05.09.2017 yildagi 699-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Jizzax politexnika instituti tarkibida arxitektura va qurilish fakultetini hamda mazkur fakultet tarkibida yuridik shaxs maqomisiz arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va qurilish sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va qurilish sohasidagi innovatsiyalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga tatbiq etish, mutaxassislarning loyihalash va qurilish yoʻnalishidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash borasidagi kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini tashkil etish, oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, Jizzax politexnika institutining tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda mashgʻulotlarni olib borish uchun oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini, malakali amaliyotchilar hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz oʻz faoliyatini oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish arxitektura va qurilish sohasida ish olib boruvchi tashkilotlarning real va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi buyurtmasiga muvofiq toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning xodimlariga oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus vazirligi bilan kelishilgan holda Jizzax politexnika instituti rektori tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning xizmat koʻrsatish faoliyati yoʻlga qoʻyilgunga qadar uni moliyaviy taʼminotini amalga oshirish Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda oʻqitish uchun toʻlov narxlari amaldagi tariflar asosida oʻqitish va markazni saqlash xarajatlaridan kelib chiqib Jizzax politexnika instituti tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida oʻqitish uchun olingan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar Markazning moliyaviy manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Markazda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili belgilanishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
699-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Institut (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan soni — 7 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini tashkil etish, oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini
tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini yaratish

1.

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil sentyabr

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil sentyabr

-

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jizzax politexnika instituti

3.

Xorijiy tajriba va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari �a dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil oktyabr

-

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik
va axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratish va professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish

4.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari modullari boʻyicha oʻquv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish.

2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

Davla� arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Jizzax politexnika instituti

5.

Jizzax politexnika instituti rasmiy veb-saytida arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining veb-sahifasini yaratish, axborot-taʼlim muhitini shakllantirish (shu jumladan, onlayn-elektron oʻquv materiallari kutubxonasini tashkil etish).

2018-yil yanvar

-

Jizzax politexnika instituti

6.

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini respublikaning davriy ilmiy va xorijiy jurnallari bilan muntazam taʼminlash.

2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

Jizzax politexnika instituti

7.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun Samarqand davlat-arxitektura qurilish instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutidan yetakchi professor-oʻqituvchilarini, sohaning malakali amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislarini jalb etish.

oʻquv kurslari rejasiga muvofiq

Buyurtmachilar mablagʻlari

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Jizzax politexnika instituti

III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari
va oʻqitishning texnik vositalari bilan jihozlash

8.

Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini Jizzax politexnika instituti hududida joylashtirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ehtiyoj boʻyicha oʻquv auditoriyalarini ajratish.

2017-yil sentyabr

-

Jizzax politexnika instituti

9.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan oʻquv auditoriyalarini joriy va mukammal taʼmirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish.

2017-yil sentyabr-oktyabr

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari ishlab topilgan mablagʻlari

Jizzax politexnika instituti

10.

Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini asoslangan buyurtmanomalar boʻyicha mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda oʻqitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash, internet tizimiga ulanishini taʼminlash.

2017-yil oktyabr

Buyurtmachilar mablagʻlari va Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Jizzax politexnika instituti

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2014-yil 12-iyundagi 157-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 963-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)