Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKENERGO” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini va aholisini energiya bilan uzluksiz taʼminlash, respublikaning energetika va koʻmir tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, ularni barqaror va mutanosib rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi va koʻmir ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son Farmonida belgilangan energetika sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy prinsiplari va ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini boshqarish va tashkil etishni takomillashtirishning eng muhim maqsadli vazifalari hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi energetika tizimini rivojlantirish va isloh qilishning qabul qilingan bosh dasturiga muvofiq energetika tarmogʻi korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, tarmoqning energiya ishlab chiqarishni (IES, GES, IEM), uni uzatishni (magistral elektr tarmoqlari), uni taqsimlashni va sotishni taʼminlovchi (hududiy elektr tarmoqlari) yagona elektr energetika tizimi korxonalari funksiyalarini aniq belgilash, ularning oʻzaro bogʻliq, mutanosib va oʻzaro hamkorligi boʻyicha ishlarni izchil amalga oshirsin.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda tarmoqning loyihalash, qurilish-montaj va taʼmirlash korxonalari ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilsin.
Elektr energetikasida yalpi xarajatlarni yanada kamaytirish, respublika koʻmir resurslaridan oqilona foydalanish, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining energetika quvvatlari va koʻmir sanoatining mutanosib rivojlantirilishini taʼminlash uchun “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aniq yordam koʻrsatilsin, bunda jadal muddatlarda uni zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish nazarda tutilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tarmoqdagi elektr energetikasi korxonalarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani xususiylashtirish va aksiyalashtirish boʻyicha ishlar sust amalga oshirilayotganligi qayd qilib oʻtilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarorida hamda 2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning tasdiqlangan dasturida belgilangan energetika tarmogʻi obyektlarini xususiylashtirish boʻyicha topshiriqlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga, xususiylashtirish toʻgʻrisida, uni oʻtkazish muddatlarini, elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini (IES, GES, IEM) koʻrsatgan holda takliflar kiritsinlar.
4. Quyidagilar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasi va koʻmir bilan barqaror taʼminlash, respublika energiya tizimi ish rejimlarini tartibga solish va muvofiqlashtirish;
elektr energetikasini va koʻmir sanoatini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, elektr energiyasi hamda koʻmir ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar negizida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga ishlab chiqaruvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini, koʻmir sanoati korxonalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni amalga oshirish;
koʻmir tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini muvofiqlashtirish, koʻmir konlarini ochish va qazib olishning samarali tizimlari va metodlarini joriy etish, uni ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda undan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda ustun darajada foydalanish, energiyaning tiklanayotgan, shu jumladan noanʼanaviy manbalarini rivojlantirish va joriy etish;
respublika korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda elektr energiyasi va koʻmirni tejash, ulardan oqilona foydalanish hamda ularning isrof boʻlishini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, tarmoq korxonalariga ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning raqobatga bardoshli yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda, ularning jahon bozorlariga chiqishida koʻmaklashish;
kompaniyaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari koʻrsatish;
elektr energetikasi va koʻmir sanoati kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
elektr energiyasini uzatish va elektr uzatish liniyalaridan hamda yordamchi stansiyalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi magistral elektr tarmoqlarining hududiy filiallarini qayta tashkil etish va ular negizida “Oʻzelektrtarmoq” yagona unitar korxonasiga birlashtirilgan 5 ta zonal filiallar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Bunda ularning asosiy maqsadi — elektr energiyasi isteʼmolchilariga barqaror va uzluksiz xizmat koʻrsatish va energiya tarmoqlarining texnik jihatdan tayyorligini doimo yuqori darajada saqlash ekanligi;
“Oʻzenergiyaaloqa” va “EnergoABTsozlash” korxonalarini “Oʻzelektrtarmoq” unitar korxonasi filiallari etib qayta tashkil etish;
“Oʻzenergiyasotish” korxonasini “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi filialiga aylantirish;
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tarkibiy qayta oʻzgartirishni davom ettirish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi PQ-2559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 348-modda)
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 63 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 55 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmalardan iborat tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-avgustdagi 246-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 33-34-son, 393-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2004-yil 1-oktabrgacha, belgilangan tartibda:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondini aksiyalarning 6-ilovaga muvofiq davlatga tegishli paketlarini (ulushlarni) berish hisobiga koʻpaytirsin;
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini unga “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga 7-ilovaga muvofiq uning filiallari sifatida birlashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining sof aktivlarini kiritish hisobiga koʻpaytirsin, shuningdek “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va uning aksiyalari emissiyasi prospekti roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
qayta tashkil etilayotgan korxonalar aksiyalari paketlarining tarkibiga mazkur korxonalar kiradigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalariga almashtirilishini, shuningdek aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini, ular professional boshqaruvchi kompaniyalarga tanlov asosida beriladigan davrgacha ishonchli boshqaruvga berilishini 8-ilovaga muvofiq taʼminlasin;
energetika tarmogʻi korxonalarining ustav sarmoyalarini ushbu qarorga muvofiq oʻzgartirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari balansiga balansdan tekin beriladigan va qabul qilinadigan ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy fondlar qiymati daromad (foyda) soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun uni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
10. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 9-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tuzilsin.
Ishchi komissiya 2004-yilning 1-oktabrigacha “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 27-maydagi 271-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-iyun,
290-son
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tarkibiy oʻzgartirishni davom ettirish chora-tadbirlari roʻyxati
1. 35 va 110 kilovoltli taqsimlash tarmoqlarini “Oʻzelektrtarmoq” korxonasi balansidan elektr energiyasini taqsimlash va sotish boʻyicha mintaqaviy korxonalar balansiga berish.
2. “Oʻzelektrtarmoq” korxonasining Andijon va Samarqand filiallari tarkibiga kiruvchi GES kaskadlarini “Toshkent GESlari kaskadi” korxonasi balansiga berish.
3. “Shahrisabz elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Qashqadaryo elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish.
4. “Oʻzenergiyasotish” korxonasini, uning xodimlari sonini qoʻshgan holda, filial sifatida “Oʻzbekenergo davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish.
5. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasini, aksiyalar paketining 51 foizini davlat tasarrufida saqlab qolgan holda “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish.
6. “Kon-texnologiya asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi”, “Koʻmirqurilish”, “Koʻmirenergo”, “Belazkoʻmir” va “Aloqakoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga uning filiallari sifatida birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish.
7. “Boysunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Shargʻunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi PQ-2559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-iyuldagi PQ-2559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 348-modda)
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 86-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-avgustdagi 246-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 33-34-son, 393-modda)
Aksiyalarning davlatga tegishli paketlari (ulushi) “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga beriladigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar
ROʻYXATI
|
T/r |
Korxonalar nomi |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik |
Joylashgan oʻrni |
| 1. | “Oʻzbekkoʻmir” OAJ | 26 | Toshkent shahri |
| 2. | “Oʻzbekgidroenergoqurilish” OAJ | 51 | Toshkent shahri |
| 3. | “Oʻzbekenergotaʼmir” OAJ | 51 | Toshkent shahri |
| 4. | “Oʻzenergotaʼminlash” OAJ | 51 | Toshkent shahri |
| 5. | “Xodimlar tayyorlash markazi” MCHJ | 51 | Toshkent shahri |
| 6. | “Gidroloyiha” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 7. | “ORGRES” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 8. | “Energotaʼmir” ITK OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 9. | “Elektrqishloqqurilish” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 10. | “Qishloqelektrqurilish” OAJ | 25 | Samarqand viloyati |
| 11. | “Elektrtarmoqqurilish” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 12. | “Maxsuselektrtarmoqqurilish” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 13. | “4-Montaj boshqarmasi” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 14. | “Gidromaxsusqurilish” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 15. | “Energoimpeks” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 16. | “Energomaxsusavto” OAJ | 25 | Toshkent shahri |
| 17. | “Issiqlikelektrloyiha” OAJ | 17 | Toshkent shahri |
Sof aktivlari “Oʻzbekkoʻmir” OAJ ustav fondiga beriladigan tugatilayotgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati
1. “Koʻmirenergo” OAJ
2. “Kon-texnologiya asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi” OAJ
3. “Belazkoʻmir” OAJ
4. “Koʻmirqurilish” OAJ
5. “Aloqakoʻmir” OAJ
I. Korxonalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda aksiyadorlariga aksiyalar almashtirib beriladigan
KORXONALAR VA TASHKILOTLAR
KORXONALAR VA TASHKILOTLAR
|
T/r |
Qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari nomi |
Aksiyalariga almashtirib | |
| 1. | “Shahrisabz elektr tarmoqlari” OAJ | “Qashqadaryo elektr tarmoqlari” OAJ | |
| 2. | “Kon-texnologiya asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi” OAJ | “Oʻzbekkoʻmir” OAJ | |
| | “Koʻmirqurilish” OAJ “Koʻmirenergo” OAJ |
| |
| | “Belazkoʻmir” OAJ “Aloqakoʻmir” OAJ |
| |
| 3. | “Boysunkoʻmir” OAJ | “Shargʻunkoʻmir” OAJ | |
|
| |||
|
T/r |
Aksiyadorlik jamiyati nomi |
Ustav fondidagi davlatga tegishli ulush miqdori, % |
Aksiyalarning davlatga tegishli paketi ishonchli boshqaruvga beriladigan tashkilot |
| 1. | “Oʻzbekkoʻmir” OAJ | 25 | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| 2. | “Yerostigaz” OAJ | 25 | “Oʻzbekkoʻmir” OAJ |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
| Sultonov Oʻ.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Shoismatov E.R. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Klimenko A.I. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori |
| Abdullayev X.N. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari |
| Yakovlev I.G. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Saidova G.K. | — | Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Abdurashidov A.A. | — | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Ashrafxonov B.B. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Sodiqov X.M. | — | Adliya vazirining oʻrinbosari |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarorida:
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “shuʼba” soʻzi “unitar” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektr energiyasi sotish miqdoridan (uni yetkazib berish boʻyicha xizmatlardan) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning korxonalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha faqat oxirgi isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotish miqdori qismiga amalga oshiriladi”;
v) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “7” raqami “6” raqami bilan, “6” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
ilova nomidan “shuʼba” soʻzi chiqarib tashlansin;
beshinchi ustunning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi aktivlarida saqlanadigan ulush, * foizlarda”;
izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“*) aksiyalarning qolgan paketlari ularni investorlarga sotgunga qadar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi aktivlari hisoblanadi;
d) 5-ilovada:
beshinchi ustunning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi aktivlarida saqlanadigan ulush, * foizlarda”;
1-boʻlimdan oltinchi satr (Shahrisabz ETK) chiqarib tashlansin;
2 va 3-boʻlimlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“*) aksiyalarning qolgan paketlari ularni investorlarga sotgunga qadar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi aktivlari hisoblanadi. Bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi 5 foizgacha aksiyalar mehnat jamoasiga sotilishi nazarda tutiladi”;
e) 9-ilovada:
ilova nomidan “shuʼba” soʻzi chiqarib tashlansin;
8, 9 va 11-pozitsiyalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshi, 3 va 6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida:
a) 3-ilovada:
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi” soʻzlari “Oʻzbekkoʻmir” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi 46-1-pozitsiyasi qoʻshilsin:
|
46—1 |
9 | “Oʻzbekkoʻmir” OAJ | Toshkent shahri | 26,0 25,0 | *** |
39—43, 45, 46-pozitsiyalardagi oltinchi ustundan “25,0” raqami beshinchi ustunga oʻtkazilsin;
52, 53, 55-pozitsiyalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“**** sotiladigan aksiyalar paketi, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga uning filiallari sifatida birlashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalar paketlari almashtirilgandan keyin aniqlanadi”;
b) 4-ilovada:
109—113-pozitsiyalardagi “51,0” raqami oltinchi ustundan beshinchi ustunga oʻtkazilsin;
122, 124—126-pozitsiyalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
123-pozitsiyadagi “Shargʻun” shaxtasi” soʻzlari “Shargʻunkoʻmir” OAJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 1-ilovadagi 12 va 14-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.