1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini | ||||
|
1. |
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2017-yil sentyabr |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. |
Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2017-yil sentyabr |
- |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jizzax politexnika instituti |
|
3. |
Xorijiy tajriba va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari �a dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2017-yil oktyabr |
- |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik | ||||
|
4. |
Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari modullari boʻyicha oʻquv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish. |
2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy |
Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davla� arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Jizzax politexnika instituti |
|
5. |
Jizzax politexnika instituti rasmiy veb-saytida arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining veb-sahifasini yaratish, axborot-taʼlim muhitini shakllantirish (shu jumladan, onlayn-elektron oʻquv materiallari kutubxonasini tashkil etish). |
2018-yil yanvar |
- |
Jizzax politexnika instituti |
|
6. |
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini respublikaning davriy ilmiy va xorijiy jurnallari bilan muntazam taʼminlash. |
2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy |
Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Jizzax politexnika instituti |
|
7. |
Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun Samarqand davlat-arxitektura qurilish instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutidan yetakchi professor-oʻqituvchilarini, sohaning malakali amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislarini jalb etish. |
oʻquv kurslari rejasiga muvofiq |
Buyurtmachilar mablagʻlari |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Jizzax politexnika instituti |
|
III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari | ||||
|
8. |
Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini Jizzax politexnika instituti hududida joylashtirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ehtiyoj boʻyicha oʻquv auditoriyalarini ajratish. |
2017-yil sentyabr |
- |
Jizzax politexnika instituti |
|
9. |
Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan oʻquv auditoriyalarini joriy va mukammal taʼmirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish. |
2017-yil sentyabr-oktyabr |
Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari ishlab topilgan mablagʻlari |
Jizzax politexnika instituti |
|
10. |
Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini asoslangan buyurtmanomalar boʻyicha mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda oʻqitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash, internet tizimiga ulanishini taʼminlash. |
2017-yil oktyabr |
Buyurtmachilar mablagʻlari va Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Jizzax politexnika instituti |
4-ILOVA