02.12.2017 yildagi PQ-3422-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, hozirgi vaqtda respublikada 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash Dasturi amalga oshirilmoqda, Dasturda yuksak xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan milliy transport tarmogʻini rivojlantirish sohasida yagona kompleks strategiyani ishlab chiqish, respublika mahsulot ishlab chiqaruvchilarining oʻz mahsulotini mintaqa va jahon bozorlariga istiqbolda olib chiqish talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning xalqaro transport kommunikatsiyalariga keng miqyosda integratsiyalashuvini taʼminlash nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dastur doirasida umumiy qiymati 1580 million AQSH dollaridan oshadigan temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish va aviatransport sohasida bir qator loyihalar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy uzunligi 695 kilomertli avtomobil yoʻllari barpo etildi va rekonstruksiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining ortib borayotgan eksport salohiyati hamda mahalliy mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish zarurligi tashqi savdo yoʻnalishlarini yanada diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini taʼminlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yoʻlaklarini shakllantirish borasida qoʻshimcha ildam choralar koʻrilishini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni qayd etish zarurki, hozirgi vaqtda respublikaning mavjud salmoqli tranzit salohiyati toʻliq darajada ishga tushirilmagan. Vujudga kelgan tranzit va tarif siyosatidagi nomaqbullik qoʻshimcha ravishda tranzit yuk oqimini jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi transport-tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va xalqaro ahdlashuvlarni amalda roʻyobga chiqarish, yaqin qoʻshni mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuklarini samarali tashish va ishlov berish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish ham eng muhim vazifa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Logistika markazlari va TIR-parklar tarmogʻini tubdan rivojlantirish, avtotransport vositalari va havo kemalari parkini kengaytirish hamda ularni sifatli yonilgʻi-moylash materiallari bilan oʻz vaqtida va toʻliq hajmda taʼminlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo transport yoʻlaklarini yanada diversifikatsiyalash uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini yuksaltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan ishlab chiqilgan transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash Kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida quyidagilar ustuvor vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida — temir yoʻl, avtomobil va aviatsiya transportini yanada rivojlantirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yuk tashish boʻyicha ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro logistika markazlarini barpo etish, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl boʻyidagi zarur infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish, yuk tashishda transportlarning oʻtkazish qobiliyatini koʻpaytirish, shaffof va raqobat muhitini yaratish, harakat tarkibi parkini kengaytirish va Davlat chegarasidagi oʻtish punktlarining maksimal darajada bexatar faoliyat yuritishi shart-sharoitlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti sohasida — temir yoʻl transporti xizmatlari sifati va xavfsizligini oshirish, yangi temir yoʻl magistrallari qurish, temir yoʻllarni elektrlashtirish darajasini oshirish, mamlakatning tashqi savdo yuklari asosiy jahon va mintaqa bozorlariga olib chiqilishi uchun xalqaro transport yoʻlaklarini shakllantirishni davom ettirish va ularning faoliyatini takomillashtirish, moslashuvchan tarif siyosatini koʻllash, tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, logistika xizmatlarini takomillashtirish va har xil transport turlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni ratsionallashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining temir yoʻl tarmogʻini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti sohasida — milliy huquqiy bazaning xalqaro huquqiy baza bilan uygʻunlashuvini jadallashtirish yoʻli bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy avtoyuk tashuvchilarning ogʻir yukli avtotransport vositalari harakat tarkibi parkini kengaytirish, avtomobillarda xalqaro yuk tashishning ruxsatnoma berish tizimini takomillashtirish, xalqaro transport kommunikatsiyalariga maqbul yoʻl bilan chiqishni va tranzit tashuvlar hajmini koʻpaytirishni taʼminlaydigan yangi avtomobil yoʻlaklarini shakllashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya transporti sohasida — yuk tashish hajmlarini yanada koʻpaytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish, mavjud infratuzilmani va koʻrsatilayotgan xizmatlar kompleksini xalqaro aviatransport xizmatlari bozoriga olib chiqish, yuklarni aviatsiya yordamida tashish chogʻida, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishda moslashuvchan tarif siyosatini qoʻllash, havo kemalarining aviatsiya parkini koʻpaytirish va yangilash, “Navoiy” Xalqaro intermodal logistika markazining imkoniyatlaridan samarali va toʻlaqonli foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar toʻla hajmda va oʻrnatilgan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomobilda xalqaro yuk tashishni rivojlantirish va milliy avtoyuk tashuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ikki oy muddatda Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda xalqaro yuk tashishda ruxsatnomalar ayirboshlash, taqsimlash, taqdim etish va foydalanish kvotalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara bojxona postlarida naqd shakldagi hisob-kitoblar bilan bir qatorda naqdsiz shakldagi hisob-kitoblar tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan avtomobillarda kabotaj yuk tashishlarini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining avtoyuk tashuvchilariga nisbatan xorijiy davlatlarning hududida kamsituvchi shart-sharoitlar joriy etilgan zarur hollarda ana shu davlatlarning avtotransport vositalariga nisbatan aynan bir xil tegishli choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yillik tushumida xalqaro yuk tashish xizmatlari eksporti ulushi 50 va undan yuqori foizni tashkil etadigan milliy avtotransport korxonalari va tovarlarni tashishni tashkil etish, omborga joylashtirish, saqlash, ishlov berish va tarqatish bilan shugʻullanuvchi transport-logistika kompaniyalari 2022-yilning 1-yanvariga kadar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4353/3257-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi, mulk soligʻi hamda yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin, bunda boʻshagan mablagʻlar oʻzining avtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashga, zamonaviy omborxona terminallari barpo etishga va bank kreditlarini toʻlashga yoʻnaltirilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari koʻrsatishga moʻljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro yoʻnalishlarda yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan avtotransport korxonalariga shaharlararo yoʻnalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan 2017-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab eksport yuklarini temir yoʻl transportida tashish tariflarini respublika ichki yuklarini tashish darajasigacha pasaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2-ilovaga muvofiq tarkibda ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov rahbarligida ishchi guruhi tashkil qilinib, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: tadbirlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish, muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish va zarur hollarda, ularni hal qilish boʻyicha asosli takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga kiritish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori U.U. Rozuqulov, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti boshligʻi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3422-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish davri

Masʼul vazirlik va idoralar

Temir yoʻl transporti

1.

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklari eng qisqa yoʻllar bilan asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga chiqishi uchun samarali va ishonchli muqobil transport va tranzit yoʻlaklarini shakllantirish.

1.1. Eron Islom Respublikasi, Omon Sultonligi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida Xalqaro transport va tranzit yoʻlagini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashxobod bitimi) amaliy ijrosini taʼminlash.

Ishchi guruh majlislarida qatnashish

Doimiy

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), TIV (Niyazxodjayev), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), DBQ (Raimov), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev), Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda — OʻDTA) (Shovaxobov)

1.2. “Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy” temir yoʻl qurilish masalasini ishlab chiqish.

Toshkent shahrida uch tomonlama Ishchi guruh yigʻilishini oʻtkazish.

2018-yil I chorak

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), TIV (Niyazxodjayev)

Hukumatlararo bitimni tayyorlash va qabul qilish

2018-yil I yarim yilligi

1.3. Afgʻonistonning shimoli gʻarbida transport yoʻlagini barpo etish masalalarini ishlab chiqish, “Mozori Sharif-Shibirgʻon-Maymana-Xirot” temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish.

Hukumatlararo bitimni tayyorlash

2017-yil IV chorak — 2018-yil

I chorak

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), TIV (Niyazxodjayev),

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev)

1.4. Tashqi savdo yuklarini portlarga chiqiladigan Boku-Tbilisi-Axalkalaki-Kars” temir yoʻl yoʻnalishi boʻyicha tajriba tariqasida tranzit tashishlarni amalga oshirish.

Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya-YEI mamlakatlari yagona tranzit yoʻlagini shakllantirishda ishtirok etish. Tashqi savdo va tranzit yuklarini tashish hajmlarini belgilash.

Joyning oʻziga chiqib muzokaralarni tashkillashtirish, Hukumatlararo komissiya majlislari davomida masalalarni koʻrib chiqish

2018-yil

I chorak

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov),

TIV (Niyazxodjayev)

1.5. Xitoy-Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻylab konteyner poyezdlari harakatini tashkil etish.

XXR va Qozogʻistonning tashkilotlari va idoralari bilan zarur ahdlashuvlarni tuzish

2018-yil

I chorak

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), TIV (Niyazxodjayev)

2.

Milliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning xorijiy bozorlardagi mahsuloti raqobatbardoshligini oshirish.

2.1. Bandar-Abbos portiga va undan keyin Janubiy, Janubiy Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okean mintaqasi mamlakatlariga chiqish uchun, Turkmaniston va Eron hududlari orqali;

Qora dengizdagi Poti, Botumi va Ilichevsk portlariga , Oʻrta yer dengizidagi Mersin portiga, undan keyin Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga, shuningdek, Marmara tunneli orqali YEI mamlakatlariga chiqish uchun Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali;

Boltiq dengizi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq portlariga chiqish uchun — Qozogʻiston va Rossiya hududlari orqali temir yoʻl transportida asosiy eksport yuklarini tranzit tashish chogʻida tarif preferensiyalari olish.

Daxldor mamlakatlarning temir yoʻl maʼmuriyatlariga murojaatnomalar yoʻllash.

Har yili IV chorak davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev),

TIV (Niyazxodjayev)

2.2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning veb-saytida yuklarni temir yoʻllarda tashish tariflari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish.

Vaqti-vaqti bilan yangilanib turadigan axborotni veb-saytda joylashtirish

Doimiy

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov)

2.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi PQ-2313-son “2015 — 2019-yillarda muhandislik kommunikatsiya va yoʻl-transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilishni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan loyihalarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda amalga oshirish, mazkur loyihalarda transport infratuzilmasini rivojlantirish va harakatlanadigan sostavni, shu jumladan mineral tashiydigan sostavlarni yangilash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tizimli monitoringni amalga oshirish

Doimiy

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov)

2.4. Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan boʻsh temir yoʻl konteynerlarini yana qaytadan yuklashni tashkillashtirish.

Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

2017-yil

II yarim yilligi

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Avtomobil transporti

3.

Oʻzbekiston tovarlarining tashqi bozorlarga va dunyo okeanlariga chiqishini taʼminlaydigan yoʻllar boʻyida joylashgan mamlakatlar bilan avtomobilda xalqaro yuklar tashish sohasida amaldagi bitimlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini tuzish.

3.1. Quyidagi shartnomalarning loyihalarini imzolash masalasini ishlab chiqish:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ispaniya Qirolligi Hukumati oʻrtasida avtomobilda xalqaro yuk tashish toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1994-yil 22-dekabrdagi xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Protokol;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransuz Respublikasi Hukumati oʻrtasida yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bitim.

Hujjatlarni imzolashga tayyorlash

2017-2018-yillar

OʻADTA (Shovaxobov),

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), TIV (Niyazxodjayev),

DBQ (Raimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimni (2017-yil 12-may Pekin shahri) Xitoy tomoni ratifikatsiya qilishni jadallashtirish boʻyicha siyosiy-diplomatik chora-tadbirlarni koʻrish.

Masalani ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlarni oʻtkazish davomida koʻrib chiqish

2018-yil

I chorak

TIV (Niyazxodjayev), OʻADTA (Shovaxobov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.3. Quyidagi xalqaro shartnomalarning loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Estoniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belgiya Qirolligi Hukumati oʻrtasida avtomobillarda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1993-yil 18-oktabrdagi xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Protokol.

Hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va ularni xorijiy tomon bilan kelishish

2017-2018-yillar

OʻADTA (Shovaxobov), TIV (Niyazxodjayev), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), DBQ (Raimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

SHHTga aʼzo davlatlarning avtomobilda xalqaro yuk tashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisidagi Bitimning amalda ijrosini taʼminlash.

4.1. Bitim doirasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha avtomobilda xalqaro yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarga kvotalarni taqsimlash mexanizmlarini ishlab chiqish.

SHHTning Qoʻshma komissiyasi ishida qatnashish

2018-2019-yillar

OʻADTA (Shovaxobov),

TIV (Niyazxodjayev), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), DBQ (Raimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

4.2. Bitimning birinchi ilovasida koʻrsatilgan 4-yoʻnalish “Urumchi-Xorgos XXR) /Korgos-Almati-Taraz-Shimkent-Konisbayeva (Qozogʻiston Respublikasi) /Chinoz (Oʻzbekiston Respublikasi)” yoʻnalishining ochilishi doirasida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida katta hajmdagi yuklarga ishlov berish va ularni tushirish va qaytadan ortib joʻnatish ishlarini amalga oshira oladigan xalqaro logistika markazini barpo etish.

Hukumat qarorini ishlab chiqish va tasdiqlash

2018-2019-yillar

Iqtisodiyot vazirligi (Asomov),
Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), DBQ (Raimov) manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashish toʻgʻrisidagi hamda ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari (SPS) haqidagi Bitimni (Jeneva, 1970-yil 1-sentabr) amalda ijrosini taʼminlash.

5.1 Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar mahkamasiga kiritish:

Oʻzbekistonning SPS Bitimida ishtirok etish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organi belgilash;

SPS Bitimi normalarini milliy huquqiy tizimga implementatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transporti bilan yuk tashish Qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish va kiritish

2018-yil

I chorak

OʻADTA (Shovaxabov),

DBQ(Raimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Avtomobil transporti va logistika sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, maʼmuriyatchilik gʻoyalarini bartaraf etish, qulay shart-sharoitlar yaratish.

6.1. Avtomobillarda xalqaro yuk tashish bilan band boʻlgan yuk tashuvchilarning rahbarlari uchun tegishli malaka talablariga muvofiqligi eʼtirof etilgan, attestatsiyadan oʻtkaziladigan shaxs attestatsiya varagʻining amal qilish muddatini besh yilgacha uzaytirish orqali avtomobilda yuk tashishlarni litsenziyatsiyasini soddalashtirish va optimallashtirish.

Ichki idoraviy normativ hujjatni ishlab chiqish va roʻyxatga olish

2018-yil

I chorak

OʻADTA (Shovaxobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Xalqaro avtotransport xizmatlari bozorida milliy yuk tashuvchilarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avtomobilda xalqaro yuk tashishning ruxsatnoma tizimini tartibga solish, umumfoydalaniladigan avtomobil yoʻllarining saqlanishini taʼminlash va ularning ekspluatatsiya holatini saqlab turish hamda yirik gabaritli va ogʻir yukli avtotransport vositalarining oʻtishlarini tartibga solish.

7.1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son “Xorijiy avtoyuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, boʻlish, tranziti va chiqib ketish tartibi toʻgʻrisida”gi hamda 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga, umumfoydalaniladigan yoʻllardan yirik gabaritli va ogʻir yukli avtotransport vositalarining oʻtishini qayta koʻrib chiqish, yigʻimlarni hisoblash va ularni undirish mexanizmini unifikatsiyalashni hisobga olgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish

2018-yil

I yarim yillik

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev),
OʻADTA (Shovaxobov), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Allabergenov), Ichki ishlar vazirligi (Ergashev), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev),
DBQ
(Raimov)

7.2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 204-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali yuk avtotransport vositalarining ekspluatatsiya muddatidan qatʼi nazar, milliy avtoyuk tashuvchilarga “Qamchiq” dovoni orqali avtomobillarda yuk tashishni amalga oshirishga ruxsat berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish

2018-yil

I chorak

ADTA (Shovaxobov), Ichki ishlar vazirligi (Ergashev), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev),
DBQ (Raimov), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Allabergenov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Mamlakat avtotransport yoʻlaklarining tranzit jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish.

8.1. Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranziti uchun undiriladigan yigʻimlar (yoʻl yigʻimlari) stavkalarini optimallashtirish (yoʻl yigʻimlari kilometrbay hisob-kitob tizimiga oʻtish masalasini koʻrib chiqish).

2018-2019-yillar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Allabergenov), Moliya vazirligi (Tursunov), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev),

ADTA (Shovaxabov), DBQ (Raimov)

8.2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi “Xorijiy avtotransport vositalarining kirishi, chiqishi va tranziti ustidan nazoratni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 274-son qarori bilan belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini Tojikiston Respublikasi bilan kesib oʻtadigan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirishi va tranziti uchun qoʻshimcha yigʻimni bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish

2018-yil

I chorak

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Allabergenov), OʻADTA (Shovaxabov), DBQ(Raimov),

Moliya vazirligi (Tursunov),
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev)

8.3. Respublikaning xalqaro avtomagistrallari boʻylab joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini YEVRO-4 va undan yuqori talablarga mos keladigan yoqilgʻi bilan taʼminlash (ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yoki import hisobiga yetkazib berish).

“Yoʻl xaritasi” chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2018 yil

I chorak

“Oʻzbekneftgaz” AJ (Tlaganov),
Iqtisodiyot vazirligi (Asomov)

9.

Oʻzbekiston Respublikasida avtomobillarda xalqaro yuk tashishni rivojlantirish dasturini qabul qilish, dasturda, shu jumladan milliy avtoyuk tashuvchilar parkini yangilash va modernizatsiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.

9.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining milliy avtoyuk tashuvchilarning koʻp yuk ortiladigan avtotransport vositalari parkini yangilashning maqsadli parametrlari tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish

2018-yil

I chorak

OʻADTA (Shovaxobov), Iqtisodiyot vazirligi (Asomov),
DBQ (Raimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Oʻtish punktlarining faoliyat sharoitlarini takomillashtirish va yoʻl boʻyi infratuzilmasi va servisini rivojlantirish.

10.1. Oʻtish punktlarining oʻtkazish qobiliyatini oshirish va ularning faoliyat sharoitlarini takomillashtirish, shu jumladan ularni avtotransport vositalarining vazn-gabarit parametrlarini (oʻqlari boʻyicha alohida-alohida oʻlchash imkoniyati bilan) aniqlovchi zamonaviy oʻlchov asboblari bilan qoʻshimcha jihozlash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2018-2019-yillarga chora-tadbirlar rejasi — “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilish

2018 yil

I chorak

DBQ (Raimov), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yoʻl jamgʻarmasi (Allabergenov), Moliya vazirligi (Tursunov),

Iqtisodiyot vazirligi (Asomov)

10.2. Xorijiy yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirishi va tranzit oʻtishi bilan bogʻliq kompleks masalalarni hal etish uchun “Olot” (Buxoro viloyati) “Doʻstlik” (Andijon viloyati), “Dovut ota” (Qoraqalpogʻiston Res�ublikasi) bojxona postlariga bevosita yaqin joylarda ularni vaqtincha joylashtirish uchun erkin avtoturargohlar (TIR-parklar) tashkil etish.

2018-2019-yillarga chora-tadbirlar rejasi — “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilish

2018-yil

I chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev),

Andijon (Abduraxmonov) va Buxoro (Barnoyev) viloyati hokimliklari, OʻADTA (Shovaxobov), OʻAXYUTA (Dalilov), DBQ (Raimov), Ichki ishlar vazirligi (Tursunov),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (roqov) Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev)

10.3. Yuk avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish uchun avtomobillarga yoqilgʻi quyish yangi stansiyalarini qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, asosiy trassalar boʻylab motellar tarmogʻini barpo etish.

2018-2019-yillarga chora-tadbirlar rejasi — “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish

2018-yil 1 chorak

“OʻzbekneftgazAJ (Tlaganov),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (roqov), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (Abduvaliyev), Moliya vazirligi (Tursunov),
Iqtisodiyot vazirligi (Asomov)

11.

Hududida Oʻzbekistonning avtomobilda yuk tashuvchilariga nisbatan kamsituvchi sharoitlar amal qilayotgan davlatlarning xorijiy avtotransport vositalariga nisbatan aynan bir xil tegishli choralar koʻrish.

11.1. Qozogʻiston tomoni bilan quyidagilarni qayta koʻrib chiqish va unifikatsiyalash masalalarini ishlab chiqish:

Qozogʻistonda qoʻllaniladigan mashina oʻqiga yoʻl qoʻyiladigan ogʻirlik tushish normalari;

ikkala mamlakat hududlariga yuk avtotransport vositalarini vaqtincha olib kirish muddatlari.

Hukumatlararo komissiya majlislarini oʻtkazish davomida muzokaralarni tashkillashtirish, masalalarni koʻrib chiqish

2018-yil

I chorak

ADTA (Shovaxobov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev),
DBQ (Raimov), TIV (Niyazxodjayev) va boshqa daxldor vazirlik va idoralar

Aviatransport

12.

Yuklarni aviatransportda tashishni yanada rivojlantirish choralari amalga oshirilishini taʼminlash.

12.1. “Navoiy Xalqaro intermodal logistika markazining yuk aylanishi hajmlarini va uning quvvatlaridan foydalanish samaradorligini quyidagi yoʻllar bilan oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish:

Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya), Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari (XXR, Vyetnam)da yuk tashishning yoʻnalishli tarmoqlarini kengaytirish va xalqaro yuk tashish bozorlariga kirib borish; “Navoiy XILM”ni xalqaro transport xizmatlari bozorida olgʻa surish;

Oʻzbekiston eksporterlarining yuklarini aviatsiya transportida tashishni tashkil etishda moslashuvchan tarif siyosatini oʻtkazish.

Peshqadam xalqaro aviakompaniyalari bilan bitimlar tuzish, yuk tashishning multimodal sxemalarini rivojlantirish. Axborotni, shu jumladan diplomatik kanallar orqali tarqatish. Taqdimotlar oʻtkazish. Tariflarni pasaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

2017 — 2022-yillar

doimiy

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Rozuqulov), Iqtisodiyot vazirligi (Asomov), TIV (Niyazxodjayev), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev)

12.2. Keyinchalik tayyor mahsulotdan oʻz ehtiyojlari uchun foydalangan holda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan aviatsiya kerosinini bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilish toʻgʻrisidagi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Aviakerosinning yetkazib berishning idoralararo jadvalini tuzish va tasdiqlash

2018-yil

I chorak

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Rozuqulov), “Oʻzbekneftgaz” AJ (Tulyaganov), Iqtisodiyot vazirligi (Asomov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Tursunov)

12.3. Oʻzbekiston Respublikasining aeroportlari oʻrtasidagi tranzit aviayuklarining bojxona kuzatuvini tashkil etishda bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish.

Kuzatuvni bojxona toʻlovlaridan ozod qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish

2017-yil

IV chorak

DBQ (Raimov), “Oʻzbekiston havo yllariMAK (Rozuqulov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev)

12.4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK veb-saytida yuklarni havo transportida tashish tariflari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish.

Veb-saytda vaqti-vaqti bilan yangilanib turadigan axborotni joylashtirish

Doimiy

“Oʻzbekiston havo yllari”MAK (Rozuqulov)

12.5. Milliy aviakompaniya ehtiyojlari uchun yangi havo kemalarini sotib olish.

Shartnomalar tuzish

2018 — 2022-yillar

“Oʻzbekiston havo yllari” MAK (Rozuqulov)

Transport infratuzilmasi

13.

Respublikaning tashqi savdo yuklarini transportda tashish qiymati va logistikasini optimallashtirish uchun yaqin atrofdagi mamlakatlarning dengiz va quruqlikdagi portlari (xablari)dan samarali foydalanish sharoitlarini shakllantirish.

13.1. Sherik mamlakatlarda dengiz va quruqlikdagi portlar (xablar)ning imkoniyatlari va ehtiyojlarini, shuningdek, yangilarini tashkil etish istiqbollarini belgilash;

tashqi savdo yuklarini tashishda transport infratuzilmasidan foydalanish boʻyicha transport idoralarining maʼmuriyatlari oʻrtasida ikki tomonlama bitimlar tuzish;

xorijda terminallar, omborxonalar hamda transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini xarid qilish, ijaraga olish yoki barpo etish imkoniyatlarini oʻrganish.

Hukumatlararo komissiya majlislarini oʻtkazish davomida joylarga chiqib muzokaralarni tashkillashtirish va masalalarni koʻrib chiqish

2017-yil IV chorak —

2018-yil

I yarim yilligi

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), “Oʻzbekiston temir yllariAJ (Shukurov),

Iqtisodiyot vazirligi (Asomov),
TIV (Niyazxodjayev), boshqa vazirlik va idoralar

14.

Transport infratuzilmasini yaxshilash.

14.1. Toʻla hajmdagi bojxona xizmatlarini koʻrsatgan holda, xalqaro yuk tashishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha (Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida) xalqaro multimodal transport-logistika markazlari tarmogʻini yaratish.

2018-2019-yillarga chora-tadbirlar rejasi — “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish

2018-yil

I chorak

Iqtisodiyot vazirligi (Asomov),

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), OʻADTA Shovaxobov), DBQ (Raimov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov)

14.2. Surxondaryo viloyatidagi “Termiz Kargo markaz” Xalqaro logistika markazida zamonaviy tashkillashtirish va boshqarish metodlarini joriy etish, xalqaro yuklarning qoʻshimcha hajmlarini jalb etish.

2018-2019-yillarga chora-tadbirlar rejasi — “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish

2018-yil

I chorak

Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), OʻADTA (Shovaxobov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Shukurov), DBQ (Raimov),
TIV (Niyazxodjayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash boʻyicha Kompleks dastur bajarilishining doimiy monitoringini taʼminlashga oid ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvining raisi, Ishchi guruh rahbari

2.

J.A. Xodjayev

Tashqi savdo vaziri, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

I.R. Mahkamov

Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ADT mudiri

4.

D.D. Asomov

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

5.

S.P. Niyazxodjayev

tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

6.

Yo.E. Tursunov

moliya vazirining oʻrinbosari

7.

P.M. Ergashev

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

8.

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasining birinchi oʻrinbosari

9.

U.U. Rozuqulov

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

10.

A.S. Shukurov

“Oʻzbekiston temir yllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

11.

Sh.Sh. Shovaxobov

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari

12.

A.A. Abduvaliyev

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi

13.

M.A. Allabergenov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining ijrochi direktori

14.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

15.

Sh.K. Toʻlaganov

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari

16.

K.N. Toʻlaganov

qurilish vazirining oʻrinbosari

17.

A. Saloxitdinov

Tashqi savdo vazirligining transport salohiyati, logistika va transport yoʻlaklarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 07/17/3422/0349-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 08.06.2019-y., 07/19/4353/3257-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son)