21.11.2017 yildagi PQ-3399-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirishni davom ettirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, energiyani tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etgan holda Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimini modernizatsiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 28-noyabrdagi PP-2078-sonli qarori ushbu loyihani 2016-yilda nihoyasiga yetkazish muddati belgilanib, qabul qilingan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga 2014 — 2016-yillar davrida Toshkent shahri hokimligi, Toshkent shahar hokimligining Investitsiyalar departamenti va “Toshshaharnur” DUK huzuridagi Loyihani amalga oshirish guruhi rahbariyatining beeʼtibor munosabati natijasida loyihani amalga oshirishda tender savdolarini oʻtkazish muddatlarini hamda maslahat xizmatlari koʻrsatish uchun xalqaro maslahatchini belgilashda qoloqlikka yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga koʻra Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimida 116 083 ta simobli yoritish asboblarini va 1546 ta elektr taʼminot shkaflarini almashtirish loyihaning asosiy komponenti hisoblanadi, Islom taraqqiyot bankining talablariga koʻra ularni xarid qilish xalqaro maslahatchi tomonidan boshqariladi. Xalqaro maslahatchi 2014-yilning noyabrida tanlab olindi, kontrakt boʻyicha ekspertiza xulosasi faqat 2015-yilning aprelida berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Republikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PP-2343-sonli qarori asosida 2015-yilning iyul oyidan boshlab tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga metall galogenli yoritish asboblarini nur-diod texnologiyalari qoʻllaniladigan energiya samaradorligi yukoriroq boʻlgan yoritqichlarga almashtirish qismida tuzatishlar kiritish jarayoni boshlandi. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning tuzatishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-sentabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq elektr yoritish asboblarini yetkazib beruvchilarni tanlash jarayoni 2016-yilning 13-oktabrida boshlandi va Idoralararo tender komissiyasining hisoboti Islom taraqqiyot banki tomonidan maʼqullangandan soʻng 2017-yilning 28-martida “Toshelektroapparat” MCHJ xorijiy kompaniyasi (XK) tender savdolari gʻolibi deb topildi va 2017-yilning 26-aprelida u bilan shartnoma tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan qoloqlik, yoritish asboblarining xalqaro maslahatchisi va yetkazib beruvchisini tanlashni boshlash boʻyicha belgilangan muddatlar barbod etilganligi munosabati bilan Toshket shahar hokimligi Investitsiyalar departamenti rahbari S.S. Nasretdinov va Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari O.X. Fozilbekov egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbik qilish” loyihasini Islom taraqkiyot banki ishtirokida amalga oshirishni jadallashtirish maksadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall galogenli yoritish asboblaridan nur-diod yoritkichlariga oʻtilishini hisobga olgan holda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha)ning tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iktisodiy parametrlari bilan tasdiqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatishlar kiritilgan loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi ekvivalentda 34,2 million AQSH dollarini, shulardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar tarzidagi 15,8 million AQSH dollarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan xalqaro tender savdolarining natijalariga koʻra, “Toshelektroapparat” MCHJ XK tender savdolari gʻolibi deb topildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2018-yillar loyihani amalga oshirish davri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, “Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida “Toshelektroapparat” MCHJ XK tomonidan olib kelinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, uskunalar, texnologik jihozlar roʻyxati 2019-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashkari) ozod qilingan holda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 1-ilovada* koʻrsatilgan va “Toshelektroapparat” MCHJ XK tomonidan olib kelinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, uskunalar, texnologik jihozlar respublikamizda ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisida bergan xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq “Toshelektroapparat” MCHJ XK tomonidan olib kelinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, uskunalar, texnologik jihozlar maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelinadigan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq qilish” loyihasini Islom tarakkiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 28-noyabrdagi PP-2078- sonli qaroriga 2-ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3399-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 07/17/3399/0283-son)