05.09.2017 yildagi 699-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini
tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini yaratish

1.

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil sentyabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil sentyabr

-

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jizzax politexnika instituti

3.

Xorijiy tajriba va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari �a dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil oktyabr

-

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik
va axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish va professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish

4.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari modullari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish.

2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davla� arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti

5.

Jizzax politexnika instituti rasmiy veb-saytida arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining veb-sahifasini yaratish, axborot-ta’lim muhitini shakllantirish (shu jumladan, onlayn-elektron o‘quv materiallari kutubxonasini tashkil etish).

2018-yil yanvar

-

Jizzax politexnika instituti

6.

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini respublikaning davriy ilmiy va xorijiy jurnallari bilan muntazam ta’minlash.

2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Jizzax politexnika instituti

7.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Samarqand davlat-arxitektura qurilish instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutidan yetakchi professor-o‘qituvchilarini, sohaning malakali amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislarini jalb etish.

o‘quv kurslari rejasiga muvofiq

Buyurtmachilar mablag‘lari

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti

III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari
va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash

8.

Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini Jizzax politexnika instituti hududida joylashtirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ehtiyoj bo‘yicha o‘quv auditoriyalarini ajratish.

2017-yil sentyabr

-

Jizzax politexnika instituti

9.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan o‘quv auditoriyalarini joriy va mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish.

2017-yil sentyabr-oktyabr

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lari

Jizzax politexnika instituti

10.

Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini asoslangan buyurtmanomalar bo‘yicha mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash, internet tizimiga ulanishini ta’minlash.

2017-yil oktyabr

Buyurtmachilar mablag‘lari va Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti