05.12.2017 yildagi 966-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrida “112” yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Samarqand shahrida hodisa va favqulodda vaziyatlarga shoshilinch chora koʻrilishini taʼminlash sohasida axborot tizimlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksi loyihasini amalga oshirish doirasida Samarqand shahrida shoshilinch operativ xizmatlarning muqobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyatini saqlab qolgan holda “112” yagona raqami (keyingi oʻrinlarda — “112” tizimi deb ataladi) orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “112” tizimini tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahridagi shoshilinch operativ xizmatlarning navbatchi-dispetcherlik boʻlinmalari oʻrtasida yaqindan axborot almashinuvi boʻyicha mustahkam hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda, yongʻinlarda, yoʻl-transport hodisalarida, jamoat tartibi buzilganda hamda avariya, baxtsiz hodisalarda va favqulodda vaziyatlarda darhol xabardor qilish va shoshilinch operativ xizmatlarning muvofiqlashtirilgan choralari koʻrilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisalar va favqulodda vaziyatlar roʻy berganda fuqarolarga konsultativ va psixologik yordam koʻrsatish, ularning murojaatlarini koʻrib chiqishda shaffoflikni taʼminlash hamda shoshilinch operativ xizmatlarning oʻz vaqtida chora koʻrishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, chaqiruv “112” tizimi orqali taʼminlanadigan shoshilinch operativ xizmatlarga quyidagi boʻlinmalar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining yongʻin xavfsizligi xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash, tartibbuzarliklarni profilaktika qilish va jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz tarmoqlarining avariya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand shahrining yagona dispetcherlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — dispetcherlik xizmati deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining filiali shaklida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 22 nafar shtat birligi bilan tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, kelib tushayotgan xabarlar va murojaatlarni hisobga olib dispetcherlik xizmatining belgilangan shtatlar soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“112” yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini joriy qilish tajriba loyihasini Samarqand shahrida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“112” yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirishlarga xizmat koʻrsatish va ularning idoralararo oʻzaro hamkorlik qilish sxemasi chizmalari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, kelib tushayotgan xabarlarni saqlash va ularni ishlash, shoshilinch operativ xizmat chaqiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish, shuningdek, ular oʻrtasidagi idoralararo hamkorlikni taʼminlash boʻyicha “112” tizimi faoliyati Samarqand shahridagi “Oʻzbektelekom” AKning texnik uskunalari bazasida, “112” tizimining kichik tizimlari faoliyati esa — har bir shoshilinch operativ xizmatlarning texnik uskunalari bazasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda — Samarqand shahrida “112” tizimi faoliyatini tashkil etish boʻyicha aniq vazifalar biriktirilgan va faoliyati tartibini belgilagan holda idoralararo ishchi guruh tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — “112” yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlar chaqirilishini taʼminlash tizimi toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AJ rahbarlari zimmasiga quyidagilar yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“112” tizimini joriy etish mobaynida xabarlarni, shu jumladan elektron tarzdagi xabarlarni qabul qilish va ularni ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz axborot-kommunikatsiya resurslarini “112” yagona tizimi bilan samarali integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch operativ xizmatlar navbatchi-dispetcherlik boʻlinmalarining “112” tizimi bilan mustahkam hamkorlik qilishini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Samarqand shahrining yagona dispetcherlik xizmati tuzilmasi uning aniq vazifalari va funksional majburiyatlarini belgilagan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — Samarqand shahri yagona dispetcherlik xizmatining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash uchun, faoliyatining xususiyatini hisobga olgan holda, uni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” AJga normativ va loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda hamda Samarqand shahrining shoshilinch operativ xizmatlarining navbatchi-dispetcherlik boʻlinmalarini zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlashda, shuningdek, ularning yaqindan hamkorlik qilishida va “112” tizimini joriy etish loyihasining amalga oshirilishi doirasida xodimlarni oʻqitishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil yakunlari boʻyicha “112” tizimi tajribasini, uning Samarqand shahridagi faoliyati tahlilini hisobga olgan holda, kelgusida respublikaning boshqa mintaqalarida ham qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga “112” tizimiga kelib tushayotgan xabarlar uning oʻz vaqtida qabul qilinishi va ularning bajarilishi yuzasidan tegishli qonun buzilishlari aniqlangan holatlarda qonunchilikda nazarda tutilgan choralar koʻrish, ularning monitoringini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
966-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/966/0368-son,)