1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 477-sonli “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlar tarifini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mazkur qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish yuzasidan tadbirlarni tashkillashtirsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
808-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 808-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga, shuningdek yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha namoyishlari va demonstratsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bozorlar, yirik savdo, koʻngilochar, dam olish majmualari va markazlari hamda fuqarolar gavjum boʻladigan boshqa joylarda (keyingi oʻrinlarda fuqarolar gavjum boʻladigan joylar deb ataladi) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar shartnomaviy-huquqiy asosda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda PPX boʻlinmalari deb ataladi) tomonidan mazkur joylarda faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda yuridik shaxslar deb ataladi) bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq pulli asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlar yuzasidan shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuzish uchun yuridik shaxs tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlim)ga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, fuqarolar gavjum boʻladigan joyning nomi, manzili, bino va inshootlar hamda atrofidagi hududning sxemasi ilova qilingan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi ariza tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) jamoat tartibini saqlash boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizani koʻrib chiqishda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) jamoat tartibini saqlash boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) yuridik shaxs bilan birgalikda fuqarolar gavjum boʻladigan joy koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzilib, unda obyekt hududining chegarasi, PPX boʻlinmasi shaxsiy tarkibining talab etiladigan soni, xizmat xonalari, post va marshrutlarning joylashuvi, javobgarlik hududi, PPX boʻlinmasi xodimlarining xizmat olib borish vaqti hamda tartiblari belgilanadi, shuningdek, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda shartnoma loyihasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasi tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolar gavjum boʻladigan joyning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasida PPX boʻlinmasining xizmatini tashkil etishning alohida shartlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun PPX boʻlinmasi shaxsiy tarkibining soni, post va patrul yoʻnalishlarining joylashuvi, shuningdek xizmatni oʻtash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoki Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi koʻzdan kechirish dalolatnomasi va shartnoma loyihasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ularni besh ish kunidan kechiktirmagan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan koʻzdan kechirish dalolatnomasida obyektlar chegarasini, PPX boʻlinmasining javobgarlik zonalarini, post va patrul yoʻnalishlarining joylashuvi, soni hamda koʻrsatiladigan xizmatlar smeta qiymatini belgilashda jiddiy kamchiliklar aniqlanganda, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga) mazkur kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish tartiblari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnoma loyihasi amaldagi qonunlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi uch ish kunidan oshmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish hamda PPX boʻlinmasi xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shartnoma tuzish va PPX boʻlinmasi xodimlari uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. PPX boʻlinmasi zimmasidagi vazifalarni qoʻshimcha shtat birliklari ajratilgandan soʻng amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari PPX boʻlinmalari naryadlarining faoliyatini tashkil etish orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. PPX boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularni moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash tuzilayotgan shartnomalar boʻyicha tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. PPX boʻlinmasi xodimlarining xizmatni olib borish tartibi va vaqti, post va marshrutlarning joylashuvi hamda javobgarlik hududlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi tomonidan yuridik shaxs bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolar gavjum boʻladigan joy bir nechta tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan taqdirda, PPX boʻlinmasi xodimlarining xizmatni olib borish tartibi va vaqti, post va marshrutlarning joylashuvi hamda javobgarlik hududlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. PPX boʻlinmalari xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshliqlari taqdimnomasiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. PPX boʻlinmalarining boshqaruv apparati va komandirlar tarkibining umumiy soni (otryad, guruh komandirlari) shartnomalarga asosan ajratilgan shtat birliklarining toʻrt foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. PPX boʻlinmalarining amaldagi shartnomalar asosida kiritilgan shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ichki ishlar organlarining shartnoma asosida fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlari koʻrsatish tariflari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ushbu tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoʻli bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining budjetdan tashqari maxsus hisob-raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablagʻlar xodimlarga oylik maosh berish, ularni moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish PPX boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash va yangilash uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida NAMUNAVIY SHARTNOMA
20____y. “___”___________
_____-son
_____________sh.
Ichki ishlar organining nomi _______________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
Nizom asosida faoliyat yurituvchi va keyingi oʻrinlarda Ijrochi deb ataladi, bir tomondan hamda _________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
asosida faoliyat yurituvchi __________________________________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb ataladi, quyidagilar haqida ushbu Shartnomani tuzdi:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Ijrochi javobgarlik hududlari va patrul yoʻnalishlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatadi, Buyurtmachi esa ushbu Shartnoma shartlariga asosan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlaydi.
(keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.
2.2. Post va patrul yoʻnalishlari belgilangan holda, obyektning chegara hududlari (inshootlari, qurilmalari), javobgarlik hududlari ushbu shartnomaga ilova qilingan va uning ajralmas qismi hisoblangan reja-sxema va post hamda patrul yoʻnalishlari joylashgan joyda koʻrsatiladi. 2.3. Obyektdagi oʻtkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimi Tomonlar kelishuvi boʻyicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Oʻtkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. 2.4. Obyekt muhandislik-texnik va xavfsizlik tizimlari bilan Buyurtmachi tomonidan jihozlanadi. 2.5. Obyektda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, xizmat itlaridan foydalanish mumkin. Xizmat itlaridan foydalanish, ularni boqish, shu jumladan zarur oziq-ovqatlarni ajratish, veterinariya xizmatlari koʻrsatish ichki ishlar organlarining normativ hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 2.6. Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati xodimlari ushbu Shartnoma imzolangandan soʻng ____ ish kuni ichida obyektga jalb etiladi.
3. Narx va hisob-kitob tartibi
3.1. Ushbu Shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga muvofiq quyidagicha hisoblanadi: a) post-soat hisobida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmati oyiga _______________ soʻm, 12 oyga ____________________ soʻm; b) Ijrochi balansida turgan xizmat itini saqlash uchun oyiga______________ soʻm, 12 oyga ________________ soʻm. 3.2. Ijrochi xizmatlari narxi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta koʻrib chiqiladi. 3.3. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan oylik toʻlovning 100 foizini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
4.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: a) Ijrochidan Oʻtkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish yoʻriqnomasiga rioya etishni talab qilish; b) Ijrochi xodimlarining xizmatni oʻtashdagi kamchiliklar va qoidabuzarliklarini bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrishni talab qilish; v) Ijrochi xizmatini tashkil qilish va amalga oshirilishini nazorat qilish; g) Ijrochi tomonidan intizom buzilishining har bir holati boʻyicha tegishli choralar koʻrish maqsadida Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish; d) Ijrochi tomonidan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish. 4.2. Buyurtmachining majburiyatlari: a) mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” __________dagi koʻzdan kechirish dalolatnomasiga asosan, obyektning muhandislik-texnik mustahkamligi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va oʻz hisobidan PPX xodimlarining xizmat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlash, shuningdek zaruratga qarab taʼmirlash ishlarini amalga oshirish; b) Ijrochi bilan hamkorlikda har chorakda kamida bir marta obyektning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirish, zarur holatlarda aniqlangan kamchiliklarni Buyurtmachi tomonidan bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibi koʻrsatilgan holda Tomonlarning masʼul vakillari imzosi bilan dalolatnoma tuzish; v) obyektning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik talablariga javob berishiga rioya etish talablarini bajarish; g) bino va inshootlarda rejalashtirilayotgan kapital taʼmirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ularning ish rejimi va faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini oʻzgartirish yoki yangilarini tashkil etish, qoʻriqlanadigan joy yoki maydonlarni boshqa shaxslarga ijaraga berish, obyektni boshqa shaxsga mulk qilib berish, shuningdek tadbirlar oʻtkazish va buning natijasida xizmat oʻtash tartiblariga, post va patrul yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritish yoki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha muhandislik-texnik vositalarni oʻrnatish talab etilishi haqida Ijrochini kamida ___________ kun oldin ogohlantirish; d) Ijrochining obyektga xizmatga jalb etilgan xodimlari soni, xizmatni tashkil etish tartibi, post va patrul yoʻnalishlari joylashgan joy, xavfsizlikni taʼminlovchi muhandislik-texnik vositalarni joylashtirish tizimlari, shuningdek obyektda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni begona shaxslarga oshkor qilmaslik; e) Ijrochi vakillarini obyektda uning oʻz vazifalarini bajarishiga oid qismiga taalluqli ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish. 4.3. Ijrochining huquqlari: a) Buyurtmachidan obyektda oʻrnatilgan kirish-chiqish va ichki rejim tartibiga rioya qilinishini talab qilish; b) obyektni koʻzdan kechirish dalolatnomasi asosida, tatbiq etilishi zarur boʻlgan xavfsizlikni taʼminlovchi muhandislik-texnik vositalar bilan obyektni jihozlash yuzasidan Buyurtmachiga tavsiyalar berish. 4.4. Ijrochining majburiyatlari: a) shaxsiy tarkibning ushbu Shartnomada koʻrsatilgan zarur xodimlari sonini ajratish, post va patrul yoʻnalishlari joylashuviga muvofiq obyektga naryadlarni qoʻyish; b) ushbu Shartnoma va uning ilovalariga muvofiq xodimlarning oʻz funksional vazifalarini lozim darajada bajarishlarini tashkil etish; v) javobgarlik hududlarida patrullikni amalga oshirish, qoʻriqlanadigan obyektlarda jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni qoʻlga olishga qaratilgan choralarni amalga oshirish; g) obyektni huquqbuzarliklardan himoya qilish, ushbu Shartnomaga muvofiq obyektda oʻrnatilgan kirish-chiqish va ichki rejim tartibini amalga oshirish, belgilangan tartibda obyektga tovar-moddiy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishini nazorat qilish; d) obyekt hududiga fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi, muomalada boʻlishi cheklangan (taqiqlangan) yoxud olib kirishga (chiqishga) Buyurtmachi ruxsati talab etiladigan predmet va buyumlarni ruxsatsiz olib kirish (chiqish)ning oldini olish va bartaraf etish; e) obyektda yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari va normalarini taʼminlashga qaratilgan ishlarni olib borish; j) favqulodda holatlar sodir boʻlganda bu haqda zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamda Buyurtmachi vakilini xabardor qilish, jinoiy harakatlarni bartaraf etishda ularga yordam koʻrsatish choralarini koʻrish; z) Buyurtmachi bilan hamkorlikda har chorakda kamida bir marotaba qoʻriqlanadigan obyektning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik hamda texnik mustahkamlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ularni koʻzdan kechirish, zarur hollarda aniqlangan kamchiliklarni Buyurtmachi tomonidan bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda, Tomonlarning masʼul vakillari imzosi bilan dalolatnoma tuzish; i) Ijrochi tomonidan yoʻl qoʻyilgan majburiyatning har bir qoidabuzarlik holati yuzasidan Buyurtmachi va Ijrochining vakillari ishtirokida 2 nusxada dalolatnoma tuzish, bir nusxasini tegishli choralar koʻrish uchun Ijrochi rahbariga taqdim etish; k) favqulodda holatlar sodir boʻlganda ichki ishlar organlarining maxsus boʻlinmalari va boshqa tegishli idoralar yetib kelguniga qadar jamoat tartibini saqlash, obyektni birlamchi toʻsib olish va qoʻriqlash boʻyicha zarur choralar koʻrish; l) favqulodda holatlarda qoʻriqlanadigan obyektda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun evakuatsiya, qutqaruv va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
5. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Ushbu Shartnomada koʻrsatilgan summa Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmaganda Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlov summasining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning miqdori muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim. 5.2. Ijrochining xodimi postlarda va patrul yoʻnalishlarida asossiz ravishda boʻlmaganligi uchun Ijrochi Buyurtmachiga bir kunlik qoʻriqlash xizmati narxining 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. 5.3. Ijrochi ushbu Shartnoma va uning ilovalarida koʻrsatilgan majburiyatlarni tegishli darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi. 5.4. Mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) toʻlash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
6. Nizolarni hal etish
6.1. Ushbu Shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan nizolar Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
7. Fors-major
7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganligi uchun, agar bunday holat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin va Tomonlar oqilona chora-tadbirlar bilan oldini ololmagan favqulodda tusdagi voqealar oqibatida paydo boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod etiladi. 7.2. Ushbu Shartnomada qayd etilgan vaziyatlar tufayli oʻz majburiyatini bajara olmaydigan Tomon mazkur bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar paydo boʻlgan kundan boshlab ikki kun muddatda ikkinchi Tomonni bunday holat yuzaga kelgani, keyinchalik esa toʻxtatilgani haqida yozma ravishda xabardor qiladi. 7.3. Fors-major holatlari va ularning oqibatlari uch oydan ortiq davom etsa, Ijrochi va Buyurtmachi Shartnomani davom ettirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qiladi va agar bir oy muddat ichida oʻzaro kelishilgan qarorga kelmasa, har bir Tomonga hech qanday talablar qoʻymasdan ushbu Shartnomani bekor qilish huquqi beriladi.
8. Yakunlovchi qoidalar
8.1. Ushbu Shartnoma qayd etilgan barcha kamchiliklar Buyurtmachi tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisida koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuzilganidan soʻng kuchga kiradi. Shartnoma tuzilgan vaqt uni Tomonlar imzolagan sana bilan belgilanadi. 8.2. Ushbu Shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda tuzilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. 8.3. Shartnomaning amal qilish muddati Tomonlar uni imzolab, barcha majburiyatlarini toʻliq bajargandan soʻng belgilanadi. Agar Tomonlardan birortasi ushbu Shartnomaga amal qilish muddati tugagunga qadar 30 kun oldin uni toʻxtatish yoki bekor qilish haqida maʼlum qilmasa, Shartnoma shu muddat hamda shartlarga muvofiq uzaytiriladi. 8.4. Ushbu Shartnomani bekor qilishdan manfaatdor Tomon boshqa Tomonni istalgan muddatdan bir oy oldin bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart. 8.5. Agar xavfsizlikni taʼminotining texnik vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqsa va zudlik bilan kapital taʼmirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi mazkur kamchiliklarni bartaraf etishni rad etsa, Ijrochi 7 kun oldin Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. 8.6. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega. 8.7. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib, Tomonlar ushbu Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimchalar kiritishga haqlidir.