Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qayd etib oʻtilsinki, keyingi yillarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini vujudga keltirish, jumladan ularning faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam normativ-huquqiy bazani shakllantirish, erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish imkonini beradigan soliq, bojxona imtiyozlari va yengilliklarining keng tizimini yaratish borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishda jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjudki, ular shunday zonalarni rivojlantirishga va samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli qarori bilan tashkil qilingan Maxsus idoralararo komissiya tomonidan joylarga chiqib oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:
birinchidan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashtirish uchun loyihalarni tanlashning aniq mezonlari mavjud emas. Investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda yangidan tashkil etilayotgan ish oʻrinlari soni, salohiyatli xorijiy sherik va investor-mamlakatning mavjudligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorlarda talab qilinishi, eksport hajmi, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi hisobga olinmayapti;
ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish va amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini kelishib olish va maʼqullash mexanizmi amalda haddan tashqari murakkab byurokratizmga uchragan, bu esa mazkur loyihalar boʻyicha qarorlar qabul qilishni qoʻp oylarga choʻzib yubormoqda;
uchinchidan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini oʻz vaqtida barpo etish masalalariga yetarlicha eʼtibor berilmayapti;
toʻrtinchidan, taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining ishonchli moliyaviy manbalar, shu jumladan, mahalliy va xorijiy kredit resurslari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga ishonchli taʼminlanishi mufassal ishlab chiqilmagan. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalariga biriktirilgan tijorat banklari ushbu muammolarni hal etishda sust ishtirok etmoqdalar;
beshinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotiladigan xomashyo resurslarini zarur hajmda sotib olishda kattagina qiyinchiliklarga duch kelmoqda;
oltinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning hududida foydalanishga topshirilgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan nihoyatda samarasiz foydalanilmoqda, buning oqibatida ishlab chiqarish va eksport hajmlari hamda ish joylari soni tasdiqlangan biznes-rejalar parametrlariga muvofiq kelmaydi;
yettinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tashkil qilingan hududiy komissiyalar tomonidan joylarda yuzaga keluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirishning taʼsirchan mexanizmi mavjud emas.
Mana shularning hammasi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashtiriladigan investitsiya loyihalarini tanlab olish, yer maydonlari ajratib berish tartibi, xomashyo va materiallardan foydalanishni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga kredit resurslari ajratishning prinsipial yangi tizimi yaratilishini taqozo etadi.
Tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatdosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini taʼminlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun gʻoyat qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, shuningdek, respublika mintaqalarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, buning asosida yangi ish joylarini tashkillashtirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. 2017-yilning 1-dekabridan boshlab erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini boshqarish hamda ular faoliyatini tashkil etishning yangi tizimi joriy etilsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tashkil qilingan hududiy komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar) etib qayta tashkil qilinsin, quyidagilar ularning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarini shakllantirish hamda ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun maxsus iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
(1-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asoosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asoosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqish, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash;
(1-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash toʻgʻrisida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
(1-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam koʻrsatish;
(1-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy zonalar hududlarining chegaralarini aniqlashtirish va yangi kichik sanoat zonalari barpo etish boʻyicha takliflar kiritish;
(1-band “a” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etish;
(1-band “a” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
3. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati sohasida bir-birini takrorlovchi vakolatlar hamda funksiyalarga ega boʻlgan doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar va ishchi guruhlar tugatilsin.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asoosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Respublika kengashi (A.N. Aripov) 2017-yilning 1-dekabriga qadar mintaqalarning mavjud mineral-xomashyo, yer, suv, qishloq xoʻjaligi resurslarini, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini, ekologik shart-sharoitini hisobga olgan holda har bir erkin iqtisodiy zonaning tarmoq ixtisoslashuvini belgilasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zonaning tarmoq ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ana shu zonalarga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida loyihalarni moliyalashtirayotgan barcha tijorat banklariga, tasdiqlangan kvotalar doirasida, kredit liniyalari ochilishini taʼminlaydi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
kichik sanoat zonalarini tashkil etish nazarda tutilgan yer uchastkalari kichik sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi, umumiy foydalanishdagi yerlar esa kichik sanoat zonalari direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul mablagʻlari (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xarajatlar chegirib qolingan holda) kichik sanoat zonalarining direksiyalariga oʻtkaziladi, ushbu mablagʻlar kichik sanoat zonalarining bosh rejalari asosida tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaxshilash uchun sarflanadi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maʼmuriy kengashlarga maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari tashkil etilgan barcha hududlardagi davlat mulki boʻlgan faoliyat yuritmayotgan boʻsh obyektlarni tasarruf etish huquqi beriladi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish quvvatlari, birinchi navbatda, tortib kelingan muhandislik infrastrukturasiga ega boʻlgan hududlarda va faoliyat koʻrsatmayotgan boʻsh binolar, inshootlar hamda qurib bitkazilmagan obyektlar bazasida joylashtiriladi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2018-yilning 1-martidan boshlab investorlar maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalariga axborot tizimlarini koʻllagan holda interfaol shaklda investitsiya buyurtmanomalarini taqdim etishlari mumkin;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan investitsiya loyihasi parametrlarini bajarish boʻyicha belgilangan majburiyatlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilmasligi tadbirkorlik subyektini maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan belgilangan tartibda mahrum etish uchun asos hisoblanadi;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uning maxsus iqtisodiy zona hududidagi faoliyatini, shuningdek maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga mulk egaligi huquqi bilan tegishli boʻlgan boshqa obyektlarga nisbatan huquqlari toʻxtatilishiga olib kelmaydi. Bunda ushbu tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchilari uchun berilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanmaydi;
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum boʻlgan tadbirkorlik subyektidan, zarur hollarda, yer uchastkasini olib qoʻyish qonunchilikka hamda investor bilan tuzilgan investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitim yoki boshqa shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4931-son Farmoni 8-bandining amal qilishi barcha mavjud va yangidan tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalariga joriy etilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga beriladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sugʻurtalanishini rasmiylashtirishda 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda sugʻurta mukofoti undirilishini amaliyotga tatbiq etsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banklariga belgilangan tartibda:
amaldagi kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari — korxonalarning pul oqimlarida vaqtinchalik nomutanosiblik roʻy bergan hollarda kreditni qaytarish muddatini keyinga koʻchirish yoki muddatini uzaytirish yoʻli bilan asosiy qarz yuzasidan toʻlovlar miqdorini kamaytirish boʻyicha kredit shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
kredit buyurtmanomasini koʻrib chiqish uchun maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilaridan vositachilik haqi undirilishini bekor qilish va abonent haqi toʻlashdan ozod qilish;
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasi ishga tushirilgunga qadar, ammo normativ muddatdan koʻp boʻlmagan davrda berilgan kreditlar yuzasidan qoʻshib hisoblangan foizlarni kapitallashtirish chora-tadbirlarini koʻrish tavsiya etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalarining Yagona portalini yaratish va 2018-yilning 1-martidan boshlab uni ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, ushbu portal:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mamlakatning maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari toʻgʻrisida, taqdim etilayotgan imtiyozlar, investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma, geografik joylashuv, shuningdek, ularning hududida joylashgan davlat mulki obyektlari, investorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda kengaytirilgan axborotlar olishni;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlarga hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga amalga oshirish tavsiya etilgan investitsiya loyihalari toʻgʻrisida axborot berilishini;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investorlar, jumladan, xorijiy investorlarga hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga interfaol shaklda zonalar direksiyalarining, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xizmatlari, shu jumladan, investitsiya buyurtmanomalari hamda boshqa hujjatlarni qabul qilish, arizalar, blanklar va boshqa zarur hujjatlarning shakllarini olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
investorning qayerda va qanday usulda murojaat qilganligidan qatʼiy nazar, investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishning borishi va natijasidan xabardor boʻlib turish imkoniyatini;
Oldingi tahrirga qarang.
salohiyatli investorlar hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining oʻzlarini qiziqtiruvchi masalalar boʻyicha zonalar direksiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatini taʼminlaydi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asoosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi rivojlanish davlat dasturlariga kiritilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarning doimiy yangilab turiladigan roʻyxatini shakllantirish, investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va tezkor koʻrib chiqish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — subyektlar tomonidan maʼqullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish yuzasidan;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalarning har biri uchun sherik-mamlakatni belgilash, salohiyatli xorijiy investorlarni MIZ hududida loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, ular bilan tizimli ish olib borish, shuningdek, yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarishlarni zamonaviy uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlash qismida maxsus iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va har tomonlama koʻrib chiqish yuzasidan;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bekor yotgan yoki qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish binolari hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yangidan qurilayotgan korxonalarini joylashtirish uchun yer maydonlari sinchiklab, puxta xatlovdan oʻtkazilishi yuzasidan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishni tashkil etish biznes-rejalarini yoki investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmak berish yuzasidan;
v) “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — maxsus iqtisodiy zonalar qurilishi va ularning tashqi infratuzilmaga ulanishi, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv bilan, shuningdek, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz taʼminlanishi yuzasidan masʼul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalari xodimlarining investorlar bilan ishlash boʻyicha, shu jumladan, maxsus kurslar tashkil etish yoʻli bilan malakasi muttasil oshirib borilishini taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni;
kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va ularning ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, byurokratizm va sansalorlikni bartaraf etishga qaratilgan normalarni tasdiqlash, nizomlarga loyihalarni amalga oshirish hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashtirish uchun tanlab olishning aniq mezonlarini kiritish;
erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga yer maydonlari berish toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni;
erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlash, bunda loyihalarning biznes-rejalari/texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlari, (kiritilayotgan investitsiyalar hajmi, tovar aylanmasi va eksport summasi, yaratilayotgan doimiy ish oʻrinlari soni, ishlab chiqarishning valyutada qoplanishi va boshqalar) hisobga olingan holda imtiyozlar qoʻllanilishini nazarda tutish;
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari, ishtirokchilari va investorlari oʻrtasida tuziladigan investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi namunaviy bitimni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli Farmoni bilan tashkil qilingan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi hududlarning chegaralarini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-oktabr,
PQ-3356-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari toʻgʻrisidagi
NAMUNAVIY NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu namunaviy Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maxsus iqtisodiy zonalar (keyingi oʻrinlarda — MIZ) va kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda — KSZ) maʼmuriy kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengashlar) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
2. Maʼmuriy kengash kollegial organ hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat namunaviy tarkibga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Maʼmuriy kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mahalliy ijro hokimiyati organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
2-bob. Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari
4. Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda MIZ va KSZlar faoliyatini maʼmuriy jihatdan boshqarish, muvofiqlashtirish va davlat yoʻli bilan tartibga solish, shuningdek, alohida huquqiy tartibga rioya etilishini nazorat qilish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini tanlash hamda ularni MIZ va KSZ hududida amalga oshirish uchun joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
loyihalarning MIZ va KSZda amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning loyiha, tanlov va kontrakt hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash va ularni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, MIZ va KSZ faoliyati bilan bogʻliq masalalarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishini muvofiqlashtirish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZning samarali faoliyatini tashkil etish, MIZ va KSZ direksiyalarini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun MIZ direktorlarining nomzodlari boʻyicha takliflar kiritish hamda MIZ va KSZ direksiyalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZlarni rivojlantirishning oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZlarda muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, moliyalashtirishning ochilishi va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZlarda obyektlarni qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha tasdiqlangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini va ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZ qatnashchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga MIZ va KSZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, xorijiy investorlarni jalb etish, moliyalashtirish manbalarini belgilash, barqaror kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotni eksportga yoʻnaltirishda yordam koʻrsatish.
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
3-bob. Maʼmuriy kengashning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli hududda maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat yoʻli bilan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy tartibga rioya etilishini nazorat qilish;
maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishlarini tashkil etish, maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarining direksiyalarini shakllantirish va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va joylashtirish boʻyicha qaror qabul qilish;
tadbirkorlik subyektlarini tanlash va kichik sanoat zonalarida joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi funksiyalarini bajarish;
maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqish, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash;
MIZ va KSZlarni oʻrta muddatli va uzoq muddatli rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari boʻyicha hamda ularning faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga takliflar kiritish;
kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga olish loyihalari va shartnomalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimlarning asosiy shartlarini belgilash;
oʻrnatilgan mezonlarga mos keladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni MIZ va KSZ hududida joylashtirish, maʼmuriy kengash yoki MIZ direksiyasi tasarrufidagi yer yoki bino va inshootlarni ajratib berish, shuningdek, ularga MIZ va KSZ ishtirokchisi maqomini taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
MIZ va KSZ hududida loyihalarning amalga oshirilishini, investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar, MIZ va KSZda faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy koʻrsatkichlari bajarilishini doimiy monitoring qilib borish, investitsiya loyihasida nazarda tutilgan parametrlarga erishishda, ishlab chiqarish quvvatlarining juda toʻliq ishga solinishini taʼminlashda barqaror kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyishda va ishlab chiqarilgan mahsulotning eksportga yoʻnaltirilishida ularga koʻmaklashish;
tegishli MIZ va KSZda investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmaganida investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimlarni belgilangan tartibda muddatidan ilgari bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda koʻmaklashish;
MIZ hududi chegaralarini aniqlashtirish hamda yangi MIZ va KSZlar tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritish;
MIZ va KSZ direksiyalarni shakllantirish va kadrlar tanlash;
KSZ direksiyasi direktorini lavozimiga tasdiqlash;
MIZ direksiyasi direktori lavozimiga nomzodni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
MIZ va KSZ direksiyasi shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini kelishish;
xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladigan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ular foydalanadigan va boshqaradigan yer uchastkalarini, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olinadigan tushumlarning bir qismi hisobiga MIZ va KSZning mustaqil budjetlarini hosil qilish;
MIZ va KSZning mustaqil budjetlari va ularni rivojlantirish jamgʻarmalarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
MIZ va KSZ hududlarida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
4-bob. Maʼmuriy kengashning huquq va javobgarligi
6. Maʼmuriy kengash oʻz zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZ maʼmuriy kengashining vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni qabul qilish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZ maʼmuriy kengashining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maʼmuriy kengash vakolatiga taalluqli statistik maʼlumot va boshqa axborotni belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, MIZ va KSZ ishtirokchilaridan, shuningdek, MIZ va KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga investitsiyaviy buyurtma berayotgan investorlardan soʻrab olish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
MIZ va KSZ ishtirokchilarining investitsiya loyihalari qanday amalga oshirilayotganligini, shu jumladan joylarga borib taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar ular tomonidan toʻgʻri qoʻllanilishini oʻrganishni tashkil etish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
mahalliy ijro hokimiyati organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillarining hamda maʼmuriy kengash aʼzolarining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlari va maʼruzalarini maʼmuriy kengashning majlislarida eshitish;
maʼmuriy kengash faoliyatining gʻoyat muhim masalalari va uning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni tayyorlash va oʻrganish uchun ishchi guruhlarini tuzish.
maʼmuriy kengash qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maʼmuriy kengash:
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, MIZ va KSZda davlat siyosatining amalda samarali roʻyobga chiqarilishi;
MIZ va KSZ faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
MIZ va KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini, dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” hamda MIZ va KSZni rivojlantirishga oid boshqa dasturiy hujjatlar, shuningdek, MIZ va KSZni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va uning hududida muammoli masalalarni hal etish boʻyicha boshqa hujjatlarni samarali amalga oshirish;
MIZ va KSZ hududida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash uchun javobgar hisoblandi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
5-bob. Maʼmuriy kengash raisining asosiy funksional majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
8. Maʼmuriy kengash raisining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga rioya etish;
maʼmuriy kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkillashtirish;
MIZ va KSZ hududida joylashtiriladigan loyihalarni koʻrib chiqishda maʼmuriy kengash aʼzolarining mustaqilligini taʼminlash;
MIZ va KSZ faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
MIZ va KSZ faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, vazirliklar va idoralarning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, topshiriqlarini bajarish;
MIZ va KSZ faoliyatini rejalashtirishni tashkillashtirish, maʼmuriy kengash va direksiyalarning har chorakdagi ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va monitoring qilishning amaliy tizimini yaratish, maʼmuriy kengash faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan maʼmuriy kengash aʼzolarining, MIZ va KSZ direksiyalari direktorlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
davlat xizmatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining yagona portalida va tadbirkorlik subyektlari hamda MIZ va KSZ ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda “yagona darcha” samaradorligi, sifati va foydalanish maxsusligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
6-bob. Maʼmuriy kengash raisi va aʼzolarining javobgarligi
9. Maʼmuriy kengash raisi:
maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu nizomning 7-bandida nazarda tutilgan MIZ va KSZ maʼmuriy kengashining javobgarlik sohalari boʻyicha;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
ushbu nizomning 8-bandida koʻrsatilgan funksional majburiyatlarini sifatli bajarish yuzasidan shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Maʼmuriy kengash aʼzolari oʻzlarining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish yuzasidan, shuningdek:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi:
MIZ va KSZ ishtirokchilarining mahsuloti eksportga yetkazib berilishiga koʻmaklashishning natijadorligi;
MIZ va KSZ hududida amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarning doimo yangilab turiladigan roʻyxatlarini shakllantirish, zarur hajmdagi xomashyo resurslari mavjudligini, mahalliylashtirish darajasini, ishlab chiqarishning valyutada qoplanishini va yaratilayotgan ish oʻrinlarini hisobga olgan holda hududni, infratuzilmani, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari bilan bogʻlagan holda loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan MIZ va KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga beriladigan investitsiyaviy buyurtmalarni sifatli, har tomonlama va tezkor koʻrib chiqish, MIZ va KSZ ishtirokchi-subyektlari tomonidan maʼqullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, korxonalarni muhandislik taʼminoti vositalari bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida shakllantirilishi va amalga oshirilishi yuzasidan;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha ishlarning natijadorligi, shuningdek, tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash, xorijiy investorlarning kompetentligi nuqtai nazaridan MIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga taqdim etiladigan investitsiyaviy buyurtmalarni sifatli va har tomonlama koʻrib chiqish;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari bilan birgalikda ishlamayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish xonalari va yerlarni sinchiklab xatlovdan oʻtkazish va ularda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yangidan qurilayotgan korxonalarini joylashtirish hamda MIZ va KSZning yangi hududlarini yaratish yoki ularni kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlinmasining rahbari — tadbirkorlik subyektlariga biznes-rejalarni hamda MIZ va KSZda joylashtirish rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;
v) davlat boshqaruvi organining ushbu qarorning 14-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha shaxsan javob beradilar”;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. MIZ va KSZ maʼmuriy kengashi faoliyatini tashkil etish
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. MIZ va KSZ maʼmuriy kengashning rahbariyati
(1-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
11. Maʼmuriy kengashga rais rahbarlik qiladi, quyidagilar uning vakolatiga kiradi:
maʼmuriy kengash majlislarining kun tartibini belgilash va chaqirish;
maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi nazoratini tashkillashtirish;
zimmaga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan maʼmuriy kengash aʼzolarining ishini muvofiqlashtirish;
maʼmuriy kengash samarali ishini taʼminlash uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa amallarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
13. Ishchi organ:
maʼmuriy kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va mahalliy ijro hokimiyati organlaridan va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan hamda maʼmuriy kengash aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
maʼmuriy kengash aʼzolarining, loyihalar tashabbuskorlari, investorlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda maʼmuriy kengash majlisining kun tartibini shakllantiradi, keyinchalik uni kelishib olish uchun maʼmuriy kengash raisiga kiritadi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni, shuningdek, maʼmuriy kengash qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni tayyorlashni tashkillashtiradi va maʼmuriy kengash aʼzolarining koʻrib chiqishi uchun barvaqt taqdim etadi;
maʼmuriy kengash majlislarining bayonnomalarini yuritadi va ularning maʼmuriy kengash aʼzolari bilan kelishib olinishini taʼminlaydi;
maʼmuriy kengash qarorlarining ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
maʼmuriy kengash qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisida unga tizimli asosda axborot berib turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Maʼmuriy kengash majlislarini zaruratga qarab, ammo oyiga kamida bir marta oʻtkazadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
15. Majlisni maʼmuriy kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Majlisda ishtirok etish uchun roʻyxatga olish tugagan paytda maʼmuriy kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi roʻyxatga olingan taqdirda maʼmuriy kengash majlisi huquqiy vakolatga (kvorumga ega) hisoblanadi.
16. Maʼmuriy kengash qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganida maʼmuriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda ifoda etishga haqlidir.
Maʼmuriy kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida maʼmuriy kengash aʼzolari bilan soʻrovnoma yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha qarorlarni tasdiqlashi mumkin.
17. Maʼmuriy kengash qarorlari maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasiga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, kotib tomonidan imzolanadi, maʼmuriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kun muddatda maʼmuriy kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Maʼmuriy kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari ishchi organda saqlanadi.
18. Ishchi organ maʼmuriy kengash qarorlarini muntazam oʻrganib, uning bajarilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda maʼmuriy kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
19. Maʼmuriy kengash aʼzolaridan birining tashabbusiga binoan maʼmuriy kengashning navbatdan tashqari majlisi oʻtkazilishi mumkin. Maʼmuriy kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi asosli talab yozma ravishda ishchi organga yuboriladi.
20. Maʼmuriy kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ishchi organ tomonidan majlis oʻtkaziladigan sanadan kechi bilan ikki kun oldin maʼmuriy kengashning har bir aʼzosiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Maʼmuriy kengashning Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Maʼmuriy kengashning Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash maʼmuriy kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Maʼmuriy kengash Vazirlar Mahkamasi bilan shu jumladan quyidagilar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi toʻgʻrisida maʼlum qiladi;
MIZ va KSZni rivojlantirish boʻyicha tegishli dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” hamda boshqa dasturiy hujjatlarning ijrosi, shuningdek MIZ va KSZ hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va muammoli masalalarni hal etish toʻgʻrisida maʼlum qiladi;
MIZ va KSZ faoliyati sohasidagi qonunchilikni amalga oshirishga oid faoliyat natijalari toʻgʻrisida, shuningdek, MIZ va KSZ hududida joylashtirish uchun har bir loyihani tanlab olish natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi;
MIZ va KSZ faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlum qiladi;
oʻz ishining natijalari toʻgʻrisida belgilangan tartib va muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi;
MIZ va KSZ faoliyat yuritadigan hududlarni rivojlantirish muammolarini, shu jumladan MIZ va KSZ ishtirokchilarining va salohiyatli investorlarning muhim muammolarini hal etishga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
8-bob. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari
23. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligiga muntazam baho berib borilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlariga hamda ishchi indikatorlariga asoslanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
25. Maʼmuriy kengash faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
maʼmuriy kengash raisi va aʼzolarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish;
maʼmuriy kengash faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Maʼmuriy kengash organi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi hamda metodikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Maʼmuriy kengashning Vazirlar Mahkamasi oldidagi hisobdorligi
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maʼmuriy kengash raisi kengash vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha, shu jumladan MIZ va KSZni boshqarishga oid qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasi maʼmuriy kengash zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha maʼmuriy kengash faoliyatining doimiy monitoringini amalga oshiradi, kengash faoliyatining samaradorligiga xolis baho beradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
29. Monitoring va baholash natijalariga koʻra maʼmuriy kengashning alohida oʻrnak koʻrsatgan raisi va aʼzolari ragʻbatlantiriladilar yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun javobgarlikka tortilib, hatto egallab turgan lavozimidan ozod qilinadilar.
10-bob. Yakunlovchi qoida
30. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan toʻxtatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 07/17/3356/0179-son; 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)