Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Qarori
Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2524-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2021-yil 27-oktabrdagi 6-sonli ““Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2524-2, 04.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 24-oktabrdagi 19-son qarori (roʻyxat raqami 2524, 2013-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 613-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-dekabr,
40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017-yil 13-dekabrdagi 40-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 41, 43, 56, 92-bandlardagi “gigiyena sertifikati” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 12-dekabr
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2017-yil 12-dekabr
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Sh. RAXIMOV
2017-yil 12-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari A. ShUKUROV
2017-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliq oʻrinbosari Sh. ShOVAXOBOV
2017-yil 12-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2524-1/0440-son)