29.08.2017 yildagi PQ-3245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Elektron Hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida axborot tizimlarini tatbiq etish va jamoat tartibini taʼminlash vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-sonli qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Uzinfokom” negizida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator tashkil etilsin (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Yagona integratorning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va integratsiyalashni, apparat-dasturiy komplekslarni oʻrnatishni, shuningdek, tegishli loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishga hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini joriy etishga mamlakat korxonalari va tashkilotlarini tizimli jalb etish hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarining mahalliy bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarining texnologik xavfsizligini taʼminlash choralarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi faoliyati doirasida axborot tizimlarini hamda idoralararo elektron hamkorlik va axborot ayirboshlash tarmoqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq, yuqori texnologiyali xizmatlar va mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining eksport salohiyatini oshirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona integratorga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish hamda qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarga rioya etilgan holda, tegishli litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan oʻquv kurslarini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha pudrat va yordamchi pudrat ishlarini bajarish yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha Yagona integrator bilan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) etib qayta tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligiga solinayotgan hozirgi xavf-xatar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va jamgʻarish, davlat organlarining axborot tizimlariga, resurslari va maʼlumotlar bazasiga noqonuniy suqilib kirish harakatlarining oldini olishni taʼminlaydigan tashkiliy hamda dasturiy texnik yechimlarni samarali qabul qilish boʻyicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish (keyingi oʻrinlarda — “Xavfsiz shahar” kompleksi deb yuritiladi), ushbu kompleks ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari, videokuzatuv tizimlari, huquqbuzarliklarning qayd etilishi, obyektlar qoʻriqlanishini, ehtimol tutilgan xavf-xatarlar toʻgʻrisida barvaqt xabardor qilish va ularga eʼtibor qaratish intellektual tahlil uskunalari, shuningdek, huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha boshqa axborot tizimlari, navbatchi-dispetcherlik markazlari hamda maʼlumotlarga ishlov beruvchi markazlarning integratsiyalashuvi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot makonida ruxsatsiz yoki buzgʻunchilikdan iborat hatti-harakatlarni amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan usullar va vositalarni tahlil qilish, buzgʻunchilarni aniqlashda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, boshqa vazirliklar, idoralarning rahbarlari — Dastur ijrochilari unda nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq miqyosda, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini toʻliq miqyosda, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish va yanada rivojlantirish, uni “Elektron hukumat” tizimlari, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot masalalarida faoliyat samaradorligi hamda tezkorligini oshirish uchun “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish va uni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning axborot sohasidagi hamkorligi samarali tizimini shakllantirish boʻyicha qarorlar qabu qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish boʻyicha loyihalar va tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish borasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mansabdor shaxslarining shaxsiy hisobotlarini tinglash va ularning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish va uni yanada rivojlantirishni samarali moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish boʻyicha qaror qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning koʻp martalik vizalari davlat boji undirilmasdan rasmiylashtirilishi, topshirilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular turgan joy boʻyicha muvaqqat propiska va hisobga qoʻyilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasining oʻz vaqtida, toʻliq miqyosli va sifatli amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda vazirlik markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining tashkiliy shtat tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mobil aloqa operatorlari abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlayotgan mablagʻlarining 70 foizi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, ushbu mablagʻlardan “Elektron hukumat” va axborot texnologiyalari, shu jumladan, jamoat xavfsizligi, huquq-tartibotni taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimini joriy etish hamda rivojlantirish investitsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning alohida tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirishda maqsadli foydalaniladi, qolgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini, mehnatga haq toʻlash fondini moliyalashtirish hamda uning xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish, shuningdek, moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda, aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar toʻlashdan tushadigan summaning 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar hisobidan, yetishmay qolgan qismi esa Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanadigan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun yigʻimlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar interaktiv davlat xizmatlari yagona portalini yanada rivojlantirish faoliyatini moliyalashtirish hamda vazirlik xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli bankdagi maxsus hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona integrator dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, axborot tizimlari va resurslarini tatbiq etish hamda integratsiyalash boʻyicha jami ishlarning kamida 30 foizini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasidagi mahalliy korxonalar va tashkilotlarga tizimli asosda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yilning 15-dekabriga qadar muddatda amaldagi qonunchilikni va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilishni, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda 2018 — 2021-yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish kompleks dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3245-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XAVFSIZ SHAHAR” YAGONA APPARAT-DASTURIY KOMPLEKSINI YARATISH BOʻYICHA BOSQICHMA-BOSQICH AMALGA OSHIRILADIGAN CHORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. “XAVFSIZ SHAHAR” YAGONA APPARAT-DASTURIY KOMPLEKSINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH BOʻYICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR

1.

Avtomatlashtirish obyektlari, binolar va inshootlarning mavjud axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini loyihaoldi oʻrganish, shoshilinch-operativ xizmatlar, chaqiruvlarni qayta ishlash yagona navbatchi-dispetcherlik markazlari, foydalanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalari faoliyatini tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

20-oktabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov)

2.

“Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini yaratish uchun huquqbuzarlik va favqulodda vaziyatlarning oldini olish monitoringi tizimlarida foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

20-oktabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov)

TIF (A. Komilov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil

20-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini yaratish va yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash, bunda quyidagilar orqali loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi:

birinchi bosqich (2017 — 2019-yillar) sinov asosida — Toshkent shahri boʻyicha jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida xabarlarni qabul qilib olish va roʻyxatdan oʻtkazish avtomatlashtirilgan axborot tizimining video tahlil qilish va video kuzatish tizimlari bilan “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish;

ikkinchi bosqich (2019 — 2021-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini viloyat markazlari va respublikaning yirik shaharlarida joriy etish;

uchinchi bosqich (2021 — 2023-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida joriy etish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-oktabrga qadar

Komissiya (A. Aripov)

5.

“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish va rivojlantirish boʻyicha texnik topshiriqlarni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2017-yil

15-noyabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov),

vazirliklar va idoralar

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha reglamentlarni ishlab chiqish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

7.

Jamoat transportida yoʻlovchilar oqimini kuzatish va profilaktika ishlarini olib borish uchun intellektual-tahliliy videokuzatuv tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashni avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish doirasida “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda Toshkent shahridagi jamoat transportida xavfsizlikni boshqarish va aholiga xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha loyihani tayyorlash va amalga oshirish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

8.

“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratishga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil

1-dekabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov),

FVV (R. Joʻrayev), SSV (A. Shodmonov), XTV (U. Inoyatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

vazirliklar va idoralar

9.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda “Xavfsiz shahar” kompleksining texnik vositalari va boshqa elementlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan zarur texnik vositalar va apparat-dasturiy kompleksi boshqa elementlarning muayyan roʻyxatini taqdim etish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

1-oktabrga qadar

“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev), IIV (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), vazirliklar va idoralar

10.

“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun yetkazib beruvchilarni belgilash va kontraktlar tuzish.

Tender savdolari oʻtkazish

2018-yil

1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), vazirliklar va idoralar

11.

Videokuzatuv kameralari, shoshilinch chaqirish moslamalari oʻrnatish, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va vaziyatni oʻrganish markazlarini tashkil etish uchun obyektlar joylashtiriladigan joylarni tayyorlash.

Qurilish-montaj ishlari

jadvalga muvofiq

Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), IIV (A. Azizov),

“Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

12.

Videokuzatuv kameralari, tezkor chaqirish moslamalari va mobil videoregistratorlarni montaj qilish va ishga tushirish boʻyicha ishlarni tashkil etish, shuningdek, “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalanish.

Montaj-ekspluatatsiya ishlari

jadvalga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), vazirliklar va idoralar

13.

Zarur obyektlarni aniqlashning ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan holda avtotransport uchun jamoat intellektual avtomobil turargohlarida apparat-dasturiy yechimlarini joriy etish hamda “Xavfsiz shahar” kompleksini yanada rivojlantirish doirasida onlayn toʻlovlarni tashkil etish.

Jadval

2017-yil

1-noyabrga qadar tasdiqlash

2018-2019-yillarda amalga oshirish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

14.

Talab etiladigan elektron davlat xizmatlarini shakllantirish uchun “Xavfsiz shahar” axborot tizimlari kompleksini “Elektron hukumat” tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

Texnik loyihalar

Loyihaga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Joʻrayev), SSV (A. Shadmanov), XTV (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), vazirliklar va idoralar

II. KADRLARNI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH

15.

Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olishni taʼminlash sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganishni tashkil etish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

15-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), TIV (A. Kamilov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Joʻrayev), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), vazirliklar va idoralar

16.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati va ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun oʻquv kurslari va maxsus taʼlim dasturlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

tasdiqlanishi — 2017-yil

1-noyabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), IIV (A. Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari

17.

Kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida samaradorlikni oshirish va taʼlim olishni takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

III. AHOLI OʻRTASIDA “XAVFSIZ SHAHAR” KOMPLEKSI KONSEPSIYASINI ILGARI SURISH VA TARGʻIB QILISH BOʻYICHA TADBIRLAR

18.

Aholi orasida “Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini quyidagilar orqali targʻib qilishni tashkil etish:

teleradio koʻrsatuvlar, ijtimoiy videoroliklar;

bosma nashrlarda, Internet tarmogʻi va boshqa ommaviy axborot vositalarida

tahliliy maqolalar tayyorlash;

tegishli materiallarni koʻcha bannerlarida, ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

19.

Jahon hamjamiyatida Oʻzbekistonning turistik va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida respublikaning “Worldʼs Safest Countries”da reytingini qoʻllab-quvvatlash va oshirish uchun tadbirlar tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-2018-yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), TIV (A. Kamilov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), MTRK (B. Alixanov), OʻzA (A. Koʻchimov), vazirliklar va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyasi ushbu Dasturga, zarur hollarda, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini muvofiqlashtirishni amalga oshirish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

A.A. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

Sh.X. Shermatov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b., Komissiya raisining oʻrinbosari

Sh.M. Sodiqov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

A.K. Shodmonov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

R.M. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

E.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari

R.X. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

B.R. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

M.V. Toxiriy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

F.X. Bakiyev

“Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi

R.D. Usmonov

Toshkent shahar hokimi

B.N. Qurbonov

Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshligʻi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.