Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2018 30.09.2017 yildagi PQ-3304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2018
Hujjat 30.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-sonli “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini tadbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga muvofiq Xalq taʼlimi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli taʼlim-tarbiyasini tashkil etish va ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish vazifalari yangi tuzilgan Maktabgacha taʼlim vazirligi zimmasiga yuklatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, vazirlik faoliyatini umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirish, taʼlimning boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini hamda masʼuliyatini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish orqali taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni har tomonlama rivojlantirish, oʻquvchilarning bilimi va maʼnaviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, oʻrta taʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlash orqali 11 yillik oʻrta taʼlimni joriy etish boʻyicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunar oʻrgatish hamda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatishda metodik rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitish samaradorligini taʼminlash, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va mehnat taʼlimini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchidan, xalq taʼlimi muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boʻlimlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchidan, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchidan, taʼlim muassasalarida budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda budjet intizomiga rioya etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchidan, taʼlim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 68 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika taʼlim markazining tuzilmasi 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining tuzilmasi 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi markaziy apparati va hududiy xalq taʼlimi boshqaruvi idoralari tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Institut xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tayanch taʼlim muassasasi hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika taʼlim markazining ustavini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining ustavini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ustavini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Respublika taʼlim markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodistlari mehnatiga haq toʻlash Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi metodistlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari asosida, mukofotlash hamda moddiy yordam koʻrsatish esa Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)xalq taʼlimi boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3304-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 07/17/3304/0037-son)