OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2402-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30, 82-sonli “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2914, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PF–4521-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012-yil 23-oktabrdagi 11, 33 va 113-sonli qarori (roʻyxat raqami 2402, 2012-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshligʻi tomonidan ragʻbatlantirilgan boʻlsa — 15 ball;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
7-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
19-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-iyul,
50-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 423-modda)