Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2020 22.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2914
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmatining qarori, 22.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2914
Кучга кириш санаси
28.08.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2020
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2914]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 30-dekabrdagi 45, 104 va 38-son “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2914-1, 31.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2017-yil 14-iyul,

22-son

Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-son

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30, 82-sonli qaroriga
1-ILOVA

Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandiri tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolar barcha yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari uchun ballarni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guruh (boʻlinma) komandirlari tomonidan haftalik davriylik asosida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari boʻyicha reyting koʻrsatkichlari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muddatli harbiy xizmatchilarning hafta davomidagi reyting koʻrsatkichlarini hisoblash quyidagi uchta baholash mezoni boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi;

II — kundalik xizmat faoliyati uchun berilgan ball;

III — qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni oʻtashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun berilgan ball.

Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi, shuningdek kundalik xizmat faoliyati uchun hamda qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni oʻtashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun berilgan ballar haftalik asosda butun oʻquv yili davomida hisoblab boriladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jurnallarida muddatli harbiy xizmatchiga oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholar ularning oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblab chiqarish uchun asos boʻladi. Bunda, barcha oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholar yigʻindisi oʻtilgan oʻquv fanlarining soniga boʻlinadi. Masalan, agar muddatli harbiy xizmatchi hafta davomida otish tayyorgarligi mashgʻulotlarida 4 baho, taktik tayyorgarlik mashgʻulotlarida 5 baho, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida 4 baho olgan boʻlsa, oʻrtacha koʻrsatkich quyidagicha hisoblanadi: 4 + 5 + 4 = 13 : 3 = 4,3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquv yili yakunida test sinovlari oʻtkazilishidan oldin harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilarning 40 foiziga qoʻshimcha ball beriladi. Bunda, uchta baholash mezoni boʻyicha yakuniy oʻrtacha koʻrsatgichi eng yuqori boʻlgan hamda oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi 4,0 dan 5 gacha boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi tartibda qoʻshimcha ball beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4,0 dan 4,3 gacha — 10 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4,4 dan 4,7 gacha — 15 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4,8 dan 5,0 gacha — 20 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir nechta muddatli harbiy xizmatchilarning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichlari teng boʻlib qolishi natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni boʻlmasa, ushbu harbiy xizmatchilarning barchasiga ballar beriladi. Umumiy bahosi 4,0 dan kam boʻlgan harbiy xizmatchiga ballar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi uchun berilgan qoʻshimcha ball mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining yigʻma vedomostiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kundalik xizmat faoliyati uchun muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 5-ilovasida koʻrsatilgan mezonlar asosida har hafta yakunida bir marta besh ballik tizim boʻyicha baho qoʻyiladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni oʻtashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 6-ilovasida koʻrsatilgan mezonlar asosida har hafta yakunida bir marta besh ballik tizim boʻyicha baho qoʻyiladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reyting koʻrsatkichlarining natijalari vzvod komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosarlari bilan kelishiladi hamda koʻrib chiqish uchun vzvod komandiriga taqdim qilinadi. Muddatli harbiy xizmatchilar olgan reyting koʻrsatkichlarining yakuniy natijalari hafta yakunida vzvod komandiri tomonidan eʼlon qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Olingan reyting koʻrsatkichlari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyting natijalarining vedomosti bilan rasmiylashtirilib, boʻlinmalarda koʻrinadigan joyga ilib qoʻyiladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oy yakunlari boʻyicha muddatli harbiy xizmatchilar reyting koʻrsatkichlarining natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan Reyting natijalarining oylik vedomosti rasmiylashtiriladi hamda batalon komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda har oyning toʻrtinchi payshanba kuni batalon (batalonga tenglashtirilgan boʻlinma) komandiriga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Batalon komandiri vzvod (boʻlinma) komandirlari tomonidan taqdim qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning reytingi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Haftalik reyting vedomostini rasmiylashtiradi va harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosarlari bilan kelishgan holda har oyning toʻrtinchi juma kuni harbiy qism komandiriga taqdim etadi. Haftalik reyting vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) butun oʻquv yili davomida muddatli harbiy xizmatchilarning reyting natijalarining haftalik monitoringini olib borishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jurnallari muddatli harbiy xizmatchilarning baholari hisoblab boriladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Mazkur jurnallarga oʻzgartirish kiritish va ularni yaroqsiz holatga keltirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Namunali harbiy intizom uchun ballarni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir harbiy qismdagi harbiy intizom holati xolisona tarzda qayd etib borilishi zarur. Namunali harbiy intizom uchun harbiy xizmatchilarga ballarni chiqarishda xolisona qaror qabul qilish masʼuliyati guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlarining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar muddatli harbiy xizmatchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida koʻzda tutilgan tartibda namunali harbiy intizom uchun ragʻbatlantirilsa (bundan oldin berilgan intizomiy taʼzir bekor qilinishi mustasno), harbiy qism komandiri (muassasa boshligʻi) tomonidan unga 10 ball qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat davomida necha marta ragʻbatlantirilganidan qatʼi nazar, muddatli harbiy xizmatchilarga namunali harbiy intizom uchun 10 balldan koʻp ball qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunali harbiy intizom uchun berilayotgan ball mazkur Nizomning 4-ilovasining tegishli grafasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muddatli harbiy xizmatchilarning barcha ragʻbatlantirilishlari harbiy qism komandirlarining buyruqlari bilan eʼlon qilinadi. Har bir nomzod jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari uchun reyting koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda harbiy xizmatchining bevosita komandiri (boshligʻi) bergan iltimosnomaga asosan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Test sinovlari oʻtkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Reyting natijalarining yigʻma vedomosti tuziladi. Reyting natijalarining yigʻma vedomosti bevosita komandirlar, komandir oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi, harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Reyting natijalarining yigʻma vedomostining nusxasi shtab boshligʻining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin boʻlinmalarda koʻrinadigan joyga ilib qoʻyiladi. Reyting natijalarining yigʻma vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyting natijalarining yigʻma vedomosti tasdiqlangandan soʻng olingan ragʻbatlantirishlar uchun ballar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarining oʻzlashtirganligini yakuniy baholash, shuningdek ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM, deb yuritiladi) tomonidan har bir harbiy qismda test sinovlari oʻtkaziladi. Test sinovlariga hech bir istisnosiz barcha muddatli harbiy xizmatchilar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini oʻtkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Test sinovlarini oʻtkazishdan bir oy avval tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari DTM bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qoʻshin turlaridagi jangovar-xizmat vazifalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda muddatli harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik dasturlariga mos namunali test savollari tuziladi. Matematika va fizika fanlari boʻyicha hamda mantiqiy test savollari DTM tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari ishtirokida umumtaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalaridagi oʻquv dasturlarini inobatga olgan holda tuziladi. Test savollari muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda har yili tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan DTM bilan hamkorlikda qaytadan koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun moʻljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta boʻlib, ularning 40 tasi — jangovar tayyorgarlikdan, 20 tasi — maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdan, 10 tasi — matematikadan, 10 tasi — fizikadan, 20 tasi — mantiqiy savollardan iboratdir. Har bir toʻgʻri javob uchun: jangovar tayyorgarlik boʻyicha — 1,2 ball, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha — 1,1 ball, matematika boʻyicha — 1 ball, fizika boʻyicha — 1 ball, mantiqiy savollar boʻyicha — 1 ball. Test sinovi uchun 2 soat 30 daqiqa ajratiladi. Javob varaqalarini toʻldirish uchun qoʻshimcha ravishda 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlarini oʻtkazishning umumiy vaqti 3 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. DTM dan test sinovlarining natijalari haqida rasmiy maʼlumotlar olingandan soʻng har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq test sinovlarining natijalari va muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat mobaynida toʻplagan ballari koʻrsatilgan Yakuniy vedomost tuziladi. Yakuniy vedomost toʻplangan ballar pasayib boruvchi tartibda tuziladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini oʻtab boʻlgandan keyin besh yil davomida saqlanadi. Yakuniy vedomost nusxasi shtab boshligʻining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTM dan olingan test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda koʻrinadigan joyga ilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlarning (muassasalarning) saf boʻlimida mazkur Nizomning 1, 2, 3, 4 va 7-ilovalariga muvofiq tuzilgan vedomostlar roʻyxatga olinadi va ularning qatʼiy hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tavsiyanomalarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi yakuniy qarorni qabul qilish uchun harbiy qism komandiri boshchiligida har bir nomzod muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yigʻilishida koʻrib chiqilib, uning xizmat faoliyati baholanadi, test sinovlarining natijalari, namunali harbiy intizomi, oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi va qoʻshimcha ball miqdori, shuningdek toʻplangan ballarning umumiy yigʻindisi eʼlon qilinadi. Harbiy xizmatchilarning umumiy yigʻilishi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish toʻgʻrisida xolisona qaror qabul qilish masʼuliyati shaxsan harbiy qism komandirining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta muddatli harbiy xizmatchilar teng miqdorda ball toʻplagani natijasida 40 foizli cheklovga amal qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda ushbu harbiy xizmatchilar soniga mos ravishda beriladigan tavsiyanomalar sonini oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xizmat mobaynida Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchilar test sinovlarining natijalaridan qatʼi nazar, tavsiyanoma olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash mobaynida qoʻpol intizomiy xatti-harakatlar sodir etgan muddatli harbiy xizmatchi, agar ular boʻyicha xizmat surishtiruvlari oʻtkazilgan va harbiy qism komandirlarining tegishli buyruqlari mavjud boʻlsa, toʻplagan ballari miqdoridan qatʼi nazar, tavsiyanoma olish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berilgan taqdirda harbiy qism komandirining ushbu harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga quyidagi mazmundagi band kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765- son Qaroriga muvofiq, oʻz harbiy burchini vijdonan ado etgan ______________________________ ga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berildi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” boʻlimiga quyidagi mazmunga ega yozuv kiritiladi: “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ___ seriyali ____________ raqamli tavsiyanoma berildi”. Ushbu yozuv harbiy qism shtab boshligʻining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanoma harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilayotgan muddatli harbiy xizmatchiga boshqa hujjatlar bilan birga tantanali tarzda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tavsiyanoma blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanib, hisobga olish seriyasi va raqami hamda himoyalanganlik darajasiga ega. Tavsiyanoma blankalari mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent bosma fabrikasida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanoma blankalarining hisobini yuritish va butligini taʼminlash hamda ulardan maqsadli foydalanish masʼuliyati harbiy qism komandirlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari koʻrsatilgan hisobotlar, shuningdek tavsiyanomalarni olgan harbiy xizmatchilar roʻyxati va harbiy xizmatchilarning umumiy yigʻilishi bayonnomalarining nusxalari vazirlik, davlat qoʻmitalari va idoralarning tegishli boʻlinmalariga taqdim etiladi. Berilgan tavsiyanomalarning koreshoklari harbiy qism arxivida besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma oʻrniga tavsiyanoma egasining arizasi boʻyicha harbiy qism komandirining buyrugʻiga binoan tavsiyanoma dublikati beriladi. Tavsiyanoma egasi tavsiyanomani yoʻqotganligi haqida davriy nashrda eʼlon qilishi hamda harbiy qismga nashr nusxasini taqdim qilishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanoma dublikati yuqori oʻng burchagida “Dublikat” degan shartli yozuvi boʻlgan yangi blankada, asl nusxasida (koreshokda) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgan holda rasmiylashtiriladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” __________” da berilgan ________-sonli tavsiyanoma oʻrniga berilgan” degan qayd yoziladi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Reyting natijalarining
VEDOMOSTI

20__/___ oʻquv yili________ oyi uchun

qism: “_______________” _____guruhi

T/r

Harbiy unvoni F.I.O.

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

*

**

***

*

**

***

*

**

***

*

**

***

1.

I

I

I

I

II

II

II

II

III

III

III

III

2.

I

I

I

I

II

II

II

II

III

III

III

III

3.

I

I

I

I

II

II

II

II

III

III

III

III

____________________________

komandiri

_____________________

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. * Uchta baholash mezoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II — kundalik xizmat faoliyati uchun berilgan ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III — qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni oʻtashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun berilgan ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ** Har bir baholash mezoni boʻyicha olingan koʻrsatkichlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. *** Uchta baholash mezoni boʻyicha olingan koʻrsatkichlarning umumiy oʻrtacha qiymati kiritiladi, shuningdek qavsda oʻquv fanlaridan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻrtacha koʻrsatkich” grafasiga toʻrt hafta davomida har bir baholash mezoni boʻyicha toʻplangan koʻrsatkichlar yigʻindisining umumiy oʻrtacha qiymati, shuningdek qavsda oʻquv fanlari boʻyicha olingan baholarning umumiy oʻrtacha qiymati kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Reyting natijalarining oylik
VEDOMOSTI

20__/___ oʻquv yili______ oyi uchun

qism: “____________”

_____guruhi

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

20___ yil _______

oyi uchun oʻrtacha koʻrsatkich

1

2

3

4

5

6

7

1.

2.

3.

____________________________

komandiri

___________________

(F.I.O)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 4, 5, 6-grafalarga mazkur Nizomning 1-ilovasining tegishli grafalaridagi koʻrsatkichlar kiritiladi, yaʼni tegishli haftada uchta baholash mezoni boʻyicha toʻplangan koʻrsatkichlarning umumiy oʻrtacha qiymati, shuningdek qavsda oʻquv fanlari boʻyicha olingan baholarning umumiy oʻrtacha qiymati kiritiladi. 7-grafaga 3, 4, 5, 6-grafalardagi koʻrsatkichlarning umumiy oʻrtacha qiymati kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

T.r.

F.I.O.

201__ yil _______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil _____oyi

201__ yil _____oyi

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

Oʻrtacha koʻrsatkich

Yakuniy

oʻrtacha koʻrsatkich

1.

2.

3.

Koʻrsatkichlar toʻgʻriligini tasdiqlayman

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(ha�biy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

____________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)v

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

_________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “201__ yil ________oyi” grafasiga mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasining 3, 4, 5, 6 va 7-grafalaridagi koʻrsatkichlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yakuniy oʻrtacha koʻrsatkich” grafasiga jadvaldagi “Oʻrtacha koʻrsatkich” grafasida keltirilgan koʻrsatkichlarning umumiy oʻrtacha qiymati kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

00000- HARBIY QISM
KOMANDIRI

Reyting natijalarining

YIGʻMA VEDOMOSTI

20__-__ oʻquv yili

20 ___ yil “___” __________

______________

(boʻlinma nomi)

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

Oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi va qoʻshimcha ball miqdori

Namunali harbiy intizom uchun ball

Umumiy ball miqdori

oʻquv fanlaridan qoʻyilgan yakuniy oʻrtacha koʻrsatkichi

qoʻshimcha ball miqdori

kim tomonidan ragʻbatlantirilgan

(buyruq soni)

ball miqdori

1.

2.

Harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi

Harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib

bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining jangovar

tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining front orti boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining qurollanish boʻyicha oʻrinbosari

Batalon (vzvod) komandiri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatchilarning kundalik xizmat faoliyatini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mezonlari

1. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 5 ball qoʻyiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni aʼlo darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni aniq va oʻz vaqtida va aʼlo bajarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli va namunali holatda saqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy intizom talablariga qatʼiy va aniq rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;

hamisha Nizom boʻyicha saranjom-sarishta kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;

kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablarini bilsa, oʻzini zararli odatlardan toʻliq tiysa;

kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yigʻilishlari, hashar, park xoʻjalik ishlarida va hokazo) faol va muntazam ishtirok etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 4 ball qoʻyiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni yaxshi darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli holatda saqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy intizom talablariga qatʼiy va aniq rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamisha Nizom boʻyicha saranjom-sarishta kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablarini bilsa, oʻzini zararli odatlardan toʻliq tiysa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yigʻilishlari, hashar, park xoʻjalik ishlarida va hokazo) muntazam ishtirok etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 3 ball qoʻyiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qoniqarli darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli holatda saqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy intizom talablariga qatʼiy va aniq rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom boʻyicha saranjom-sarishta kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablarini bilsa, oʻzini zararli odatlardan toʻliq tiya olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yigʻilishlari, hashar, park xoʻjalik ishlarida va hokazo) muntazam ishtirok etmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 2 ball qoʻyiladi:

zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qoniqarsiz darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni doimo yaroqli holatda saqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki tanbehdan soʻng harbiy intizom talablariga rioya etsa, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalariga amal qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki tanbehdan soʻng Nizom boʻyicha kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;

ogʻzaki tanbehdan soʻng kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish talablariga rioya etib, oʻzini zararli odatlardan toʻliq tiya olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik faoliyatda amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yigʻilishlari, hashar, park xoʻjalik ishlarida va hokazo) befarq ishtirok etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 1 ball qoʻyiladi:

uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qoniqarsiz darajada bilsa, berilgan topshiriqlarni tanbehdan soʻng bajarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga ishonib topshirilgan harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy mulkni yaroqli holatda saqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki tanbehdan soʻng harbiy intizom talablariga rioya etib, xulqi va xushmuomalalik, harbiycha salomlashish qoidalarini bajarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki tanbehdan soʻng Nizom boʻyicha kiyinib, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki tanbehdan soʻng kasallikka chalinish va jarohat olishdan himoyalanish qoidalariga rioya etib, oʻzini zararli odatlardan toʻliq tiya olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik amalga oshiriladigan tadbirlarda (bayram tadbirlari, davra suhbatlari, xizmat yigʻilishlari, hashar, park xoʻjalik ishlarida va hokazo) sovuqqon ishtirok etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hafta davomida intizomiy taʼzir olganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6- ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatchilarning qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni oʻtashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 5 ball qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni oʻtash boʻyicha maxsus majburiyatlarni va yoʻriqnomani bilib, aniq va ravon bildiruv bersa, majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib bera olsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qilsa, mardlik va oqilona tashabbuskorlik koʻrsatsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq toʻgʻri olib borsa, xizmatning qanday oʻtilayotganini tekshirish uchun kelgan shaxslar tomonidan uning yaxshi tomonlari qayd qilinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 4 ball qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni oʻtash boʻyicha maxsus majburiyatlarni va yoʻriqnomani bilib, aniq va ravon bildiruv bersa, majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib bera olsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qilsa, biroq topshiriqlarni bajarish vaqtida nazorat talab qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq toʻgʻri olib borsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 3 ball qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni oʻtash boʻyicha maxsus majburiyatlarni va yoʻriqnomani bilib, aniq va ravon bildiruv bersa, biroq majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib berishda qiynalsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qila olmasa, topshiriqlarni bajarish vaqtida faol ishtirok etmay, doimiy ravishda nazorat talab qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq toʻgʻri olib borsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 2 ball qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni oʻtash boʻyicha maxsus majburiyatlarni va yoʻriqnomani bilsa, biroq bildiruv berish vaqtida materiallarni bayon qilish va majburiyatlarni bajarish mazmun-mohiyatini ochib berishda qiynalsa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda ishonch bilan harakat qila olmasa, topshiriqlarni bajarishdan oʻzini olib qochsa, doimiy ravishda nazorat talab qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi xizmatni boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq toʻgʻri olib borsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi holatlarda muddatli harbiy xizmatchiga 1 ball qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchi xizmatni oʻtash boʻyicha maxsus majburiyatlarni va yoʻriqnomani yaxshi bilmasa. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa favqulodda vaziyatlarga jalb qilinganda qoʻrqoqligini namoyon qilsa, qoʻyilgan topshiriqlarni bajarmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi xizmatni oʻtash vaqtida xizmatning qanday oʻtilayotganini tekshirish uchun kelgan shaxslar uning salbiy tomonlarini qayd qilsa yoki intizomiy nuqtai nazardan nojoʻya xatti-harakatga yoʻl qoʻysa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

00000- HARBIY QISM
KOMANDIRI

20 ___ yil “___” ____________

________________________________________________ muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida muddatli harbiy xizmatchilar

(boʻlinma nomi)

bilan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari va toʻplagan ballarining

YAKUNIY VEDOMOSTI

T/r

Harbiy unvoni

F.I.O.

Javob varaqasi raqami

Test sinovlari natijalari

Test sinovlari natijalari boʻyicha umumiy ballar

Mazkur Nizomning

4-ilovasidagi umumiy ball miqdori

Toʻplangan ballarning umumiy soni

toʻgʻri javoblar umumiy soni

Shu bilan birga

jangovar tayyorgarlik boʻyicha

maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha

matematika fanidan

fizika fanidan

mantiqiy testlar boʻyicha

toʻgʻri
javoblar soni

ballar
miqdori

toʻgʻri
javoblar soni

ballar
miqdori

toʻgʻri
javoblar soni

ballar
miqdori

toʻgʻri
javoblar soni

ballar
miqdori

toʻgʻri
javoblar soni

ballar
miqdori

1.

2.

3.

Harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi

Harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining jangovar

tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining front orti boʻyicha oʻrinbosari

Harbiy qism komandirining qurollanish boʻyicha oʻrinbosari

Batalon (vzvod) komandiri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30, 82-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012-yil 23-oktabrdagi 11, 33, 113-son “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2402, 2012-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 532-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2013-yil 5-iyuldagi 7, 19, 50-son “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2402-1, 2013-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 423-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 901-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2914-1/0117-son)