O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-sonli “Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jizzax maxsus industrial zonasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish hamda Jizzax politexnika institutini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-iyun,
157-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 157-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Jizzax politexnika institutining tashkiliy
TUZILMASI
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 25-son, 307-modda)