Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-oktabr,
PF-5200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-sonli qarori 2-bandining beshinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zamonaviy hisoblash jihozlari va usullarini joriy etgan holda gazning qatʼiy hisobga olinishi, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish choralari koʻrilishini taʼminlash”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) mazmuni quyidagicha 51-bandi bilan toʻldirilsin:
“51. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi”;
b) 55-bandi mazmuni quyidagicha xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarining rotatsiya tartibi Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-sonli qarori bilan tasdiqlangan forma kiyimida yurish nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxati 4-bandining “Vazirlik, idora va tashkilot nomi” grafasidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toifalashtirilgan sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 9-sentabrdagi PQ-2234-sonli qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)