Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qayd etib oʻtilsinki, keyingi yillarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini vujudga keltirish, jumladan ularning faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam normativ-huquqiy bazani shakllantirish, erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish imkonini beradigan soliq, bojxona imtiyozlari va yengilliklarining keng tizimini yaratish borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishda jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjudki, ular shunday zonalarni rivojlantirishga va samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli qarori bilan tashkil qilingan Maxsus idoralararo komissiya tomonidan joylarga chiqib oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:
birinchidan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashtirish uchun loyihalarni tanlashning aniq mezonlari mavjud emas. Investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda yangidan tashkil etilayotgan ish oʻrinlari soni, salohiyatli xorijiy sherik va investor-mamlakatning mavjudligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorlarda talab qilinishi, eksport hajmi, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi hisobga olinmayapti;
ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish va amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini kelishib olish va maʼqullash mexanizmi amalda haddan tashqari murakkab byurokratizmga uchragan, bu esa mazkur loyihalar boʻyicha qarorlar qabul qilishni qoʻp oylarga choʻzib yubormoqda;
uchinchidan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini oʻz vaqtida barpo etish masalalariga yetarlicha eʼtibor berilmayapti;
toʻrtinchidan, taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining ishonchli moliyaviy manbalar, shu jumladan, mahalliy va xorijiy kredit resurslari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga ishonchli taʼminlanishi mufassal ishlab chiqilmagan. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalariga biriktirilgan tijorat banklari ushbu muammolarni hal etishda sust ishtirok etmoqdalar;
beshinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotiladigan xomashyo resurslarini zarur hajmda sotib olishda kattagina qiyinchiliklarga duch kelmoqda;
oltinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning hududida foydalanishga topshirilgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan nihoyatda samarasiz foydalanilmoqda, buning oqibatida ishlab chiqarish va eksport hajmlari hamda ish joylari soni tasdiqlangan biznes-rejalar parametrlariga muvofiq kelmaydi;
yettinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tashkil qilingan hududiy komissiyalar tomonidan joylarda yuzaga keluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirishning taʼsirchan mexanizmi mavjud emas.
Mana shularning hammasi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashtiriladigan investitsiya loyihalarini tanlab olish, yer maydonlari ajratib berish tartibi, xomashyo va materiallardan foydalanishni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga kredit resurslari ajratishning prinsipial yangi tizimi yaratilishini taqozo etadi.
Tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatdosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini taʼminlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun gʻoyat qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, shuningdek, respublika mintaqalarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, buning asosida yangi ish joylarini tashkillashtirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. 2017-yilning 1-dekabridan boshlab erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini boshqarish hamda ular faoliyatini tashkil etishning yangi tizimi joriy etilsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
a) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tashkil qilingan hududiy komissiyalar 1-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar) etib qayta tashkil qilinsin, quyidagilar ularning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli hududda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarini shakllantirish hamda ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish va ularni kichik sanoat zonalarida joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi funksiyalarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga yer maydonlari taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat mulki boʻlgan ishlamayotgan korxonalar va boʻsh yotgan mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash toʻgʻrisida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zonalar hududlarining chegaralarini aniqlashtirish va yangi kichik sanoat zonalari barpo etish boʻyicha takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi tugatilgan holda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil qilinsin, ularning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari hamda direksiyalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining faoliyat yuritishi va ularni rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi borasidagi faoliyatini aniq-puxta muvofiqlashtirishni, ular tomonidan byurokratizm va sansalorlik faktlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tezkor choralar koʻrish, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralari koʻrish yuzasidan takliflar kiritish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatining barcha tashkiliy masalalari, xorijiy investorlardan tushayotgan istiqbolli takliflar, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirish tavsiya etilayotgan, Respublika kengashiga taqdim etilgan aniq loyiha takliflarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha kelishilgan qarorlar qabul qilish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyat yuritishi, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish uchun yana ham koʻproq qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;
loyihalarni amalga oshirish, jumladan, loyiha ishlanmasi va loyihalarni amalga oshirish, obyektlarni ishga tushirish va pirovard maqsadlarga erishishning butun sikli davomida uni sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishiga toʻsqinlik qiluvchi sabablarni aniqlagan holda, erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, shuningdek, yuzaga kelayotgan masalalar va muammolarni hal etishda ularga amaliy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini qabul qilgan holda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatining samaradorligini doimiy monitoring qilib borish;
erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi faoliyati ustidan amaliy nazorat oʻrnatish, maʼqullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida direksiya rahbarlarining muntazam hisobotlarini tinglab borish, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari direksiyalarining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini taʼminlamagan rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralari koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
maʼmuriy kengashlar yoki vakolatli organlarning asosli takliflari boʻyicha erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki undan mahrum qilish;
yangi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari barpo etish hamda ishlab turganlarining chegaralarini oʻzgartirish masalalarini kelishib olish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida qiymati 5,0 million AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan maʼmuriy kengashlarning qarorlarini kelishib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar belgilansin:
maʼmuriy kengashlar oʻzlarining vakolatiga kiritilgan qarorlarni qabul qilishda mustaqildirlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining ishchi organlari hisoblanadi;
erkin iqtisodiy zonalar hududida birinchi navbatda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan taqdim etiladigan roʻyxatlarga binoan eng avvalo bandlikka muhtojlarni ish bilan taʼminlagan holda yangi ish joylarini vujudga keltirib, mahalliylashtirish loyihalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan talablar va mezonlarga mos keladigan, import oʻrnini bosadigan, eksportga yoʻnaltirilgan yuqori texnologiyali va innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish boʻyicha loyihalar joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati sohasida bir-birini takrorlovchi vakolatlar hamda funksiyalarga ega boʻlgan doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar va ishchi guruhlar tugatilsin.
4. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Respublika kengashi (A.N. Aripov) 2017-yilning 1-dekabriga qadar mintaqalarning mavjud mineral-xomashyo, yer, suv, qishloq xoʻjaligi resurslarini, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini, ekologik shart-sharoitini hisobga olgan holda har bir erkin iqtisodiy zonaning tarmoq ixtisoslashuvini belgilasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zonaning tarmoq ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ana shu zonalarga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida loyihalarni moliyalashtirayotgan barcha tijorat banklariga, tasdiqlangan kvotalar doirasida, kredit liniyalari ochilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
maʼmuriy kengashlarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari tashkil etilgan barcha hududlardagi yer uchastkalarini, shu jumladan, davlat mulki boʻlgan faoliyat yuritmayotgan boʻsh obyektlar va boʻsh yer maydonlarini tasarruf etish huquqi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish quvvatlari, birinchi navbatda, tortib kelingan muhandislik infrastrukturasiga ega boʻlgan hududlarda va faoliyat koʻrsatmayotgan boʻsh binolar, inshootlar hamda qurib bitkazilmagan obyektlar bazasida joylashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan birja tovarlari (xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, erkin birja savdolarida tarkib topadigan oʻrtacha kotirovkalardan kelib chiqqan holda bozor narxlarida sotib olish huquqiga egadirlar;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati erkin iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
2018-yilning 1-martidan boshlab investorlar erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalariga axborot tizimlarini koʻllagan holda interfaol shaklda investitsiya buyurtmanomalarini taqdim etishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan investitsiya loyihasi parametrlarini bajarish boʻyicha belgilangan majburiyatlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilmasligi tadbirkorlik subyektini erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan belgilangan tartibda mahrum etish uchun asos hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorni erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uning erkin iqtisodiy zona hududidagi faoliyatini, shuningdek erkin iqtisodiy zona ishtirokchisiga mulk egaligi huquqi bilan tegishli boʻlgan boshqa obyektlarga nisbatan huquqlari toʻxtatilishiga olib kelmaydi. Bunda ushbu tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchilari uchun berilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum boʻlgan tadbirkorlik subyektidan, zarur hollarda, yer uchastkasini olib qoʻyish qonunchilikka hamda investor bilan tuzilgan investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitim yoki boshqa shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qoʻyilsinki, soliq qonunchiligi oʻzgarganida erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ular roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada amal qilgan norma va qoidalarni qoʻllashga haqlidirlar, aksiz soligʻi olinadigan tovarlar soliqqa tortilishini tartibga soluvchi hujjatlarning normalari va qoidalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
8. 2017-yilning 1-noyabridan boshlab erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuziladigan import shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida ekspertizadan oʻtkazish talabi bekor qilinsin, mazkur subyektlarning ustav kapitallarida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyasi hisobiga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan davlat ulushi mavjud emas.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoni 8-bandining amal qilishi davlat unitar korxonalari — “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari direksiyalari hamda yangidan tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalariga joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga beriladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sugʻurtalanishini rasmiylashtirishda 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda sugʻurta mukofoti undirilishini amaliyotga tatbiq etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banklariga belgilangan tartibda:
amaldagi kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari — korxonalarning pul oqimlarida vaqtinchalik nomutanosiblik roʻy bergan hollarda kreditni qaytarish muddatini keyinga koʻchirish yoki muddatini uzaytirish yoʻli bilan asosiy qarz yuzasidan toʻlovlar miqdorini kamaytirish boʻyicha kredit shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
kredit buyurtmanomasini koʻrib chiqish uchun erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilaridan vositachilik haqi undirilishini bekor qilish va abonent haqi toʻlashdan ozod qilish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasi ishga tushirilgunga qadar, ammo normativ muddatdan koʻp boʻlmagan davrda berilgan kreditlar yuzasidan qoʻshib hisoblangan foizlarni kapitallashtirish chora-tadbirlarini koʻrish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalarining Yagona portalini yaratish va 2018-yilning 1-martidan boshlab uni ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, ushbu portal:
Keyingi tahrirga qarang.
mamlakatning erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari toʻgʻrisida, taqdim etilayotgan imtiyozlar, investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma, geografik joylashuv, shuningdek, ularning hududida joylashgan davlat mulki obyektlari, investorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda kengaytirilgan axborotlar olishni;
Keyingi tahrirga qarang.
investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlarga hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga amalga oshirish tavsiya etilgan investitsiya loyihalari toʻgʻrisida axborot berilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
investorlar, jumladan, xorijiy investorlarga hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga interfaol shaklda zonalar direksiyalarining, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xizmatlari, shu jumladan, investitsiya buyurtmanomalari hamda boshqa hujjatlarni qabul qilish, arizalar, blanklar va boshqa zarur hujjatlarning shakllarini olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
investorning qayerda va qanday usulda murojaat qilganligidan qatʼiy nazar, investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishning borishi va natijasidan xabardor boʻlib turish imkoniyatini;
salohiyatli investorlar hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining oʻzlarini qiziqtiruvchi masalalar boʻyicha zonalar direksiyasiga, maʼmuriy kengashlar va Respublika kengashiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov, iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga qarorning ushbu bandi belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi rahbarlari (G.K. Saidova, S.X. Bekenov, D.D. Asomov) zimmasiga — erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarning doimiy yangilab turiladigan roʻyxatini shakllantirish, investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va tezkor koʻrib chiqish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — subyektlar tomonidan maʼqullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi rahbarlari (A.I. Axmedxodjayev, L.Sh. Qudratov) zimmasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalarning har biri uchun sherik-mamlakatni belgilash, salohiyatli xorijiy investorlarni EIZ hududida loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, ular bilan tizimli ish olib borish, shuningdek, yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarishlarni zamonaviy uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlash qismida erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va har tomonlama koʻrib chiqish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbarlari (R.A. Gʻulomov, R.A. Aminov) zimmasiga — bekor yotgan yoki qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish binolari hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yangidan qurilayotgan korxonalarini joylashtirish uchun yer maydonlari sinchiklab, puxta xatlovdan oʻtkazilishi yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikromov zimmasiga — erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishni tashkil etish biznes-rejalarini yoki investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmak berish yuzasidan;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalariga biriktirilgan tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga — erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish yuzasidan;
“Oʻzbekenergo” AJ raisi U.M. Mustafoyev, “Oʻztransgaz” AJ raisi A.S. Mustafoyev, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Soliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — erkin iqtisodiy zonalar qurilishi va ularning tashqi infratuzilmaga ulanishi, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv bilan, shuningdek, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz taʼminlanishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiy vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari xodimlarining investorlar bilan ishlash boʻyicha, shu jumladan, maxsus kurslar tashkil etish yoʻli bilan malakasi muttasil oshirib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni;
kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va ularning ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, byurokratizm va sansalorlikni bartaraf etishga qaratilgan normalarni tasdiqlash, nizomlarga loyihalarni amalga oshirish hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashtirish uchun tanlab olishning aniq mezonlarini kiritish;
erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga yer maydonlari berish toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni;
erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlash, bunda loyihalarning biznes-rejalari/texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlari, (kiritilayotgan investitsiyalar hajmi, tovar aylanmasi va eksport summasi, yaratilayotgan doimiy ish oʻrinlari soni, ishlab chiqarishning valyutada qoplanishi va boshqalar) hisobga olingan holda imtiyozlar qoʻllanilishini nazarda tutish;
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari, ishtirokchilari va investorlari oʻrtasida tuziladigan investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi namunaviy bitimni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli Farmoni bilan tashkil qilingan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlarning chegaralarini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-oktabr,
PQ-3356-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari toʻgʻrisidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu namunaviy Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar (keyingi oʻrinlarda — EIZ) va kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda — KSZ) maʼmuriy kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Maʼmuriy kengash kollegial organ hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat namunaviy tarkibga muvofiq tashkil etiladi.
3. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, EIZ va KSZ maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) topshiriqlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mahalliy ijro hokimiyati organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
2-bob. Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari
4. Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tegishli hududda EIZ va KSZlar faoliyatini maʼmuriy jihatdan boshqarish, muvofiqlashtirish va davlat yoʻli bilan tartibga solish, shuningdek, alohida huquqiy tartibga rioya etilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini tanlash hamda ularni EIZ va KSZ hududida amalga oshirish uchun joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihalarning EIZ va KSZda amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha, tanlov va kontrakt hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash va ularni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, EIZ va KSZ faoliyati bilan bogʻliq masalalarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZning samarali faoliyatini tashkil etish, EIZ va KSZ direksiyalarini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Respublika kengashida tasdiqlash uchun EIZ direktorlarining nomzodlari boʻyicha takliflar kiritish hamda EIZ va KSZ direksiyalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZlarni rivojlantirishning oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiqish, muhokama qilish va tasdiqlash uchun Respublika kengashiga kiritishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZlarda muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, moliyalashtirishning ochilishi va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZlarda obyektlarni qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha tasdiqlangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini va ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZ qatnashchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga EIZ va KSZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, xorijiy investorlarni jalb etish, moliyalashtirish manbalarini belgilash, barqaror kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotni eksportga yoʻnaltirishda yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Maʼmuriy kengashning funksiyalari
5. Maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli hududda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat yoʻli bilan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy tartibga rioya etilishini nazorat qilish;
erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishlarini tashkil etish, erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarining direksiyalarini shakllantirish va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
EIZ hududida amalga oshirish uchun qiymati ekvivalentda 5 mln. AQSH dollaridan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalarini tanlash va EIZ ishtirokchisi maqomini olishni maʼqullash yuzasidan Respublika kengashiga takliflar kiritish;
tadbirkorlik subyektlarini tanlash va kichik sanoat zonalarida joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi funksiyalarini bajarish;
EIZ va KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat mulki va EIZ va KSZ hududida boʻlgan ishlamayotgan korxonalar va boʻsh yotgan mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash;
EIZ va KSZlarni oʻrta muddatli va uzoq muddatli rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari boʻyicha hamda ularning faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan Respublika kengashiga takliflar kiritish;
kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga olish loyihalari va shartnomalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimlarning asosiy shartlarini belgilash;
oʻrnatilgan mezonlarga mos keladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni EIZ va KSZ hududida joylashtirish, maʼmuriy kengash tasarrufidagi yer yoki bino va inshootlarni ajratib berish, shuningdek, ularga EIZ va KSZ ishtirokchisi maqomini taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
EIZ va KSZ hududida loyihalarning amalga oshirilishini, investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar, EIZ va KSZda faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy koʻrsatkichlari bajarilishini doimiy monitoring qilib borish, investitsiya loyihasida nazarda tutilgan parametrlarga erishishda, ishlab chiqarish quvvatlarining juda toʻliq ishga solinishini taʼminlashda barqaror kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyishda va ishlab chiqarilgan mahsulotning eksportga yoʻnaltirilishida ularga koʻmaklashish;
tegishli EIZ va KSZda investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmaganida investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimlarni belgilangan tartibda muddatidan ilgari bekor qilish toʻgʻrisida Respublika kengashiga takliflar kiritish;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda koʻmaklashish;
EIZ hududi chegaralarini aniqlashtirish hamda yangi EIZ va KSZlar tashkil etish toʻgʻrisida Respublika kengashiga takliflar kiritish;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritish;
EIZ va KSZ direksiyalarni shakllantirish va kadrlar tanlash;
KSZ direksiyasi direktorini lavozimiga tasdiqlash;
EIZ direksiyasi direktori lavozimiga nomzodni tasdiqlash uchun Respublika kengashiga kiritish;
EIZ va KSZ direksiyasi shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini kelishish;
xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladigan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ular foydalanadigan va boshqaradigan yer uchastkalarini, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olinadigan tushumlarning bir qismi hisobiga EIZ va KSZning mustaqil budjetlarini hosil qilish;
EIZ va KSZning mustaqil budjetlari va ularni rivojlantirish jamgʻarmalarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
EIZ va KSZ hududlarida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika kengashiga takliflar kiritish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Maʼmuriy kengashning huquq va javobgarligi
6. Maʼmuriy kengash oʻz zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
EIZ va KSZ maʼmuriy kengashining vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZ maʼmuriy kengashining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Respublika kengashining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼmuriy kengash vakolatiga taalluqli statistik maʼlumot va boshqa axborotni belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, EIZ va KSZ ishtirokchilaridan, shuningdek, EIZ va KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga investitsiyaviy buyurtma berayotgan investorlardan soʻrab olish;
Keyingi tahrirga qarang.
EIZ va KSZ ishtirokchilarining investitsiya loyihalari qanday amalga oshirilayotganligini, shu jumladan joylarga borib taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar ular tomonidan toʻgʻri qoʻllanilishini oʻrganishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy ijro hokimiyati organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillarining hamda maʼmuriy kengash aʼzolarining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlari va maʼruzalarini maʼmuriy kengashning majlislarida eshitish;
maʼmuriy kengash faoliyatining gʻoyat muhim masalalari va uning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni tayyorlash va oʻrganish uchun ishchi guruhlarini tuzish.
maʼmuriy kengash qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7. Maʼmuriy kengash:
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, EIZ va KSZda davlat siyosatining amalda samarali roʻyobga chiqarilishi;
EIZ va KSZ faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
EIZ va KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
Respublika kengashining topshiriqlarini, dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” hamda EIZ va KSZni rivojlantirishga oid boshqa dasturiy hujjatlar, shuningdek, EIZ va KSZni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va uning hududida muammoli masalalarni hal etish boʻyicha boshqa hujjatlarni samarali amalga oshirish;
EIZ va KSZ hududida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash uchun javobgar hisoblandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Maʼmuriy kengash raisining asosiy funksional majburiyatlari
8. Maʼmuriy kengash raisining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga hamda Respublika kengashining topshiriqlariga rioya etish;
maʼmuriy kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkillashtirish;
EIZ va KSZ hududida joylashtiriladigan loyihalarni koʻrib chiqishda maʼmuriy kengash aʼzolarining mustaqilligini taʼminlash;
EIZ va KSZ faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
EIZ va KSZ faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Respublika kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, vazirliklar va idoralarning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Respublika kengashining topshiriqlarini bajarish;
EIZ va KSZ faoliyatini rejalashtirishni tashkillashtirish, maʼmuriy kengash va direksiyalarning har chorakdagi ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari, shuningdek, Respublika kengashining hujjat va topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va monitoring qilishning amaliy tizimini yaratish, maʼmuriy kengash faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan maʼmuriy kengash aʼzolarining, EIZ va KSZ direksiyalari direktorlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
davlat xizmatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining yagona portalida va tadbirkorlik subyektlari hamda EIZ va KSZ ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda “yagona darcha” samaradorligi, sifati va foydalanish erkinligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Maʼmuriy kengash raisi va aʼzolarining javobgarligi
9. Maʼmuriy kengash raisi:
maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishi;
ushbu nizomning 7-bandida nazarda tutilgan EIZ va KSZ maʼmuriy kengashining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu nizomning 8-bandida koʻrsatilgan funksional majburiyatlarini sifatli bajarish yuzasidan shaxsan javob beradi.
10. Maʼmuriy kengash aʼzolari oʻzlarining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish yuzasidan, shuningdek:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot va hududlarni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi — EIZ hududida amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarning doimo yangilab turiladigan roʻyxatlarini shakllantirish, zarur hajmdagi xom ashyo resurslari mavjudligini, mahalliylashtirish darajasini, ishlab chiqarishning valyutada qoplanishini va yaratilayotgan ish oʻrinlarini hisobga olgan holda hududni, infratuzilmani, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari bilan bogʻlagan holda loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan EIZ va KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga beriladigan investitsiyaviy buyurtmalarni sifatli, har tomonlama va tezkor koʻrib chiqish, EIZ va KSZ ishtirokchi-subyektlari tomonidan maʼqullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, shuningdek, korxonalarni muhandislik taʼminoti vositalari bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining rahbarlari — investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jab etish boʻyicha ishlarning natijadorligi, shuningdek, tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash, xorijiy investorlarning vakolatdorligi nuqtai nazaridan EIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga taqdim etiladigan investitsiyaviy buyurtmalarni sifatli va har tomonlama koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining rahbari — ishlamayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish xonalari va yerlarni sinchiklab xatlovdan oʻtkazish va ularda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yangidan qurilayotgan korxonalarini joylashtirish hamda EIZ va KSZning yangi hududlarini yaratish yoki ularni kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish;
tijorat banklari hududiy boʻlinmalarining rahbarlari — tijorat banklari tomonidan buyurtmalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va kreditlar belgilangan tartibda berilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligining hududiy vakili — EIZ va KSZ ishtirokchilarining mahsuloti eksportga yetkazib berilishiga koʻmaklashishning natijadorligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlinmasining rahbari — tadbirkorlik subyektlariga biznes-rejalarni yoki EIZ va KSZda joylashtirish rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;
davlat boshqaruvi organining ushbu nizom 7-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. EIZ va KSZ maʼmuriy kengashi faoliyatini tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. EIZ va KSZ maʼmuriy kengashning rahbariyati
Keyingi tahrirga qarang.
11. Maʼmuriy kengashga rais rahbarlik qiladi, quyidagilar uning vakolatiga kiradi:
maʼmuriy kengash majlislarining kun tartibini belgilash va chaqirish;
maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi nazoratini tashkillashtirish;
zimmaga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan maʼmuriy kengash aʼzolarining ishini muvofiqlashtirish;
maʼmuriy kengash samarali ishini taʼminlash uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa amallarni bajarish.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari tegishli maʼmuriy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ishchi organ:
maʼmuriy kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va mahalliy ijro hokimiyati organlaridan va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan hamda maʼmuriy kengash aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
maʼmuriy kengash aʼzolarining, loyihalar tashabbuskorlari, investorlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda maʼmuriy kengash majlisining kun tartibini shakllantiradi, keyinchalik uni kelishib olish uchun maʼmuriy kengash raisiga kiritadi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni, shuningdek, maʼmuriy kengash qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni tayyorlashni tashkillashtiradi va maʼmuriy kengash aʼzolarining koʻrib chiqishi uchun barvaqt taqdim etadi;
maʼmuriy kengash majlislarining bayonnomalarini yuritadi va ularning maʼmuriy kengash aʼzolari bilan kelishib olinishini taʼminlaydi;
maʼmuriy kengash qarorlarining ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
maʼmuriy kengash qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisida unga tizimli asosda axborot berib turadi.
14. Maʼmuriy kengash majlislarini zaruratga qarab, ammo haftasiga kamida bir marta oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Majlisni maʼmuriy kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Majlisda ishtirok etish uchun roʻyxatga olish tugagan paytda maʼmuriy kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi roʻyxatga olingan taqdirda maʼmuriy kengash majlisi huquqiy vakolatga (kvorumga ega) hisoblanadi.
16. Maʼmuriy kengash qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganida maʼmuriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda ifoda etishga haqlidir.
Maʼmuriy kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida maʼmuriy kengash aʼzolari bilan soʻrovnoma yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha qarorlarni tasdiqlashi mumkin.
17. Maʼmuriy kengash qarorlari maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasiga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, kotib tomonidan imzolanadi, maʼmuriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kun muddatda maʼmuriy kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Maʼmuriy kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari ishchi organda saqlanadi.
18. Ishchi organ maʼmuriy kengash qarorlarini muntazam oʻrganib, uning bajarilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda maʼmuriy kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
19. Maʼmuriy kengash aʼzolaridan birining tashabbusiga binoan maʼmuriy kengashning navbatdan tashqari majlisi oʻtkazilishi mumkin. Maʼmuriy kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi asosli talab yozma ravishda ishchi organga yuboriladi.
20. Maʼmuriy kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ishchi organ tomonidan majlis oʻtkaziladigan sanadan kechi bilan ikki kun oldin maʼmuriy kengashning har bir aʼzosiga yuboriladi.
2-§. Maʼmuriy kengashning Respublika kengashi bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
21. Maʼmuriy kengashning Respublika kengashi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash maʼmuriy kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Maʼmuriy kengash Respublika kengashi bilan shu jumladan quyidagilar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining, shuningdek, Respublika kengashining topshiriqlari bajarilishi toʻgʻrisida maʼlum qiladi;
EIZ va KSZni rivojlantirish boʻyicha tegishli dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” hamda boshqa dasturiy hujjatlarning ijrosi, shuningdek EIZ va KSZ hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va muammoli masalalarni hal etish toʻgʻrisida maʼlum qiladi;
EIZ va KSZ faoliyati sohasidagi qonunchilikni amalga oshirishga oid faoliyat natijalari toʻgʻrisida, shuningdek, EIZ va KSZ hududida joylashtirish uchun har bir loyihani tanlab olish natijalari toʻgʻrisida Respublika kengashiga axborot taqdim etadi;
EIZ va KSZ faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlum qiladi;
oʻz ishining natijalari toʻgʻrisida belgilangan tartib va muddatlarda Respublika kengashiga hisobot taqdim etadi;
EIZ va KSZ faoliyat yuritadigan hududlarni rivojlantirish muammolarini, shu jumladan EIZ va KSZ ishtirokchilarining va salohiyatli investorlarning muhim muammolarini hal etishga qaratilgan takliflarni Respublika kengashiga yuboradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari
23. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligiga muntazam baho berib borilishi lozim.
24. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Respublika kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlariga hamda ishchi indikatorlariga asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
maʼmuriy kengash raisi va aʼzolarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish;
maʼmuriy kengash faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish.
26. Maʼmuriy kengash organi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi hamda metodikasi Respublika kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Maʼmuriy kengashning Respublika kengashi oldidagi hisobdorligi
Keyingi tahrirga qarang.
27. Maʼmuriy kengash raisi kengash vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha, shu jumladan EIZ va KSZni boshqarishga oid qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har chorakda Respublika kengashiga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Respublika kengashi maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha maʼmuriy kengash faoliyatining doimiy monitoringini amalga oshiradi, kengash faoliyatining samaradorligiga xolis baho beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Monitoring va baholash natijalariga koʻra maʼmuriy kengashning alohida oʻrnak koʻrsatgan raisi va aʼzolari ragʻbatlantiriladilar yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun javobgarlikka tortilib, hatto egallab turgan lavozimidan ozod qilinadilar.
10-bob. Yakunlovchi qoida
30. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan toʻxtatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 07/17/3356/0179-son; 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)