Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida
Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni ijrosini ta’minlash, shahar infrastrukturasini takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning farovonligini ta’minlovchi keng ko‘lamli dasturlardagi tadbirlarning amalga oshirilishida qo‘shimcha moliyaviy manbalardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi” ni (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Toshkent shahar hokimligi hamda uning ta’sischiligida tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ajratmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Toshkent shahar infrastrukturasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mahalliy ichki yo‘llarni ta’mirlash;
ko‘p qavatli turar joylarni umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
Oldingi tahrirga qarang.
kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirish;
mahalla fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etish hamda badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.
4. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini shakllantirish hamda uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Jamg‘armaning moliyaviy manbalarini kengaytirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar ishlab chiqsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin.