Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2022 12.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2600-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish Haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 12-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2600-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 17-iyundagi 2014-25-son qarori (ro‘yxat raqami 2600, 2014-yil 10-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 28-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-46-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarga soliq solish” degan so‘zlar “jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi”degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari asosida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsni ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etiladi. O‘z navbatida, ushbu mas’ul xodim tomonidan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Jismoniy shaxsning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq solish obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsning soliqlarini hisobga qo‘yish varaqasi to‘ldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etiladi va mazkur ma’lumotlar Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish dasturiy majmuasiga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan soliq to‘lovchi — yuridik shaxslarni tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish uchun soliq to‘lovchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — yuridik shaxsni ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq ma’muriyatchiligi va kameral nazorat bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda Soliq to‘lovchi — yuridik shaxsni ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldirilgandan keyin tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq ma’muriyatchiligi va kameral nazorat bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi uni ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etadi. O‘z navbatida, ushbu mas’ul xodim tomonidan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5 va 8-ilovalardagi “KTUT kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1018-modda)