05.09.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 24-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida abadiy doʻstlik toʻgʻrisida Shartnomaga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni keng qamrovli rivojlantirish zaruriyatini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikning dolzarb masalalarini mahalliy darajada tezkor hal qilishda hamda tarixan shakllangan aloqalarni chuqurlashtirishda mintaqalararo hamkorlikning amaliy ahamiyati va salohiyatini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida faoliyatning turli sohalarida hamkorlikni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rivojlanayotgan aloqalarini faollashtirishga qodir boʻlgan mintaqalararo hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va huquqiy asoslarini mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga hamda davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, aholi bandligiga koʻmaklashish, turizm va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida, shuningdek oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli boʻlgan mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hamkorlikning dolzarb masalalarini mahalliy darajada oʻz vaqtida hal etish uchun Tomonlar davlatlarining mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlari vakillari ishtirokida chegara oldi mintaqalari rahbarlarining uchrashuvlarini har chorakda va navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasida oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mintaqalar” — Oʻzbekiston tomonidan: Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari; Qirgʻiziston tomonidan: Qirgʻiziston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organlar” — Tomonlar davlatlarining mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish boʻyicha mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish sohasida vakolat berilgan hokimiyat organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitimni amalga tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan qoʻshma tadbirlar rejalari, harakat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo hamkorlikning joriy holati hamda uni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qilish boʻyicha zaruriyat boʻlganda qoʻshma ishchi guruhlar tuzadilar va muntazam maslahatlashuvlar mexanizmini yoʻlga qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mintaqalarning korxona va tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli savdo va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirishga koʻmaklashadilar. Mazkur maqsadlarda ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar oʻrtasida bevosita aloqalarni oʻrnatish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, tovar va xizmatlar yetkazib berish boʻyicha oʻzaro manfaatli kontraktlar tuzishda tadbirkorlik tuzilmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida uchrashuvlar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mintaqalarini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlari saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlari qonunchiligidagi oʻzgarishlar va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida bir-birlarini muntazam xabardor qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdoni tashkil etishda vujudga kelayotgan qiyinchiliklarni oʻz vakolatlari doirasida birgalikda tahlil qiladilar va tegishli takliflar ishlab chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari korxonalarining savdo uylarini tashkil etishda koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mintaqalar oʻrtasida bevosita turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar ishbilarmonlik faolligini oshirish va mintaqaga turistik oqimni koʻpaytirish maqsadida transport qatnovini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida kasb aloqalarining rivojlanishiga hamda ularning oldilarida turgan vazifalarni hal qilish uchun mintaqalarda tajriba almashish va tarqatishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar shaharsozlik hamda ulkan shaharsozlik loyihalarini rejalashtirish va moliyalashtirish amaliyoti boʻyicha axborot almashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarida hamkorlik qiladilar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarish sohasida ilgʻor tajribani joriy etishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar suv va energiya taʼminoti, oqindi suvlarni tozalash, xoʻjalik va sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish sohalarida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar yaxshiroq tushunish, hamkorlik va doʻstlikni mustahkamlashga erishish uchun tarix va madaniyat bilan oʻzaro tanishish maqsadida turli darajalarda muntazam aloqalarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar mintaqalarning ijtimoiy-madaniy va xoʻjalik-iqtisodiy hayotini ommaviy axborot vositalarida xolisona yoritishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar millatlararo muomala, dinlararo va madaniyatlararo muloqot, shuningdek etnik-madaniy rivojlanish madaniyatini mustahkamlash sohasida mintaqalar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda vujudga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvga muvofiq mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan hamda mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitim 11-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiruvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi tegishli yozma xabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi u amal qilgan paytda bajarilishi boshlangan va uning amal qilishi tugatilgunga qadar bajarilmagan loyihalar boʻyicha Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bishkek shahrida 2017-yil 5-sentabrda har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)