13.11.2017 yildagi PQ-3384-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi F-4979-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini yanada joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) tomonidan “Sagemcom” (Fransiya Respublikasi), “Elster GmbN” (Germaniya Federativ Respublikasi), “Landis & Gyr” (Shveysariya Konfederatsiyasi) kompaniyalari va “Toshelectroapparat” MCHJ XK (Oʻzbekiston Respublikasi) bilan Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi komissiyaning Loyiha doirasida dastlab 2 million dona elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy taʼminot, qoʻshimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalarni (keyingi oʻrinlarda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalar deb yuritiladi) “Toshelectroapparat” MCHJ XKdan istisno tariqasida tender savdolarini oʻtkazmasdan xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Ishchi komissiyasining qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Loyiha doirasida hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni mazkur qarorning 14-bandiga muvofiq ularni respublikada ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgunga kadar ushbu bandda koʻrsatilgan ishlab chiqaruvchilardan qoʻshimcha xarid qilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi komissiya (J.A. Qoʻchqorov) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha boʻyicha “Toshelectroapparat” MCHJ XK bilan yakuniy muzokaralar oʻtkazilishi va kontraktlar (keyingi oʻrinlarda kontraktlar deb yuritiladi) tuzilishini tashkil etsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi muzokaralar yakuniga qadar Loyiha doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish uskunalarining turlariga nisbatan texnik talablarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tuziladigan kontraktlarni, shu jumladan hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalar, xizmatlarning qiymatini ishlab chiqaruvchilarning aynan shunday loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tajribasi va ishchanlik obroʻ-eʼtiboriga alohida eʼtibor qaratgan holda har tomonlama ekspertizadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyiha doirasida kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) “Oʻzsanoatkurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 5 yillik imtiyozli davr va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz marjasini oʻz ichiga olgan yillik stavkasi 2 foiz boʻlgan 10 yil muddatga ajratiladigan mablagʻlar — kontraktlar boʻyicha hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni, shuningdek, xizmatlarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mablagʻlari — qurilish-montaj ishlarini, mahalliy tovarlar va xizmatlarni xarid qilishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida hisobga olish uskunalarini oʻrnatishda keyinchalik ularni davlat koʻrigidan oʻtkazgan holda sertifikatsiya ishlarini olib borish belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish uskunalarini oʻrnatishda plombalash “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish uskunalarining davlat koʻrigi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan xar 10 yilda amalga oshiriladi. Bunda hisobga olish uskunalarini davlat koʻrigiga topshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan taʼminlanadi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchidan davlat koʻrigidan, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlarni oʻtkazish uchun yechib olingan hisobga olish uskunasining oʻrniga zudlik bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari hisobidan boshqa koʻrikdan oʻtgan hisobga olish uskunasi oʻrnatiladi.
(6-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Loyihani amalga oshirish uchun beriladigan Jamgʻarma kreditlari boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB oldidagi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda davlat kafolatlarini berish vakolati berilsin. Bunda davlat kafolatlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kreditlarni qoplash davrida ularning pul mablagʻlarini boshqarish huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirish orqali beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma, “Oʻzsanoatkurilishbank” ATB, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanguniga kadar kontraktlar doirasida tovarlarning xaridini va bajariladigan ishlarni 2018-yil 1-fevralga kadar moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2019-y., 07/19/4189/2609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Byuro bilan birgalikda bir oy muddatda elektr uzatish liniyalari va gaz quvurlarini modernizatsiya qilish boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini, elektr taʼminoti infratuzilmasining amaldagi holatini, shaharlar va viloyatlar markazlarining ustuvorligini inobatga olgan holda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni oʻrnatish jadvalini tasdiqlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika hududiga Loyihaning texnik parametrlariga mos kelmaydigan hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni olib kirish va oʻrnatish taqiqlansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda yaratiladigan Kommunal xizmatlar yagona billing tizimining Loyiha doirasida oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar bilan mosligini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Oʻzeltexsanoat” AK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy kompaniya ishtirokida, shu jumladan “Oʻzeltexsanoat” AK korxonalarini kooperatsiya asosida jalb etgan holda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni ishlab chiqarishni, shuningdek, Loyihani texnik koʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Loyiha va kontraktlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buyurtmalari boʻyicha:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(16-bandning exinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Loyihaning toʻliq va oʻz muddatida amalga oshirilishi, shu jumladan tasdiqlanadigan loyiha parametrlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbari U.M. Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2907-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3060-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3384-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 14.02.2019-y., 07/19/4189/2609-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)