13.10.2017 yildagi PQ-3322-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura va qurilish normalariga muvofiq hududiy infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal surʼatlarda hal etish, aholi farovonligini yaxshilash, suv taʼminoti va kanalizatsiya muammolarini bartaraf etish, mahallalarning ichki yoʻllarini taʼmirlash, ijtimoiy obyektlarni qurish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy soha xodimlari uchun xizmat uylarini qurish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi 780-sonli qarori bilan Toshkent shahri hokimligi huzurida Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Toshkent shahri hokimligining Jamgʻarma ustav jamgʻarmasiga birlamchi ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Toshkent shahri hokimligiga 5 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,25 foizni tashkil qilgan holda, qayta moliyalashtiriladigan bankning yiliga 0,25 foiz miqdordagi jamgʻarmasini hisobga olgan holda, komissiya yigʻimlari undirilmagan ravishda 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi krediti hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini soʻndirish prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan albatta kelishgan holda Toshkent shahri hokimligi tomonidan tuziladigan manzilli roʻyxatlarga muvofiq ishlatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini maqsadli va samarali ishlatish, shuningdek, Jamgʻarmani oʻz vaqtida shakllantirish yuzasidan ijro etuvchi masʼul organ etib Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan kreditini soʻndirish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Toshkent shahrining mahalliy budjeti qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (J.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev) Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda besh kun muddatda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni va aniq manbalarni koʻrsatgan holda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan kreditini soʻndirish mexanizmini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda Toshkent shahri hokimligiga berilgan kreditni maqsadli va samarali ishlatilishi, shuningdek, oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan taʼsirchan monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan krediti boʻyicha Toshkent shahar hokimligi majburiyatlariga doir Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.D. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3322-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-oktabrdagi PQ-3322-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini soʻndirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit summasi‎ 50 mln AQSH dollari ‎ ‎
Kredit muddati‎ ‎‎5 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yil ‎ ‎
Foiz stavkasi‎ ‎‎yiliga2,25 foiz (shu jumladan, marja — 0,25 foiz) ‎ ‎

Toʻlash davri‎‏

‎‏Tanlab olish*

Toʻlov summasi‎‎

Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa*‎‏

Asosiy qarz‎

foizlar*‎

2017-yilning II yarim yilligi‎

50 000,0‎

‎ 188,0‎ 188,0‎
2018-yilning I yarim yilligi‎ ‎ ‎ 561,0‎ 561,0‎
2018-yilning II yarim yilligi‎ ‎ ‎ 564,0‎ 564,0‎
2019-yilning I yarim yilligi‎ ‎ ‎ 561,0‎ 561,0‎
2019-yilning II yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 537,2‎ 7 680,0‎
2020-yilning I yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 456,6‎ 7 599,5‎
2020-yilning II yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 376,0‎ 7 518,9‎
2021-yilning I yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 293,7‎ 7 436,5‎
2021-yilning II yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 214,9‎ 7 357,7‎
2022-yilning I yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 133,4‎ 7 276,3‎
2022-yilning II yarim yilligi‎ ‎ 7 142,9‎ 53,7‎ 7 196,6‎
Jami‎ 50 000,0‎ 50 000,0‎ 3 939,5‎ 53 939,5‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kreditni amaliy tanlab olish summasi va muddatidan kelib chiqqan holda aniqlashtirilishi lozim.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2017-y., 07/17/3322/0107-son)