Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2004 27.05.1994 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KO‘MIR SANOATINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli “O‘zbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida O‘zbekiston Respublikasida ko‘mir qazib olish va sotish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘mir qazib olish O‘rta Osiyo ishlab chiqarish birlashmasi (“O‘rtaosiyoko‘mir” IB) korxonalari va tashkilotlarining birlashmani 1-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlar negizida ko‘mir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (“Ko‘mir” AB)ga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi mustaqil yuridik shaxs sifatida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, respublika hamda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar aksionerlik birlashmasining qatnashchilari hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining dastlabki ustav fondi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar va tashkilotlarning davlat mulki hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalarning davlat mulki asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi “O‘rtaosiyoko‘mir” ishlab chiqarish birlashmasining majburiyatlari va u tuzgan shartnomalar bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblangan holda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida, aksionerlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashma Ustaviga muvofiq, moliya-xo‘jalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor konyunkturasidan va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, respublika ko‘mir sanoati korxonalari –– mulkchilikning barcha shakllaridagi aksionerlarning faoliyatini tashkil etish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda yagona texnika siyosatini yurgizish, ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini tashkil etish, ijtimoiy vazifalarni hal qilish, ko‘mir va boshqa foydali qazilmalarni qidirish, qazib olish va qayta ishlash, tijoratchilik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘mir ishlab chiqarish va respublikaning unga bo‘lgan ehtiyoji, uni aholiga va xalq xo‘jaligiga sotish balansini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining ijro etuvchi organi tuzilmasiga 2 va 2a* ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2a -ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda birlashma Kengashi tomonidan saylanadilar. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining yuqori organi aksionerlarning yig‘ilishi hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 21 -son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi Boshqaruviga tarmoq korxonalarining davlat mulkini hamda aksiyalarning davlatga tegishli ulushini boshqarish huquqini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi bir oy muddatda Ustavni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi Toshkent shahar, M-14, 27-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 27-maydagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘mir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (“Ko‘mir”AB)ning ijro etuvchi organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Rahbariyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti kon ishlari texnologiyalari va ko‘mir qazib olish bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq kon ishlari texnologiyalari va ko‘mir qazib olish bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va tabiatni muhofaza qilish bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marksheyderlik-geologiya bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va yangi texnika boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizatsiya va aloqa bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejalashtirish va moliya boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosli qurilish va ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika ta’minoti va butlash boshqarmasi (“O‘zko‘mirbutlash”)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transporti bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing va mahsulot sotish boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus bo‘lim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat huzuridagi apparat