24.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat tarixi, madaniyati, tili va anʼanalari yaqinligiga asoslangan doʻstlik va oʻzaro tushunish ruhidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur bazani yaratishga tayyorlikni ifoda etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlari yetishgan daraja bilan qoniqishni ifoda etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Nizomi, Xelsinki Yakunlovchi akti va EXHT doirasida qabul qilingan boshqa hujjatlarning prinsiplari va maqsadlariga sodiqliklarini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakatning Umumiy iqtisodiy fazo doirasida iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish, uning kelgusi rivoji uchun qulay sharoit yaratish, mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatish zarur deb hisoblab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular oʻrtasidagi mavjud doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini kelgusida rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birodar va doʻst davlatlar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻz munosabatlarini hamkorlik va oʻzaro ishonch asosida quradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar munosabatlarni bir-birining mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va ikki davlatning chegaralari buzilmasligini, ichki ishlarga aralashmaslik, teng huquqlilik va oʻzaro foyda prinsiplarini hurmat qilish asosida faol rivojlantirish qatʼiyatini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududlaridan boshqa Yuqori Ahdlashuvchi Tomonga qarshi harbiy agressiya yoki dushmanlik faoliyati maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fikricha uchinchi davlatlar tomonidan harbiy hujum xavfini tugʻdiruvchi vaziyat yuzaga kelgan holda Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ham ikki tomonlama asosda, ham ular ishtirokchilari boʻlgan xalqaro tashkilotlar doirasida bu vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga koʻmaklashuvchi choralarni koʻrish maqsadida zudlik bilan tegishli maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar har tomonlama, birinchi navbatda, mustaqillik va suverenitetga, hududiy yaxlitlik va mustaqil siyosat yuritishga tahdidning oldini olish masalalarida qoʻllab quvvatlab, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar harbiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshira boradilar va ular oʻrtasida tuzilayotgan harbiy masalalar boʻyicha bitimlarni yanada samarali tatbiq etish uchun zarur choralarni koʻradilar, zarur hollarda ularni yangilaydilar, shuningdek yangilarini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama munosabatlarni barqaror rivojlantirishni taʼminlash, xalqaro mintaqaviy muammolar boʻyicha fikr almashish maqsadida Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashishlar davomida Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar Tomonlarning umumiy manfaatlariga daxldor boʻlgan mintaqaviy va global masalalar boʻyicha ular Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlarda koʻrilganida nuqtai-nazarlarini kelishtirish uchun harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar BMT potensialidan imkoni boricha foydalanish maqsadida hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar. Shu maqsadda Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar BMTning tinchlik va boshqa sohalardagi rolini mustahkamlash uchun butun kuchini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy, savdo munosabatlarini, fan, madaniyat, texnologiya va atrof-muhit sohasidagi aloqalarni keng asosda va uzoq muddatli istiqbollarni va eng qulay sharoitlarni hisobga olgan holda rivojlantirish zarurligi toʻgʻrisida ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala mamlakat oʻrtasida tovarlar, xizmatlar va kapitalning keng va samarali koʻchishiga asta-sekin oʻtish uchun zarur yuridik, iqtisodiy, moliyaviy va savdo shart-sharoitlarni yaratadilar. Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar hamkorlikni, birinchi navbatda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm, aloqa va telekommunikatsiyalar, energetika, atrof-muhit sohalarida mustahkamlaydilar, shuningdek ishchi kuchidan samarali foydalanish imkoniyatlarini oʻrganib chiqadilar. Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining mamlakatlariga yoki uchinchi mamlakatlarga qoʻshma ikki tomonlama va koʻp tomonlama sarmoya loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydilar. Bu borada Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar eng qulay sharoitlarda moliyalashtirishni taʼminlash uchun butun kuchini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy sohalardagi muntazam maslahatlashishlarni, axbor va tajriba almashishni ragʻbatlantiradilar, shuningdek ikkala mamlakatning bu sohadagi potensiali bilan yaqindan tanishish va uni ishlatish maqsadida barcha darajalarda aloqalarni kengaytirishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar qoʻshma moliya-sanoat gruppalarini, xolding va lizing kompaniyalarini tashkil etish boʻyicha choralarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini tan oladilar. Ular ishlab chiqarish, sarmoya, bank va tijorat sohalarida milliy kapitallar hamkorligining ilgʻor shakllarini rivojlantirishga koʻmaklashadilar, oʻzaro sarmoyalar uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq, oʻz hududidagi boshqa Yuqori Ahdlashuvchi Tomonning jismoniy va yuridik shaxslari uchun tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati uchun, shu bilan birga qoʻshma moliyaviy-sanoat gruppalari va boshqa tashkilotlar tuzishi uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantiradilar va shu maqsadda tuzilgan bitimlar asosida ularning himoyasini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Yuqori Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Yuqori Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan davlat mulki, fuqarolari va yuridik shaxslari mulkining huquqiy rejimi, mulk joylashgan joydagi Yuqori Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan tartibga solinadi, agar Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi boshqa bitimlarda oʻzgacha holat koʻrsatilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, tovarlar va xizmatlar tranziti sohasidagi hamkorlikni qulay va oʻzaro foydali shartlarda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar transosiyo temir yoʻl va avtomobil magistrallarini shakllantirishda, hamda tranzit tashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ularning iqtisodiy potensiallaridan foydalanish zarurligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala mamlakat madaniyat va taʼlim muassasalari oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlikni, shuningdek mutaxassislar almashishni ragʻbatlantiradilar. Har bir Yuqori Ahdlashuvchi Tomon oʻzining fuqarolari uchun boshqa Yuqori Ahdlashuvchi Tomonning tili, madaniyati, sanʼat asarlari, adabiyoti va matbuotini oʻrganishga keng imkoniyatlarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar aholi sogʻligʻini muhofaza qilish, meditsina fanini va amaliyotini rivojlantirish, uning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash ishida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar bir Tomonning noyob va maxsus meditsina sogʻlomlashtirish muassasalariga boshqa Tomon fuqaroning davolanish va maslahat yordami olish uchun kirish va ulardan foydalanish huquqlarini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ekologik xavfsizlikni taʼminlashda bu sohadagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga muvofiq harakat qilib, ustunlik ahamiyatini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni ifloslantirishining oldini olish va tabiatdan foydalanishning ratsionalligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradilar. Ular maxsus birgalikdagi tabiatni qoʻriqlash dastur va loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ekologik ofatlarda va aholi yashash faoliyati uchun xavf tugʻdiradigan tabiiy hodisalarda boshqa Tomonga zudlik bilan yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash mintaqa mamlakatlarining farovonligi va xavfsizligiga koʻmaklashadi deb ishongan Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar mintaqaviy hamkorlikni, birinchi navbatda Markaziy Osiyoda, kengaytirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar mintaqaviy hamkorlikni biror-bir, jumladan siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy majburlashsiz yoʻlga qoʻyish zarurligi toʻgʻrisida bir fikrga keldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro shartlarda bir-birlarining diplomatik, konsullik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalarining faoliyatini imkoni boricha yengillashtiradilar. Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan tadbirkorlar, jurnalistlar va mutaxassislarning ishlashi va yashashi uchun tegishli sharoitlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, mahalliy hokimiyat organlari vakillari oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlik ikki tomonlama aloqalarga yangi koʻlam va mazmun beradi deb ishongan Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar bunday hamkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar chegara hududida yashovchilar oʻrtasidagi aloqalarni keyinchalik ham kengayib borishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Tomonning hududida yashayotgan grajdanlarga milliy kelib chiqishi, diniy qarashi va boshqa farqlardan qatʼi nazar, inson huquqlari toʻgʻrisidagi umumqabul etilgan xalqaro huquqlarga muvofiq ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquq va ozodliklarni kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar Qirgʻiziston Respublikasi hududida yashovchi oʻzbeklarning va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi qirgʻizlarning milliy madaniyatlari va tillarini rivojlantirish va saqlashdagi huquqlarini taʼminlaydilar va bu sohadagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro terrorizmga, uyushtirilgan jinoyatchilikka, quro-yarogʻ, narkotik moddalar, madaniyat va sanʼat yodgorliklarini kontrabanda qilish va kontrabandaning boshqa turlariga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar. Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga qonunsiz aralashish bilan bogʻliq boʻlgan mojarolarni xalqaro bitimlar bilan aniqlangan prinsiplar asosida tartibga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma uchinchi davlatlarga qarshi qaratilgan emas va Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa davlatlar bilan tuzgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalaridan kelib chiqadigan biror-bir huquq va majburiyatlariga hech qanday shaklda daxldor emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma kuchga kirganidan soʻng Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlarda 1992-yil 29-sentabrda imzolangan Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Nizomining 102-moddasiga muvofiq ushbu Shartnoma BMT kotibiyatida qayd qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaning qoidalarini tatbiq etish maqsadida alohida bitimlar imzolashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuv boʻyicha Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaga tegishli protokollar bilan rasmiylashtiriladigan toʻldirishlar va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻldirishlar va oʻzgartirishlar ularni ikkala Tomon ratifikatsiya qilganidan soʻng kuchga kiradi va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar zarur holatlarda ushbu Shartnomaning qoidalarini sharhlash va qoʻllash masalalari boʻyicha maslahat va muzokaralar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish kunidan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma noaniq muddatga tuziladi va Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Shartnomaning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmagunicha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarda boshqa Yuqori Ahdlashuvchi Tomondan shunday xabarni olgandan olti oy soʻngra ushbu Shartnoma oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1996-yil 24-dekabrda oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, qaysiki hamma matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Shartnoma qoidalarini sharhlash maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)