01.05.2017 yildagi PQ-2940-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash respublika, oʻrta va quyi boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifa va funksiyalarning aniq belgilanishi va taqsimlanishini hamda har bir xodimning oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutuvchi sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida xizmatni oʻtashda fuqarolarning huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishini, muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ular tomonidan xizmatni oʻtash jarayonida, ayniqsa tungi vaqtlarda poraxoʻrlik va vakolatni suiisteʼmol qilish holatlariga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashning yuqori mobilligi va samaradorligini oshirishga imkon beradigan yangi ish usullarini joriy etish, huquq-tartibotning guruhlar tomonidan buzilishi va ommaviy tartibsizliklarning barvaqt oldini olish hamda bartaraf etishning taʼsirchan tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatining muvofiqlashtirilishi va tashkiliy-uslubiy taʼminlanishini kuchaytirish, mazkur sohaga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan yaqindan hamkorlik qilish mexanizmlarini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ichki ishlar organlari boʻlinmalari, vazirlik va idoralarning jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni va unga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining javobgarlik hududlariga kirmaydigan joylarda jamoat tartibini va xavfsizlikni taʼminlash tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), shu jumladan profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi tarkibida oʻrnatilgan umumiy shtatlar soni doirasida 50 bosh xizmat otlari biriktirilgan Otliq otryad tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq joylarda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar chogʻida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashda yuqori harakatchanlik hamda mobil toʻsiqlar va halqalarning tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining markaziy koʻchalari, dam olish zonalari va aholi gavjum boʻladigan boshqa joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlarni ushlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga yilqichilik asoslarini va ot minib yurish koʻnikmalarini oʻrgatishni tashkil etish, ushbu sohadagi ijobiy xorijiy tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish, ekstremal vaziyatlarda xizmat otlarini tayyorlash usullari va ulardan foydalanish taktikasini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi Otliq otryadi uchun 50 bosh xizmat otlarini sotib olish, ularning oʻrgatilishini tashkil etish va otliq otryadning toʻlaqonli faoliyatini taʼminlashga oid boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat otlarini tashish uchun moʻljallangan asosan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtotransport vositalarini, shu jumladan shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning yertoʻla va yarim yertoʻla xonalarida joylashgan vaqtincha saqlash hibsxonalarini qayta qurish va rekonstruksiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzavtosanoat” AK mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olgan holda, xizmat otlarini tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining, shu jumladan shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik parametrlarini belgilash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2940-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 357-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)