08.09.2016 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahri koʻchalarni yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish” loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiyani tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni joriy etgan holda Toshkent shahri koʻchalarni yoritish tizimini modernizatsiyalash boʻyicha Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari kompleksini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-noyabrdagi PQ-2078-son qaroriga muvofiq Toshkent shahri hokimligi tomonidan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish” loyihasi amalga oshirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallogalogenli lampalari boʻlgan yoritish priborlaridan svetodiodli yoritqichlarga oʻtilishini hisobga olgan holda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobiga tuzatishlar kiritilganligi, loyiha amalga oshirilgan taqdirda bu Toshkent shahri koʻchalarni yoritish tizimida elektr energiyasi isteʼmolini uning amaldagi isteʼmolining 70 foizigacha qoʻshimcha ravishda kamaytirishni taʼminlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahri koʻchalarni yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish” loyihasining tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahri koʻchalarni yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot banki moliyaviy mablagʻlarini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 - 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahri hokimligi, “Toshshaharnur” DUK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihani amalga oshirishning bosqichli tarmoq jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tender hujjatlari ishlab chiqilishini tugallasinlar va uni vakolatli organlar bilan belgilangan tartibda kelishsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kommunal sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi (B.I. Zakirov) “Toshkent shahri koʻchalarni yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish” loyihasini amalga oshirish doirasida tender savdolarining belgilangan tartibda oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini tashkil etsin, svetodiodli texnologiyalar, zarur uskunalar va materiallar negizida tashqi yoritish uchun yoritish priborlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining maksimal ishtirokini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahri hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 427-modda)