Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarigi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida” 2017-yil 9-yanvardagi OʻRQ-420 son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi 2017-yil 9-yanvardagi OʻRQ-420 son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-dekabr,
1008-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1008-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomning 10-bandidagi “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish inspektorlari, Toshkent shahrida esa — oldini olish inspektorlari)” soʻzlari “(Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 62-modda):
a) 1-ilovaning 12-bandidagi “(ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektori)” soʻzlari “(ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 12-bandidagi “(ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektori)” soʻzlari “(ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda:
a) 11-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi”;
sakkizinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 12-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi”;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-iyuldagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash normalarining (1-ilova) rus tilidagi matnining “Tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlashning 3-normalari” boʻlimi izohiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“litsa, otbivayushiye administrativniy arest”;
Keyingi tahrirga qarang.
uchinchi-beshinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1008/0454-son; 17.03.2021-y., 09/21/143/0213-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)