Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Koʻchirma]
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2879-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 515-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3085, 06.11.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi:
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 1-iyundagi PF-5067-son “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Kengashning 2017-yil 14-martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2879, 2017-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 348-modda) 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
3-son
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 15-bandning beshinchi xatboshisidagi “tayyorlanadi va” degan soʻzlar “tayyorlanib, bir ish kuni davomida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. ilovada:
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar hisoblansin;
yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi va tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari tomonidan moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, barcha qurilishlarda, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi va shaharsozlik norma hamda qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan qisqa muddatli tekshirishlar oʻtkazilganda;”;
oʻninchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narxlarni oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlari olib borilishi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 10/17/2879-2/0112-son, 07.11.2018-y., 10/18/3085/2163-son)