04.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining qarori, 04.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925
Кучга кириш санаси
12.12.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlari — banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilotlari (mikromoliya tashkiloti, lombard, kafolatlar berish tashkiloti, faktoring tashkiloti va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat — nobank kredit tashkilotining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki nazorat xizmati — nobank kredit tashkilotining ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan maxsus boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul xodim — ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalarining harakatlari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qoidalar — nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish toʻgʻrisida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumonli operatsiya — ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida nobank kredit tashkilotida gumon uygʻotuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan operatsiya;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida nobank kredit tashkilotida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida aniqlash;
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini tushunish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar yoki hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(2-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;
(2-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari);
(2-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominant — jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs tomonidan uning nomidan tashkilotga nisbatan muayyan maqomda ish yuritish uchun tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominator — nominantga bevosita yoki bilvosita oʻz nomidan direktor yoki aksiyador sifatida harakat qilish toʻgʻrisida koʻrsatma beradigan jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlik darajasi — nobank kredit tashkilotlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida operatsiya ishtirokchilaridan birining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan solishtirish jarayonida mos kelish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash holatlar — operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan qisman mos kelishi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarni tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek nobank kredit tashkilotini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi maʼlumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini oʻrganish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan tartibda gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday maʼlumotlarni boshqa kredit tashkilotlari hamda davlat organlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
(4-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkiloti xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkiloti tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkiloti faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organining vakolatli xodimlari, nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan ichki nazorat tizimini tashkil etilishini va uning faoliyatidagi xato va kamchiliklarning bartaraf etilishini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda harakat qilish.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda quyidagilar aks ettirilgan ichki qoidalarni ishlab chiqishi lozim:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda toʻxtatib turilgan operatsiyalarni yoxud ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarni doimiy nazorat va monitoring qilish tartibi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishiga ruxsat olish uchun bergan murojaatlarini maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tanlash boʻyicha malaka talablari va tartiblari;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi hamda qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari, mazkur Qoidalarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nobank kredit tashkilotining oliy boshqaruv organi yoki kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Nobank kredit tashkilotining nazorati ostida yoki ahamiyatli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki nazorat tizimi nobank kredit tashkiloti faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchiliklar darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi, shu jumladan nobank kredit tashkilotining filiallaridagi tuzilmasi tashkilotning yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organining qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki nazorat nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv organi tomonidan tayinlanadigan masʼul xodim yoki nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari, shuningdek tashkilotning har bir filialidagi masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 25 kishidan ortiq boʻlmagan va filiallarga ega boʻlmagan nobank kredit tashkilotida masʼul xodim funksiyalari tashkilot rahbariga yuklatilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari lavozimiga tayinlanuvchi shaxsdan quyidagilar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bilish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, nobank kredit tashkilotining masʼul xodimini yoki Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida tayinlangan shaxslar toʻgʻrisidagi soʻrovnoma maʼlumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida nobank kredit tashkiloti boʻlinmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, nobank kredit tashkilotining elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari mutaxassislaridan yordam soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining xonalariga kirish, shuningdek nobank kredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), maʼlumotlarni kompyuterda qayta ishlash va maʼlumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi organ rahbarining yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosariga Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida farmoyish loyihasini kiritishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan qonunchilik hujjatlariga muvofiq mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish yoki mavjud maʼlumotlarni tekshirish yuzasidan nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organiga takliflar taqdim etish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari nobank kredit tashkiloti nomidan toʻlov (hisob-kitob) va buxgalteriya, shuningdek nobank kredit tashkiloti zimmasiga xatarlar keltiradigan boshqa hujjatlarni imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas, mazkur Qoidalarning 10-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holat bundan mustasno.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, ularni hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki nazorat xizmati rahbari nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi (ijroiya) organi aʼzosi yoki rahbarining oʻrinbosari boʻlib hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldrilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimi bevosita nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining xodimlari masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nobank kredit tashkilotining boʻlinmalari xodimlarining masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida nobank kredit tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant va tekin taqdim qilinuvchi boshqa mablagʻlarni olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilar (ishtirokchilar, aksiyadorlar) tarkibiga yangi shaxslar kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz qonun hujjatlariga muvofiq kreditlar, mikrokreditlar, mikroqarzlar, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni olish uchun murojaat qilganda;
(21-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring) boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz mikromoliya tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan lizing olish uchun murojaat qilganida;
(21-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablagʻlari bilan bajarish uchun murojaat qilganida, shu jumladan bunday operatsiya oʻzaro bogʻliq boʻlib koʻrinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;
(21-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-6, 13.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishda;
(21-band “a” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlar berishda;
(21-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mijoz bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summada bir martalik maslahat yoki axborot xizmatlaridan foydalanishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda, shu jumladan bunday operatsiya oʻzaro bogʻliq boʻlib koʻrinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;
(21-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Qoidalarda belgilangan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda;
(21-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga gumonlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz nomidan ish koʻrayotgan shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish munosabatlari yoki oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarni maqsadi va xarakterini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik xususiyati, shu jumladan zarur boʻlganda mablagʻlar manbasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari mijoz yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaxs ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan:
(22-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina nobank kredit tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
(22-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaxslarning oila aʼzolariga yoki yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan ham koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Nobank kredit tashkilotlari mazkur Qoidalarning 22-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻngi javobgarlik nobank kredit tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda nobank kredit tashkilotlari:
(221-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 344-V-5 va 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-5, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2925-5/0663-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini koʻrsatishi lozim.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 344-V-2, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-2, 30.09.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/2925-2/3845-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda nobank kredit tashkilotlari ushbu mijozga nisbatan quyidagi lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari shart:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz haqida ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlarni toʻplash va qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mijoz tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Nobank kredit tashkilotlari axborot tizimlaridagi aniqlilik darajasini har bir xizmat yoki operatsiya toifasining tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlik darajasi operatsiya ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarining har bir elementi boʻyicha alohida belgilanishi lozim.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, nobank kredit tashkilotlari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, nobank kredit tashkilotlari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki raqamli identifikatsiya asosida amalga oshiriladi. Bunda nobank kredit tashkiloti jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli bilan tanishib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli identifikatsiya asosida amalga oshirilganda Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) belgilangan choralarni koʻrishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yuridik shaxslarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda nobank kredit tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan maʼlumotlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular bevosita mijozni oʻzidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mijoz yoki mijozning benefitsiar mulkdori mulkchilik tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida nobank kredit tashkiloti pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning benefitsiar mulkdori — jismoniy shaxsni identifikatsiya qilishi, ishonchli manbadan olingan maʼlumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganish orqali, benefitsiar mulkdorning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining/ulushlarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari/ishtirokchilari) toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pirovardida yuridik shaxsning ulushiga (kamida oʻn foiz) egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaxsiy maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar koʻrilgan choralar boʻyicha nazorat qiluvchi ulushga ega boʻlgan shaxs benefitsiar mulkdor ekanligiga shubha tugʻilsa yoki ulushga boʻlgan mulk huquqi boshqaruvini amalga oshiruvchi shaxslar boʻlmasa, yuridik shaxs ustidan nazoratni boshqa usullar bilan amalga oshirayotgan shaxs(lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaxsiy maʼlumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti tomonidan koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, nobank kredit tashkilotlari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxsni identifikatsiya qilishi va uning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Nobank kredit tashkilotlari yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida mijozning direktori yoki taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) nominant ekanligi aniqlagan taqdirda, bu haqida va nominator toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nobank kredit tashkiloti yuridik shaxs — mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun oʻrnatilgan talablar qoʻllaniladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Nobank kredit tashkilotlari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi va tegishli vaqtda bunday mavjud munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, bunday tekshirishlar qachon oʻtkazilganligi va umuman oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligini hamda olingan maʼlumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda oʻtkazishlari kerak.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan Roʻyxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda nobank kredit tashkiloti mazkur Qoidalarning 8-bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq soʻralayotgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning shaxsan oʻzi yoki uning vakili boʻlmagan hollarda xizmat koʻrsatish, nobank kredit tashkiloti avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan yoki mijozlarning biometrik maʼlumotlari asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga nobank kredit tashkilotlari ishongan holatlar bundan mustasno;
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 344-V-2, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-2, 30.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/2925-2/3845-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat bilan tasdiqlanmagan soxta nomdagi shaxslarga xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz kredit va qarz berish hamda faktoring xizmatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombardlarda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida shuʼba korxonalar, filiallar yoki vakolatxonalar tashkil etish.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nobank kredit tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oxir natijada mijozning benefitsiar mulkdori — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining shuʼba tashkilotlari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan tegishli xalqaro standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shuʼbalari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Operatsiya quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli deb tan olinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uchinchi shaxslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarining naqd pul mablagʻlari bilan bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning oʻzgarishi);
(35-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-6, 13.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nobank kredit tashkiloti tomonidan tavakkalchilik darajasi yuqori deb berilgan operatsiya yoki uni amalga oshirayotgan mijoz;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravariga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishida kredit yoki qarz olinishi;
(35-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 344-V-2, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-2, 30.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/2925-2/3845-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) operatsiyada norezident mijozlar ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi maʼlumotlar nobank kredit tashkilotida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining gʻayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan gʻayrioddiy tashvishlanishi yoki nobank kredit tashkiloti tomonidan operatsiya haqida soʻralgan maʼlumotlarning mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida asossiz kechiktirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va turiga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilishini asoslanmagan holda tezlashtirishni talab qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) nobank kredit tashkiloti ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umum qabul qilingan amaliyotiga yaqqol nomuvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning 12-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-6, 13.12.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Operatsiya quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali deb tan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish ruxsati berilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya, shu jumladan uni oʻtkazishning urinib koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mijozning pasportida faol jangovar harakatlar olib borilayotgan yoki terroristik tashkilotlar tomonidan nazorat qilinayotgan yoxud ular bilan chegaradosh boʻlgan davlatlarning chegarasini kesib oʻtish haqida belgilar mavjud;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mazkur Qoidalar va nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari bilan belgilangan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligiga nobank kredit tashkilotida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar.
(36-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarning qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladigan tavsiyaviy xarakteriga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar ishtirokida amalga oshirilayotgan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Nobank kredit tashkilotlari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelgan taqdirda nobank kredit tashkiloti bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turadi va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq mos kelishi tushunchasi ostida mijoz yoki operatsiya ishtirokchisining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatda keltirilgan barcha tegishli maʼlumotlar bilan aniq va bir xilda boʻlishini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi holatlarda ham operatsiyani toʻxtatib turish va pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda nobank kredit tashkiloti ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Nobank kredit tashkiloti tavakkalchilik darajasini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik omillarini inobatga olgan holda maʼlumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida, masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni minimallashtirish yuzasidan rejalarni ishlab chiqishi va amalga oshirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti tavakkalchiliklar turi va darajasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilikning umumiy darajasini aniqlashi va tegishli choralarni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilikni baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi kerak.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu nobank kredit tashkilotlarning faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni yiliga kamida bir marta amalga oshiradi va oʻrganish natijalarini tavakkalchiliklarni sektoral baholash toʻgʻrisidagi hisobot koʻrinishida hujjatlar bilan qayd etadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchiliklarni sektoral baholash toʻgʻrisidagi hisobot va aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(391-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-6, 13.12.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nobank kredit tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(40-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muntazam ravishda (masalan, 3 oy davomida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablagʻlari bilan bajarmoqchi boʻlgan shaxslar;
(40-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-6, 13.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yuqori mansabdor shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
(40-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z1) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — jismoniy shaxslar;
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) asosan “z1” kichik band bilan toʻldrilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nobank kredit tashkiloti quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 40-bandi “a”, “b”, “d” va “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab nobank kredit tashkiloti, zarur hollarda, u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani gʻayrioddiy amalga oshirish sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421. Nobank kredit tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadlarda nobank kredit tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlari, ish amaliyotining tatbiq qilinishidan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishidan avval oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim.
(421-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligini tekshirish va zarur hollarda, mablagʻlar manbalarini oʻrganish maqsadida nobank kredit tashkiloti tomonidan mazkur operatsiyalarning monitoringi oʻtkaziladi. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlashda unga belgilangan tavakkalchilik darajasi, operatsiyalar boʻyicha monitoring olib borishga asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi (masʼul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur xodimlar, gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga, masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga zudlik bilan xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Gumonli operatsiya aniqlanganda nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirigʻiga binoan, zarur hollarda, oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mijoz va gumonli operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yanada oʻrganib chiqilishi uchun masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmati rahbariga yoxud nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimi mijoz va operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganadi hamda ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holda mazkur Qoidalarda belgilangan shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(49-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shubhali operatsiya haqidagi xabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(49-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 17-noyabrdagi 344-B-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 42-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-6, 13.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Har bir xabar toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus jurnal nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron shaklda yuritiladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Nobank kredit tashkilotlari tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumot yuzasidan ham darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari zudlik bilan va mijozni xabardor qilmasdan quyidagi choralarni koʻrishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini yoki operatsiyaning boshqa ishtirokchisini imkon qadar batafsil identifikatsiyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni aniqlash;
(52-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyani toʻxtatib turish va u bilan bogʻliq pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga solmasdan toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq boʻlgan shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish uchun tayyorlash;
(52-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya haqidagi maʼlumotni masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti faqat mazkur bandda koʻrsatilgan choralar qoʻllanilganidan soʻng, Roʻyxatga kiritilgan shaxsni uning operatsiyasi toʻxtatib turilganligi va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
521. Mijoz Roʻyxatga kiritilgan shaxsligi aniqlanganda, nobank kredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartib quyidagi talablarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash holatlarni saralash va yakuniy qaror qabul qilish boʻyicha tartib-taomillarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya ishtirokchilarining barcha mavjud maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning maʼlumotlari bilan avtomatik solishtirish jarayonini.
(521-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Operatsiya toʻxtatilgan taqdirda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk mijoz arizasiga koʻra taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz arizasi operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning arizalari roʻyxatga olinadigan alohida jurnalda roʻyxatga olinishi, shuningdek operatsiya tiklanishiga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning arizalarini roʻyxatga olish uchun alohida jurnalda toʻxtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Nobank kredit tashkiloti toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organi soʻrovlarining bajarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan yozma va bepul soʻrab olish huquqiga ega.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Nobank kredit tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organining soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xorijiy davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vakolatli organining soʻrovi mavjud boʻlganda, maxsus vakolatli davlat organi Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni nobank kredit tashkilotlariga taqdim etadi. Nobank kredit tashkilotlari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan barcha maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bogʻliq toʻliq yoki qisman xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar, zarur hollarda, nobank kredit tashkiloti tomonidan davlat tili yoki rus tilidagi tarjimasi bilan talab etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon paydo boʻlgan yoki boshqa zarurat boʻlganda, nobank kredit tashkiloti tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Nobank kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-10, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mijoz soʻrovnomasi nobank kredit tashkilotida mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab nobank kredit tashkilotlari, zarur hollarda, mijoz bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, hisobraqamlar boʻyicha fayllarni va xizmat yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
(66-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga (Markaziy bank va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, jumladan taqdim etilgan xabarlarning qogʻoz va elektron shakldagi nusxalari, mijozlarning qogʻoz va elektron soʻrovnomalari, jurnallar va boshqa) kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita masʼul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan hujjatlar quyidagi muddatlar mobaynida saqlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilgan xabarlarning qogʻoz va elektron shakldagi nusxalari — 5 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumonli va shubhali operatsiyalarni roʻyxatga olish kitoblari — ular yangisi bilan almashtirilgandan keyin 5 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank, maxsus vakolatli davlat organi va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan yozishmalar — 5 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Nobank kredit tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
(68-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlarni nobank kredit tashkiloti xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) taʼminlaydi, mazkur Qoidalarning 52-bandida koʻrsatib oʻtilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Uchinchi shaxslarga maʼlumotlar, shu jumladan, mijozning identifikatsiya maʼlumotlari tarkibidan iborat boʻlgan soʻrovnomadan maʼlumotlar taqdim qilinishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi nobank kredit tashkiloti tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 344-V-3 va 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-3, 28.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Nobank kredit tashkilotining, masʼul xodimning, ichki nazorat xizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan, tashkilotning ijro etuvchi (ijroiya) organi, masʼul xodim, Ichki nazorat xizmati va tashkilotning boshqa boʻlinmalarining rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Qonunchilik hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini nobank kredit tashkiloti xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlib qolgan nobank kredit tashkiloti xodimlari ushbu dalillarni darhol masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda yetkazadilar.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilayotgan hisobotlar asosida ichki nazoratni tashkil etilishi va uning samaradorligi boʻyicha mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan distansion monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, nobank kredit tashkilotining ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini taʼminlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati yoki tashqi audit tomonidan amalga oshiriladi.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 24-noyabrdagi 344-V-8-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 21-noyabrdagi 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-8, 23.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari ichki nazorat tizimi kamchiliklari aniqlangan taqdirda ushbu kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaroligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-7, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 344-V-5 va 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-5, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2925-5/0663-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Telefon raqami (agar mavjud boʻlsa).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻliq, shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yuridik shaxs taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) telefon raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1-ilovasida nazarda tutilgan maʼlumotlar;
(2-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) telefon raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1, 2-ilovalarida nazarda tutilgan maʼlumotlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 20-martdagi 344-V-1, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi toʻgʻrisida belgi.
(11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2925-4, 09.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tavakkalchilik darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan tavakkalchilikni baholash asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodim familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-yanvardagi 344-B-9-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 20-yanvardagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2925-9, 28.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2925-1/2941-son, 30.09.2019-y., 10/19/2925-2/3845-son; 28.03.2020-y., 10/20/2925-3/0369-son; 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2925-5/0663-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 13.12.2021-y., 10/21/2925-6/1157-son; 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son, 23.12.2022-y., 10/22/2925-8/1114-son; 04.03.2025-y., 10/25/2925-9/0210-son; 08.05.2026-y., 10/26/2925-10/0474-son