Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2022 12.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2600-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2022
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish Haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2600-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 17-iyundagi 2014-25-son qarori (roʻyxat raqami 2600, 2014-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-46-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarga soliq solish” degan soʻzlar “jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, jismoniy shaxsning pasport maʼlumotlari asosida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxsni roʻyxatga olish varaqasi toʻldiriladi hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi tomonidan ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimiga taqdim etiladi. Oʻz navbatida, ushbu masʼul xodim tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Jismoniy shaxsning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq solish obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxsning soliqlarini hisobga qoʻyish varaqasi toʻldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimiga taqdim etiladi va mazkur maʼlumotlar Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish dasturiy majmuasiga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan soliq toʻlovchi — yuridik shaxslarni tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish uchun soliq toʻlovchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq toʻlovchi — yuridik shaxsni roʻyxatga olish varaqasi toʻldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi va kameral nazorat boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda Soliq toʻlovchi — yuridik shaxsni roʻyxatga olish varaqasi toʻldirilgandan keyin tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi va kameral nazorat boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi uni ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimiga taqdim etadi. Oʻz navbatida, ushbu masʼul xodim tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5 va 8-ilovalardagi “KTUT kodi” degan soʻzlar “IFUT kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1018-modda)