1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZOMIN-FARM”, “KOSONSOY-FARM”, “SIRDARYo-FARM”, “BOʻSTONLIQ-FARM” VA “PARKENT-FARM” ERKIN IQTISODIY ZONALARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizning farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor oʻsimliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini oʻzimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan toʻldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi oʻrinlarda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar xomashyosini oʻziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor oʻsimliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor oʻsimliklar xomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini oʻrganish boʻyicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari boʻlgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.01 Erkin muomalaga qoʻyib yuborish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatish muddati mobaynida “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalarini tashkil qilsin hamda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalarining nizomlarini tasdiqlagan holda ular faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda belgilangan tartibda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ tarkibiga kiritish uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan yaxshi taʼminlanganligini hisobga olgan holda yer uchastkalari chegaralari belgilanishini va ularning ajratilishini;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini aniqlash va keyinchalik ularni dorivor oʻsimliklar xomashyosi yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil qilish uchun berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat koʻrsatishi davrida soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzfarmsanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida sanoat plantatsiyalari tashkil etish va chuqur qayta ishlanadigan dori vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishga tavsiya etilayotgan dorivor oʻsimliklar roʻyxatini tashkil etish boʻyicha maqsadli Dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashiga kiritsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti bilan birgalikda “Oʻzfarmsanoat” DAKga hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda sanoat plantatsiyalari tashkil qilish uchun dorivor oʻsimlik turlari roʻyxatini, shuningdek, mahalliy dorivor oʻsimliklar xomashyosidan foydalangan holda dorivor moddalar (substansiyalar) va dori vositalari ishlab chiqish sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlar natijalarini tizimli ravishda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzfarmsanoat” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari, investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida amalga oshirilishi taklif qilinayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashiga kiritsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun, shuningdek, dorivor oʻsimliklar xomashyosini yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fermer xoʻjaliklariga oʻz mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov taʼminoti yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga texnologik uskunalar lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarini, shuningdek, ularning ishtirokchilarining ishlab chiqarish maydonlarini tegishli tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan kafolatli taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida yoʻl-transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini uch oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yilga Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalarning oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalari asosida kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining tegishli ravishda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” DUKni “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ToshkentboshplanLITI” DUKni “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “OʻzshaharsozlikLITI” DUK va “ToshkentboshplanLITI” DUK uch oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqsin hamda erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirgan yoki yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish ishtirokchilari, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ bilan tuzilgan shartnomalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar “Qizil kitob”ga kiritilmagan hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsadigan oʻsimliklar tayyorlagani (toʻplagani) uchun undiriladigan toʻlov tabiiy muhitdan olingan yovvoyi oʻsimliklar (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari)ga belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida belgilansin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni 5-bandining birinchi xatboshi hamda 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Oʻzfarmsanoat” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 5-maydagi 89 (6783)-sonida eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5032-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm”” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori-darmon vositalari kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashda muhim ahamiyat kasb etishi hammamizga yaxshi maʼlum. Oʻz navbatida davlatimiz rahbari tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, aholi va davolash-profilaktika muassasalarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan sifatli, yuqori samarali va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlash lozim.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda farmatsevtika sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini va uning turlarini kengaytirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
Natijada 146 ta mahalliy farmatsevtika korxonasi tomonidan 2000 xildan ortiq dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 2016-yil yakunlari boʻyicha mamlakatimiz farmatsevtika bozorida mahalliy dori-darmon vositalarining ulushi 55 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, tarmoqda bugungi kunda olib borilgan tahlillar ichki bozorni mahalliy dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yanada koʻproq toʻldirish uchun respublikamizning farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha yanada samarali chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda.
Taʼkidlash joizki, dunyo farmatsevtika sanoatida 8500 turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilayotgan boʻlsa, ularning 6300 tasi xalqimiz ehtiyojlari uchun import qilinadi.
Yurtimizdagi dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan farmatsevtika korxonalarining xorijiy xomashyo hamda materiallar importiga yuqori darajada bogʻliqligi soha rivojiga asosiy toʻsiq boʻlib qolmoqda.
Mahalliy xomashyo va dorivor oʻsimliklar asosida dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga farmatsevtika mahsulotlarining mahalliylashtirilishini chuqurlashtirish hamda kengaytirish, shuningdek, ularni tibbiyot amaliyotiga keng joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi paytda xalqaro tibbiyot amaliyotida foydalanilayotgan 350 turdagi dorivor oʻsimliklardan 71 tasi respublikamizda tashkil etilgan sanoat plantatsiyalarida yetishtiriladi. Bu esa talab va ehtiyoj katta boʻlgan dori-darmon vositalarini mahalliy sharoitda uzluksiz ishlab chiqarish uchun yetarli emas, albatta. Shuni inobatga olgan holda, ishlab chiqarish quvvatlariga yaqin boʻlgan ekologiyasi toza va sof boʻlgan tumanlarda yangi plantatsiyalarni tashkil etish rivojlanayotgan farmatsevtika sohasining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinishi, avvalambor, respublikamizning farmatsevtika sohasini rivojlantirishga, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga, mahalliy dori-darmon vositalari bozorini oʻzimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan toʻldirishga keng imkoniyat yaratadi.
Farmonda, jumladan, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishda birinchi darajali vazifa sifatida belgilab berilgan.
Tuproq va iqlim sharoitlari noyobligini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritilgan. Farmonda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari hamda xoʻjalik birlashmalariga quyidagi topshiriqlar yuklatildi:
yer uchastkalari chegaralarini belgilash va ularni erkin iqtisodiy zonalar tarkibiga kiritish uchun ajratish;
kelgu�ida dorivor oʻsimliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil qilish uchun yer uchastkalarini aniqlash va ularni ajratish;
erkin iqtisodiy zonalar hududlarida sanoat plantatsiyalarini tashkil etish, oʻstirish uchun tavsiya etiladigan dorivor oʻsimliklarning roʻyxatini tuzish hamda keyinchalik ushbu dorivor oʻsimliklarni chuqur qayta ishlash, dori-darmon vositalari va biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish boʻyicha maqsadli Dastur ishlab chiqish.
Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi dorivor oʻsimliklar xomashyosini qayta ishlash va dori-darmon vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etishga, mahalliy dorivor oʻsimliklar xomashyosi va materiallar negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga imkon beradi.
Tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarning faoliyat muddati keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30 yil etib belgilangan, ushbu hududlarda alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qiladi.
Jumladan, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan tegishli investitsiyalar kiritilganda, ular:
yer soligʻi, daromad soligʻi, yuridik shaxslar mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, xomashyo hamda butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.
Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari eksport va import qilinadigan tovarlar uchun oʻzlariga qulay boʻlgan toʻlash hamda hisob-kitob qilish shartlari va shakllaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu berilayotgan imtiyoz hamda qulayliklar mahalliy hamda xorijiy investorlar tomonidan iqtisodiyotga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritilishiga boʻlgan qiziqishni oshiradi.
Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining barchasi va har biri uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar hududlari, shuningdek, ularning ishtirokchilarining ishlab chiqarish maydonlari tegishli tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan kafolatli taʼminlanadi.
Farmonning ahamiyatli tomonlaridan yana biri tijorat banklariga oʻz mablagʻlari va jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga erkin iqtisodiy zonalar hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, dorivor oʻsimliklar xomashyosi yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fermer xoʻjaliklariga kreditlar ajratish tavsiya etilmoqda. Shu bilan birga, garov taʼminoti yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda tijorat banklari investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga texnologik uskunalarni lizing asosida belgilangan tartibda yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Farmonning qabul qilinishi ichki bozorni keng turdagi hammabop, sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yanada toʻliq toʻldirish va alohida hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalarini hal etishga qaratilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 331-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 06/19/5809/3687-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)