va shaxslar oʻrtasida hamkorlik qiladilar. Tomonlar bir-birlarining hududida ikkala mamlakatning madaniyat markazlarini ochish toʻgʻrisida bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar chegaralarining ochiqligi prinsipiga amal qiladilar va oʻz mamlakatlarining fuqarolari Tomonlarning hududiga erkin kelishi, ketishi va harakat qilishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradilar. Tomonlar oʻz fuqarolarining uchinchi mamlakatlarga ketishi, kelishi uchun umumiy tartibni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kelishilgan holda uchinchi mamlakatlarning fuqarolari ularning hududlariga kelishi va ketishini tartibga solib turish choralari majmuini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining madaniy merosidan, shu jumladan har ikkala davlatning kutubxona, muzey va hujjatxona jamgʻarmalarida saqlanayotgan toʻplamlari, kolleksiyalari va boshqa madaniy boyliklaridan foydalanishda Tomonlarning manfaatlarini roʻyobga chiqarish ishida oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda ular oʻz xalqlarining har bir Tomonning davlat toʻplamlarida, kolleksiyalari va jamgʻarmalarida saqlanayotgan tarixiy-madaniy boyliklari toʻgʻrisida oʻzaro toʻliq axborot olish uchun sharoit yaratadilar, ularni oʻrganish va targʻib qilishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar madaniy-badiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ularni saqlash masalasiga oid chora-tadbirlar majmuini koʻrib chiqib, amalga oshiradilar va shu masala xususida alohida bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar, mintaqa va umumjahon darajasida bu sohadagi kelishilgan harakatlarga koʻmaklashadilar, ekologiya xavfsizligining keng qamrovli xalqaro tizimini vujudga keltirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Orol dengizi va Orolboʻyi hududlarining ekologiya falokati butun sayyoramizga daxldor ekanligini anglab, Orolning ekologiya tizimini qayta tiklash va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida maxsus bitim tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ijtimoiy soha va sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar. Ular fuqarolarning ijtimoiy jihatdan va nafaqa bilan taʼminlanishiga alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar uyushgan jinoyatchilikka, shu jumladan xalqaro jinoyatchilikka va terrorchilikka qarshi, narkotik moddalarning gʻayriqonuniy ravishda muomalada boʻlishiga, tovarlar va madaniy boyliklar qonunga zid tarzda olib chiqib ketilishiga qarshi, shuningdek dengizda kemalar qatnovi, fuqaro aviatsiyasi va boshqa transport turlarining xavfsizligiga tahlika soladigan xatti-harakatlariga qarshi kurashga doir tadbirlarda faol hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mana shu masalalarda va ikkala Tomonni qiziqtiruvchi boshqa masalalar yuzasidan hamkorlik qilish toʻgʻrisida alohida bitimlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar har ikkala davlatning parlamentlari va xalq noiblari oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning huquqlariga va ular qatnashayotgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Shartnoma qanday bajarilayotgani haqida muntazam suratda, yiliga ikki marta oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar. Ana shu maslahatlashuvlarda Shartnomani talqin qilish xususidagi ehtimol tutilgan bahslar hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikki tomonlama maslahatlashuvlar doirasida mazkur Shartnomaning qoidalarini toʻldirish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani oʻrtaga qoʻyish huquqiga egadir. Bunday oʻzgartish va qoʻshimchalar har ikkala Oliy Ahdlashuvchi Tomon tasdiqlagandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma tasdiqlanishi lozim va u tasdiqnoma yorliqlari ayirboshlangan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma oʻn yil muddatga tuziladi. Agar Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning birontasi ham boshqacha fikr bildirmagan taqdirda Shartnomaning amal qilishi navbatdagi oʻn yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytirilaveradi. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilish yoʻli bilan mazkur Shartnomani bekor qilishi mumkin. Ikkinchi Oliy Ahdlashuvchi Tomon xabarnomani olgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan keyin Shartnomaning amal qilishi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 30-may kuni Moskva shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida imzolandi, ikkala matn ham bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)