Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashda qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli “2021-2023-yillarda yoshlar uylarini qurishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yoʻli bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yosh oilalar uchun uy-joylar qurish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorlarida (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) nazarda tutilgan tartibda va mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2018 — 2021-yillarda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylar qurish parametrlarini ilovaga* muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qayd etilsinki, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berishning quyidagi shartlari belgilangan:
shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 2 (2020-yil 1-yanvardan boshlab — 1) yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan (2020-yil 1-yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 10 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 2 (2020-yil 1-yanvardan boshlab — 1) yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan (2020-yil 1-yanvardan boshlab birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal uy-joy smeta qiymatining 10 foizini tashkil etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:
uy-joylarning dastlabki badallari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga asosan yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobiga shakllantiriladi;
ipoteka krediti boʻyicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foiz toʻlovlari yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
kreditdan foydalanishning birinchi besh yili davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 760-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/760/3731-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini taʼminlash uchun har yili tasdiqlanadigan smetalar doirasida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badallarni toʻlash hamda foizli xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan kelishgan holda, uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar beriladigan, Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, mamlakat hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylarni taqsimlashning hamda ularga ipoteka kreditlari boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar berishning shaffofligini taʼminlaydigan elektron tizimni 2018-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin va joriy qilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
753-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/753/0048-son; 12.09.2019-y., 09/19/760/3731-son, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)